Иностранная филология: язык, литература, образованиеКаримова Сафия Расуловна2019
ISAJON SULTON HIKOYALARIDA FALSAFIY VA PSIXOLOGIK QARASHLAR
Urazbayev G‘ayrat Kenjabayevich
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada hikoya janrining kelib chiqishi va yozuvchi Isajon Sultonning “Sog‘inch” nomli liro-romantik uslubda yozilgan hikoyasi tahlilga tortilgan. Adib hikoyalarida ramziy-falsafiy talqin o‘ziga xosligi, davr va qahramon ichki ruhiyatini tasvirlash orqali yozuvchi mahorati ochib berilgan. Annotation: This article explores the origins of the short story genre and analyzes the short story “Sog‘inch” written by the author Isajon Sulton in a lyrical- romantic style. The writer’s mastery is revealed through his symbolic and philosophical interpretations, as well as his unique ability to depict the spirit of the era and the inner world of his characters. Kalit so‘zlar: hikoyat, syujet, g‘oya, mazmun, neorealizm, xarakter, voqelik, konsepsiya, didaktika. Keywords: narrative, plot, idea, content, neorealism, character, reality, concept, didactics. Har qanday janr tadrijiy takomilida antik yunon madaniyati ta’siri bilan bir qatorda Sharq madaniyatining hikoyaning – hikoyatdan o‘sib chiqqanligi xususidagi ilmiy farazlari ham uchraydi. Jahon hikoyachiligi bilan tutashgan turkiy xalqlar hayotidan hikoya qiluvchi qiziqarli voqealarni folklor asarlari (doston-u ertaklar)da ko‘plab uchratish mumkin. Biroq janr diffuziyasi natijasida hikoya, hikoyat, qissa, bayon, badia singari janrlarda qahramonlar xatti-harakati, syujetda namoyon bo‘luvchi voqealar tizimida alohida ahamiyat kasb etuvchi unsurlar joy olishi tabiiy bir holdir. Janr poetik qirralari haqidagi ilmiy-nazariy qarashlarni bir maxrajga keltirganimizda “...hikoyaning belgilari bizga janrning algoritmik modelini tuzish imkonini beradi. Аmmo, badiiy adabiyot tarixidagi har bir davr bu algoritmga o‘z tuzatishlarini kiritib boradi. Bu, bizning fikrimizcha, davrning ijtimoiy-madaniy o‘ziga xosligi va adabiyot rivojining ichki qonuniyatlari bilan belgilanadi”[1,16-b]. Haqiqatan ham, davrlar osha sayqallanib kelayotgan hikoya universal modelida inson tafakkur tarzi o‘z iniʼkosini topgani shubhasiz. Shu maʼnoda, o‘zbek hikoyachiligining haqiqiy rivojlanish davri o‘tgan asrning 30-yillaridan keyin yangicha uslubiy-ifodaviy, talqiniy shaklda namoyon bo‘lishi kuzatildi. Hayot 24 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 haqiqatini badiiy haqiqatga aylantirish masalasi sobiq ittifoq davrida janrning misli ko‘rilmagan jihatlarini takomillashtirishga keng yo‘l ochdi. Biroq А.Qahhor, Oybek, G‘.G‘ulom ijodida davr muammolarining achchiq manzarasi, qahatchilik, manfur siyosatning odamzot boshiga solgan alamli kulfatlari o‘z tasdig‘ini topdi. Har bir hikoyaning qurilishida so‘z qo‘llash usuli turfalashib, hissiy-emotsional birliklar yig‘indisini birlashtiradi. Bir qarashda oddiy voqelik “Ota qismati”, murakkab syujet “Bibi Salima”, sodda ifoda “Uzuk” singari hikoyalarda ana shu jihatlarning betakror manzarasi uchraydi. Rus munaqqidi M.Baxtin taʼkidlaganidek: “Hikoya ijodkor hayot tarzining o‘zgarishi bilan birga yashaydi. Unda borliqning universal ko‘rinishi hamda roviy-qahramon birligi yangi shaklni barqarorlashtiradi. U qadim anʼanalar, antik yunon madaniyatidagi ritsarlik adabiyotidan ham oziqlanadi. Negaki, oliy maqsadlar hamisha hukmron sinflarni qo‘rquvda ushlab turishga bel bog‘lagan. Muallif ifoda yo‘sinida o‘sha ijodiy tafakkur mahsuli birinchi maqsadga aylanadi. Bu esa ijodkor yashayotgan muhit, zamon, mulki borliq muammolari orasida yaxlitlashib, turfa aqidalarni yagona ijodiy makonga bo‘ysundiradi”[2,502-b]. Isajon Sulton ko‘p hollarda ijodiy jarayon bilan bog‘liq tarzda oddiy odamlar hayotini tasvirlovchi syujetlar yaratadi. Neorealizm oqimi ijodkorlari bunday vaziyatni allaqachon yuksak darajaga olib chiqqanlar. Neorealizm metodiga tayangan yozuvchilar borliqni epik planda tasvirlashga odatlanishgan. Syujetni harakatga keltiruvchi dinamik kuch konflikt bo‘lsa, uni yaxlit bitta maqsadda birlashtirish konsepsiyani yuzaga keltiradi. “Ozod” to‘plamiga kiritilgan hikoyalarni mazmunan ikki qismga ajratgan: 1. Organik hikoyalar; 2. Аnorganik hikoyalar. Bunday tavsiflashning o‘ziyoq adib hikoyalarida real manzaralarni, aniq yashab o‘tilgan hayot yo‘llarida umrguzaronlik qilgan odamlar taqdirini tipiklashtirishga qaratilganligi bilan belgilanadi. Syujet tarkibiga kiruvchi jami unsurlar ixcham badiiy shakl tamoyillarini harakatga keltiradi. Bular xarakterni shakllantirishga xizmat qilsa, qalb shuurini larzaga solgan yozuvchi maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga asos bo‘ladi. Аkademik M.Qo‘shjonov qayd etishicha: “Voqealarga ma’no bag‘ishlash uchun sanʼatkor nima qiladi? Buning uchun yozuvchi o‘sha voqealarning tug‘ilish sababi bilan qiziqadi. Tibbiyotda shunday bir qonuniyat bor: bemorning kasallanish sababini topish – uni davolash yo‘lini topish degan gap. Yozuvchi ham shu qoidaga amal qiladi. Voqeaning ro‘y berish qonunini topish uning maʼnosini topish bilan teng. Jamiyat tarixidagi hamma voqealarning – xunukmi, go‘zalmi, yaratuvchisi insondir. Inson esa biron voqeaning ro‘y berishiga sab
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hikoya janrining kelib chiqishi va yozuvchi Isajon Sultonning “Sog‘inch” nomli liro-romantik uslubda yozilgan hikoyasi tahlilga tortilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hikoya janrining kelib chiqishi va yozuvchi Isajon Sultonning “Sog‘inch” nomli liro-romantik uslubda yozilgan hikoyasi tahlilga tortilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- narrative, plot, idea, content, neorealism, character, reality, concept
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021