Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
O‘ZBEK VA NEMIS TILLARIDA QO‘SHMA SO‘ZLAR SEMANTIKASI, O‘ZARO MA’NO MUNOSABATLARI
O‘ZARO MA’NO MUNOSABATLARI · Qilicheva Shahlo
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
This article examines the semantics and semantic relationships of compound words in the Uzbek language, comparing them with compound words in the German language. Kalit so‘zlar. Qo‘shma so‘z, aniqlovchi, qisman asoslangan, to‘liq asoslangan, asoslanmagan. Ключевые слова: Сложное слово, детерминант, частично основанный, полностью основанный, неоснованный. Keywords: Key words: Slojnoe slovo, determinant, chastichno osnovannyy, polnostyu osnovannyy, neosnovannyy. Ma’lumki, barcha tillarda qo‘shma so‘zlarning tasnifida ularning semantik xususiyatlari – ya’ni ma’no munosabatlari asosida turlarga ajratilishi muhim lingvistik ahamiyatga ega. Ilmiy ishimizning nazariy qismida biz nemis tilidagi qo‘shma so‘zlarning semantik tasnifiga e’tibor qaratdik. Endilikda esa tadqiqotimiz doirasida o‘zbek tilidagi qo‘shma so‘zlarning semantik xususiyatlariga ko‘ra tasniflanishini tahlil qilish lozim deb hisoblaymiz. Ma’no munosabatiga ko`ra qo`shma so`zlar quyidagi turlarga bo`linadi: [3:28,29] a) To`liq asoslangan b) Qisman asoslangan c) Asoslanmagan Qo‘shma so‘zlar semantik asoslanish darajasiga ko‘ra uch asosiy turga bo‘linadi: to‘liq asoslangan, qisman asoslangan va asoslanmagan qo‘shma so‘zlar. A) To‘liq asoslangan qo‘shma so‘zlar – bu turdagi qo‘shma so‘zlarda tarkibiy qismlarning leksik ma’nolari to‘liq muvofiqlashgan bo‘ladi. Bunday so‘zlar tuzilishida har bir komponent mustaqil semantik birlik sifatida qatnashib, umumiy so‘z ma’nosini aniqlashda faol rol o‘ynaydi. Gapiruvchi bu kabi qo‘shma so‘zlarda 83 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 leksik birliklar o‘rtasidagi semantik bog‘liqlik va o‘zaro moslashuvni aniq anglay oladi. Shuningdek, bu tipdagi qo‘shma so‘zlarda har bir komponent asl leksik ma’nosini saqlagan holda ishtirok etadi va ko‘chma ma’no yuklamaydi. Masalan, qo‘lyozma (qo‘l + yozma) yoki suvilon (suv + ilon) kabi so‘zlar bu guruhga kiradi. B) Qisman asoslangan qo‘shma so‘zlar – bunday holatda qo‘shma so‘z tarkibidagi komponentlardan biri o‘zining to‘liq ma’nosini yo‘qotgan bo‘lsa-da, umumiy semantik mazmun hali ham aniq saqlanib qoladi. Bu turdagi so‘zlarda ma’no, asosan, ikkinchi komponent orqali aniqlanadi, birinchi komponent esa semantik jihatdan nofaollashgan bo‘lishi mumkin. Masalan, baqatera (terak turi) so‘zida “baqa” komponenti semantik jihatdan nofaol bo‘lsa-da, umumiy ma’no terakka oidligini bildiradi. Yoki xomsemiz (juda semiz) so‘zida “xom” komponenti o‘zining to‘liq ma’nosida ishlatilmaydi, biroq umumiy ma’no tushunarli bo‘lib qoladi. C) Asoslanmagan qo‘shma so‘zlar – bu toifaga kiruvchi qo‘shma so‘zlar tarkibidagi morfemalar orasida hech qanday semantik bog‘liqlik mavjud emas. Ularning leksik ma’nosini tarkibiy qismlar asosida anglash yoki taxmin qilishning iloji yo‘q. Bunday qo‘shma so‘zlarda hosil bo‘lgan yangi ma’no tarkibiy qismlarning asl ma’nolari bilan hech qanday bog‘liqlikka ega emas. Masalan, suyuqoyoq (yomon yo‘lga kirgan qiz), sho‘rtumshuq (jiddiy yoki arazchi odam), sovuqqon (muomalasi sovuq, yoqimsiz odam) kabi misollar ushbu turga kiradi. Bu so‘zlarda komponentlar o‘rtasidagi semantik aloqa uzilgan va ular ko‘chma, ko‘pincha frazeologik tusdagi birliklar hisoblanadi. Har ikkala tilda ham qo`shma so`zlar o`rganilar ekan, ularni aynan har bir tilga mos ravishda yuqoridagi turlarga ajratib o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi. Biroq, bundan avval biz ushbu taqqoslanayotgan tillardagi turlarning o`zini o`xshash tomonlarini aniqlashga harakat qildik. Nemis tilidagi qo`shma so`zlar ma’no munosabatiga ko`ra 4 guruhga bo`lib o`rganilgan edi: 1. Attributive Zusammensetzungen (Attributiv qo`shma so‘zlar) 2. Kopulative Zusammensetzungen(Kopulativ qo`shma so‘zlar) M.: taubstumm, Strumpfhose 3. Zusammenrückungen (Butun bir gapni jipslashuvidan hosil bo‘lgan qo‘shma so‘zlar ) M.: Habenichts, Taugenichts, Vergissmeinnicht. 4. Zusammenbildungen (Qo‘shma yasama so‘zlar) M.: Holzfäller, (-er) ot yasovchi suffix [5:17,20] - Attributiv qo‘shma so‘zlar(attributive Zusammensetzungen). Ushbu qo‘shma so‘zlarda ikkinchi o‘rinda kelgan bosh so‘z (das Grudwort) birinchi o‘rinda kelgan aniqlovchi (das Bestimmungswort) so‘z orqali konkretlashtiriladi. Bunday so‘zlar ot va sifat so‘z turkumlaridan tashkil topadi. М.: blau rang belgisi birinchi komponent orqali ma’nosi ochiladi. М.: hellblau, dunkelblau, himmelblau; yoki Schwarzbrot, Tischlampe, Sonnenstrahl 84 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 - Kopulativ qo‘shma so‘zlar (kopulative Zusammensetzungen). Alohida qismlari qo‘shilib, yangi butunlikni hosil qiluvchi kopulativ kompositsiyalar. M.: taubstumm, Dampfschiff - Zusammenrückung- Butun bir gapni jipslashuvidan hosil bo‘lgan qo‘shma so‘zlar M.: Habenichts, Taugenichts, Vergissmeinnicht. Qo‘shma so‘zning bunday turi o‘zbek tilida uchramaydi. Zusammenbildung – Qoshma yasam so‘zlar. Nemis tilida qo‘shma so‘zga so‘z yasovchi qo‘
Доказательный фрагмент
«This article examines the semantics and semantic relationships of compound words in the Uzbek language, comparing them with compound words in the German language.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the semantics and semantic relationships of compound words in the Uzbek language, comparing them with compound words in the German language. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Key words: Slojnoe slovo, determinant, chastichno osnovannyy
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеФУНКЦИОНАЛЬНЫМИ ГЛАГОЛАМИ, Рисаева Оксана2016
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИНГЛИЗЧА ТАРЖИМАДА БЕРИЛИШИ, Касимова Раъно Рахматуллоевна2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021