Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
RANG-TUS BILDIRUVCHI SO‘ZLARNING SALBIY KONNOTATSIYANI IFODALASHI
To‘xtasinova Odinaxon Yusupovna · Xrojiddinova Muattar Mansurovna
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada rang-tus bildiruvchi so‘zlarning salbiy konnotatsiyani ifodalashi, rang-tus bildiruvchi so‘zlar turli pragmatik maqsadlarda qo‘llanishi natijasida salbiy ma’no ifodalab, nutqda konnotativ ma’no bildirishi hususida ayrim fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek maqolada, rang-tus bildiruvchi so‘zlar salbiy konnotatsiyani ifodalashi turli misollar yordamida tahlil etib berilgan. Абстрактный. В данной статье высказаны некоторые мнения об отрицательной окраске слов-цветов, использовании слов-цветов в различных прагматических целях, выражении отрицательного значения и передаче коннотативного значения в речи. Также в статье на различных примерах анализируется негативный оттенок слов, выражающих цвет. Annotation. This article presents some thoughts on the negative connotation of iconic words, the negative meaning of iconic words as a result of their use for various pragmatic purposes, and the connotative meaning in speech. The article also analyzes the negative connotation of iconic words using various examples. Kalit so‘zlar. Rang-tus bildiruvchi so‘zlar, nutq, salbiy konnotatsiya, idiomatik birlik, og‘zaki, yozma hamda poetik nutq. Ключевые слова. Цветовые слова, речь, отрицательный оттенок, идиоматическое единство, устная, письменная и поэтическая речь. Keywords. Iconic words, speech, negative connotation, idiomatic unit, oral, written and poetic speech. Kirish. Rang-tus bildiruvchi so‘zlar nutqda keng istifoda etilar ekan, ularning salbiy konnotatsi gapda leksemalar qurshovida voqelanadi. Rang-tus bildiruvchi so‘zlar turli pragmatik maqsadlarda qo‘llanishi natijasida salbiy ma’no ifodalab, nutqda konnotativ ma’no bildirishga o‘tadi. Ularning salbiy ma’nosi o‘xshatishli, metaforik, idiomatik birliklar qurshovida yuzaga keladi. Shuni alohida ko‘rsatish lozimki, salbiy konnotatsiyali rang-tus bildiruvchi leksemalarning pragmatik semalari xuddi ijobiy konnotatsiyali pragmatik semalar singari ko‘proq oq va qora semalari doirasida oppozitsiya hosil qilib, og‘zaki, yozma hamda poetik nutqda ishlatiladi. Ular ko‘proq o‘xshatishli, epitet, metaforik hamda 77 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 idiomatik ko‘chimlar qurshovida keladi. Bunday hodisalar nutqqa ekspressivlik, emotsionallik va baholash ottenkalarini berish bilan bir qatorda subyektlarning shaxs sifatidagi fe’l-atvorini belgilashga, ular xarakteridagi nuqsonlarni to‘laqonli ochib berishga xizmat qiladi. H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida quyidagi satr keltirilgan: Men bir qaro kunda tug‘ildim, Tug‘ildim-u shu on bo‘g‘ildim… Bu o‘rinda “qaro kun” epitet birikuvi salbiy konnotatsiya hosil qilib, ichki mazmunida o‘xshatish ma’nosi ifodalanayotganini sezish qiyin emas. Bu birikma, ya’ni “qaro kun” birikmasi Abdulla Qodiriy aytganidek, “yaqin o‘tmishning eng kir, qora, zulm-u nifoqqa to‘la kunlari” degan pragmatik ma’no kishining shuuriga o‘rnashadi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Bu epitetning ichki qurilishida o‘xshatish va metaforaning bir-biriga singib ketishi borligi birikuv shakli va u anglatayotgan ma’nodan ham sezilib turadi. Kezi kelganda A.A.Potebnyaning yuqorida keltirilgan “Metafora – qisqargan o‘xshatishdir”, degan fikridan kelib chiqqan holda, o‘xshatish va metafora o‘rtasidagi juz’iy farqlar haqida to‘xtab o‘tish zaruriyati tug‘iladi. Tilshunoslar M.Qurbonova, M.Yo‘ldoshevning qayd etishlaricha, “o‘xshatishlar eng qadimiy tasviriy vositalardan biri sifatida nutqimizda, ayniqsa, badiiy adabiyot tilini bezashda, tasvirning aniqligi va obrazliligini ta’minlashda foydalanib kelinadi. Adabiyotlarda har qanday o‘xshatish munosabati tilda ifodalanar ekan, albatta, to‘rt unsur nazarda tutiladi, ya’ni: 1) o‘xshatish subyekti; 2) o‘xshatish etaloni; 3) o‘xshatish asosi; 4) o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichlari. Masalan, Alisher tulkiday ayyor bola. Bunda Alisher – o‘xshatish subyekti; tulki – o‘xshatish etaloni; ayyor – o‘xshatish asosi; -day – o‘xshatishning shakliy ko‘rinishi hisoblanadi”.[1.B.75] Olimlar yana davom etib qayd qiladilarki, badiiy matndagi o‘xshatishli qurilmalar tekshirilganda, ularni an’anaviy va xususiy muallif o‘xshatishlari sifatida tasniflash kerak bo‘ladi. An’anaviy o‘xshatishlar og‘zaki nutqda ko‘p ishlatiladigan, shu sababdan ta’sirchanligini yo‘qotgan o‘xshatishlardir. Masalan: tulkiday ayyor, toshday qattiq, yuzlari oydek, ko‘zlari charosdek, qo‘yday yuvosh, otning qashqasidek ma’lum kabilar... Xususiy muallif o‘xshatishlari yozuvchining o‘z nigohi, kuzatuvchanligi, badiiy taxayyuli, anologiya quvvati asosida xalq tilidan foydalangan holda yaratgan o‘xshatishlardir. Bunday o‘xshatishlarda originallik, obrazlilik va ekspressivlik hamisha yorqin ifodalangan bo‘ladi”.[1.B.76] 78 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Tahlil va natijalar. Shu o‘rinda qayd qilishni istardikki, yuqorida iqtibos qilingan fikrlardagi an’a
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada rang-tus bildiruvchi so‘zlarning salbiy konnotatsiyani ifodalashi, rang-tus bildiruvchi so‘zlar turli pragmatik maqsadlarda qo‘llanishi natijasida salbiy ma’no ifodalab, nutqda konnotativ ma’no bildiri…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada rang-tus bildiruvchi so‘zlarning salbiy konnotatsiyani ifodalashi, rang-tus bildiruvchi so‘zlar turli pragmatik maqsadlarda qo‘llanishi natijasida salbiy ma’no ifodalab, nutqda konnotativ ma’no bildiri… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Iconic words, speech, negative connotation, idiomatic unit, oral
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеФУНКЦИОНАЛЬНЫМИ ГЛАГОЛАМИ, Рисаева Оксана2016
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИНГЛИЗЧА ТАРЖИМАДА БЕРИЛИШИ, Касимова Раъно Рахматуллоевна2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021