К содержанию
РецензированоUZ2026

ARALASH TA’LIMDA O‘QITUVCHINING ROLI

Sоbirоvа Mоxirа Rаsulоvnа · Sobirova Mokhira Rasulovna

Interpretation and researches · 1 · 1-9 · 2026

Аннотация

This article highlights the role of the teacher in blended learning environments, their new functions, and their place in modern education. Unlike the traditional approach, the teacher now emerges as a motivator, guide, and technological assistant. Additionally, the article analyses current issues and promising directions in implementing blended learning. Keywords: blended learning, digital competence, pedagogical competence, group leader, facilitator, teacher role, technologies. РОЛЬ УЧИТЕЛЯ В СМЕШАННОМ ОБУЧЕНИИ Собирова Мохира Расуловна Преподаватель кафедры педагогического образования БухГПИ Аннотация: В данной статье освещается роль учителя в условиях смешанного обучения, его новые функции и место в современном образовании. В отличие от традиционного подхода, учитель теперь выступает в качестве мотиватора, направляющего и технологического помощника. Также проанализированы актуальные вопросы и перспективные направления внедрения смешанного обучения. 34 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Ключевые слова: смешанное обучение, цифровая компетенция, педагогическая компетенция, руководитель группы, фасилитатор, роль учителя, технологии. Oliy ta’lim tizimida “Blended learning” texnologiyasi (ya’ni, aralash ta’lim) jahon tajribasida ko‘plab muvaffaqiyatli amaliyotlar orqali sinovdan o‘tgan bo‘lib, u muayyan nazariy-metodik asoslarga ega. Rivojlangan mamlakatlarda bu yondashuv ta’lim sifatini oshirish, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni kengaytirish va ta’lim jarayonini moslashuvchanlashtirishda samarali vosita sifatida qo‘llanilmoqda. Mamlakatimizda esa “Blended learning” texnologiyasi nisbatan yangi hisoblanadi. So‘nggi yillarda bu borada sezilarli qadamlar tashlangan bo‘lsa-da, uning nazariy va amaliy asoslari hali to‘liq shakllanmagan. Shu sababli, qator mahalliy tadqiqotchilar tomonidan mazkur texnologiyaning milliy ta’lim tizimiga moslashtirilgan modellari, o‘qitish metodikasi, infratuzilma talablari va baholash mezonlari bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu izlanishlar natijasida, mamlakatimizda aralash ta’limni samarali joriy etish uchun ilmiy asoslangan, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlar ishlab chiqilishi kutilmoqda. Bu esa O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim tizimida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. An’anaviy auditoriya mashg‘ulotlari bilan onlayn ta’limning uyg‘unlashuvi nafaqat dars shaklini, balki undagi ishtirokchilar – o‘qituvchi va o‘quvchining ham rolini tubdan o‘zgartirdi. Endilikda o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki murabbiy, yo‘naltiruvchi, fasilitator sifatida namoyon bo‘ladi. Aralash ta’limni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, eng avvalo, o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi, pedagogik va raqamli kompetensiyalari19ni oshirish zarur20. Ko‘plab xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, aralash ta’limda o‘qituvchining roli faqatgina dars o‘tish bilan cheklanmay, balki o‘quvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularni kuzatib borish, individual yordam ko‘rsatish, raqamli vositalardan samarali foydalanish kabi ko‘p qirrali vazifalarni ham qamrab oladi. Bunday ikki yo‘nalishli (an’anaviy va virtual) muloqot shakli asosida tashkil etiladigan ta’lim jarayonida o‘qituvchi asosiy pedagogik jarayon ishtirokchisi sifatida markaziy o‘rinda turadi. O‘qituvchidan faqat fan bo‘yicha bilimga ega bo‘lish emas, balki: – Virtual ta’lim muhitida raqamli pedagogika; – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish; 19 Graham, C. R. (2006). Blended learning systems: Definition, current trends, and future directions. In The Handbook of Blended Learning 20 Garrison, D. R., & Vaughan, N. D. (2008). Blended Learning in Higher Education: Framework, Principles, and Guidelines. San Francisco: Jossey-Bass. 35 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 – Talabalarni rag‘batlantirish (motivatsiyasini kuchaytirish), yo‘naltirish va faoliyatini boshqarish kabi kompetensiyalarga ega bo‘lishni talab etadi. Shu sababli, aralash ta’lim sharoitida o‘qituvchining roli quyidagi funksiyalar orqali yangicha talqinda namoyon bo‘ladi: Guruh rahbari sifatida. O‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki ta’lim jarayonini tashkil qiluvchi va boshqaruvchi sifatida guruhdagi talabalarning faolligini muvofiqlashtiradi. O‘quv resurslari, vaqt taqsimoti va baholash mezonlarini moslashtirishda rahbarlik qiladi. Motivator sifatida. Virtual va aralash ta’limda talabani o‘z-o‘zini o‘qitishga undash uchun o‘qituvchi psixologik, axloqiy va didaktik jihatdan rag‘batlantiruvchi vositalardan foydalanadi. Bu jarayonda talabani faol ishtirok etishga ilhomlantirish, o‘quv maqsadlarining dolzarbligini anglatish muhim ahamiyatga ega. Faoliyat tashkilotchisi sifatida. O‘qituvchi o‘quv materiallarini turli shaklda taqdim etadi, amaliy mashg‘ulotlar v

Доказательный фрагмент

«This article highlights the role of the teacher in blended learning environments, their new functions, and their place in modern education.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article highlights the role of the teacher in blended learning environments, their new functions, and their place in modern education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
blended learning, digital competence, pedagogical competence
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники