Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
SUV RESURSLARINI TO‘G‘RI BOSHQARISH VA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI
Fayzullayeva Lobar Xayrulla qizi · Nortoshov Asilbek G‘olib o‘g‘li · ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ (Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti) · ENVIRONMENTAL PROTECTION (Аральского моря, которое считается глобальной проблемой в Центральной)
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
This article discusses the efficient use of water resources and the elimination of the environmental impact of the Aral Sea, which is a global problem in Central Asia. Keywords: water resources, civilization, flora, fauna, agriculture, food security. KIRISH. XXI asr insoniyat uchun taraqqiyot asri bo‘ldi. Shu bilan birgalikda bu davrda insoniyat bir qancha muammolar bilan ham yuzma-yuz bo‘lmoqda. Bunday global muammolardan biri – bu suv muammosidir.Dunyo bo‘yicha aholi sonining yildan-yilga ortishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi 91 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 mahsulotlarini yetishtirish, qirg‘oqchilikning oldini olish hamda atrof-muhitni ekologik jihatdan barqaror saqlash kabi muammolar jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Tadqiqot o‘tkazish uslubiyati. Maqolani tayyorlashda qiyosiy tahlil, chet el tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Natijalar va munozaralar. Nemis olimi G.Libman aytganidek “Bizning plnetamizda kishilarning salomat qolishi uchun texnikaning mo‘jizalari emas, balki toza, ichish uchun yaroqli suv yetarli bo‘lishi kerak”. Suv barcha tirik organizmlarning yashashi uchun tabiat tomonidan in’om etilgan eng oliy ne’matdir. Sayyoramizning 70% qismini suv tashkil etadi. Bundan jami suvning 97,5%i dengiz va okean suvlaridir. Ma’lumki, bu suvlar iste’molga yaroqsizdir. Qolgan 2,5%ining aksariyati muzliklar va olish qiyin bo‘lgan yer osti suvlaridan iborat. Insoniyat hozirgi kunda mavjud suv zaxirasining 1% dangina ichish uchun, o‘simlik va hayvonlarni sug‘orish uchun foydalanmoqda. O‘tgan asrga nisbatan insoniyat hayot tarzi shu qadar o‘zgardiki, sivilizatsiya natijasida avvallari mutlaqo kuzatilmagan global iqlim o‘zgarishi, dengiz suvlarining kamayishi, yer sharining bazi joylarida qirg‘oqchilik va suv toshqinlarining yuzaga kelayotgani sir emas. Fan va texnikaning jadal rivojlanishi natijasida insoniyatning tabiatga aralashuvi aqlga sig‘mas darajaga yetdi. Ushbu o‘zgarishlarning aksariyati tabiiy resurslarni boshqarishda noto‘g‘ri qarorlar va ehtiyotkorlik bilan harakat qilmaslikdan kelib chiqmoqda. Bu jarayonning eng yaqqol misollaridan biri Orol dengizining qurishi bo‘lib, bu voqea insoniyatning tabiatga nisbatan beparvo yondashuvining og‘ir oqibatlarini ko‘rsatmoqda. 1-rasm. Orol dengizining qurib borish jarayoni (yillar kesimida) Orol dengizi O‘rta Osiyoda joylashgan yopiq suv havzasi bo‘lib, 1960-yilda uning maydoni 68 900 kv.m ni tashkil etgan. Amudaryo va Sirdayo suvlarining ko‘p 92 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 qismi qishloq xo‘jaligiga sarflanishi natijasida Orol dengiziga quyilishi kamayadi va 2005-yilga kelib Amudaryo suvining Orolga quyilishi batamom to‘xtatiladi. Hozirgi paytda Orol dengizining maydoni 8 600 kv.km dan oshiqroqni tashkil etadi (2020y) va qoldiq suv hajmi 3 ta suv havzasiga, ya’ni G‘arbiy dengiz, Sharqiy dengiz va Kichik Orollarga bo‘lingan. Dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l bo‘lmish Orol dengizining o‘rnida qariyb 5 million gektar maydonga ega bo‘lgan – Orolqum paydo bo‘lgan. Dengizning qurigan qatlamidan ko‘tarilayotgan tuzli chang qishloq xo‘jaligi ekinlariga, hayvonot dunyosiga va aholi sog‘ligiga salbiy ta’sir qilmoqda. Chaqaloqlar o‘limi sonining ortishi, aholi o‘rtasida saraton kasalligining keng tarqalishi, nafas yo‘li bilan bog‘liq kasalliklarning kelib chiqishi bunga yaqqol misoldir. Xususan tuzlarning yer yuzasiga yog‘ilishi paxta hosildorligining 5-15% sholining esa 3-6% ga hosildorligi kamayishiga olib keldi. Orol bo‘yida yog‘ilayotgan chang-tuz zarralarining umumiy miqdori o‘rtacha har gektar maydonga 52 kg.ni tashkil etgan holda tuproq holati yomonlashuvini asosiy sababchilaridan biri bo‘lib qolganligi hech kimga sir emas. Sho‘rlangan qum to‘zonlari yiliga Orol bo'yidagi 15 ming gektarga yaqin yaylovlarni ishdan chiqargan. G‘o‘za uchun ajratilgan maydonlar kasallik qo‘zg‘atuvchi zararkunandalar bilan zararlangan. Qishloq xo‘jaligi mahsuotlarining hosili esa yildan-yilga pasayib bormoqda. Bu esa katta iqtisodiy yo‘qotish edi. Xolis qaralsa fojeaning og‘ir yuki O‘zbekiston chekiga tushmoqda. Ayrim xalqaro mutaxassislar O‘zbekiston hukumati Orolni qutqarish yo‘lida jiddiy harakat qilmadi degan fikrlar bildirilgan. Ammo O‘zbekiston bu muammoni hal qilish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda muammo hali ham o‘z yechimini topgani yo'q[2]. 2-rasm. Orol dengizida ekilgan saksovullar Xulosa. Hozirda O‘zbekiston Orol dengizini emas, balki uning atrofida yashayotgan insonlarni, mavjud eko-tizimlarni asrab qolishga e’tibor qaratmoqda. Chunki birdan bir yo‘l endi uni tiklash emas balki, bu joyni atrof muhitga ta’sirini kamaytirishdir. Aks holda bu yanada katta muammolarni keltirib chiqaradi. Iqlim keskin o‘zgarayotgan bir paytda Orol dengizining holati yanada yomonlashmoqda. Shuning uchun ma
Доказательный фрагмент
«This article discusses the efficient use of water resources and the elimination of the environmental impact of the Aral Sea, which is a global problem in Central Asia.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the efficient use of water resources and the elimination of the environmental impact of the Aral Sea, which is a global problem in Central Asia. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- water resources, civilization, flora, fauna, agriculture, food security
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеФУНКЦИОНАЛЬНЫМИ ГЛАГОЛАМИ, Рисаева Оксана2016
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИНГЛИЗЧА ТАРЖИМАДА БЕРИЛИШИ, Касимова Раъно Рахматуллоевна2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021