К содержанию
РецензированоUZ2026

NOMSHUNOSLIK SOHASI RIVOJIDA ZARIBBOY DOʻSIMOV ILMIY MEROSINING AHAMIYATI

MEROSINING AHAMIYATI · Artikova Sayida Aralbayevna

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek toponimikasi bo‘yicha salmoqli ishlar olib borgan Zaribboy Do‘simov ilmiy faoliyatiga doir ma’lumotlar berilgan. Xususan, olimning nomshunoslikka oid ilmiy izlanishlari, olib borgan tadqiqotlari borasida atroflicha so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: nomshunoslik, toponim, toponimika, tasnif, etimologiya, onomastika. Annotation. "This article provides information about the scholarly work of Zaribboy Dusimov, who made significant contributions to Uzbek toponymy. In particular, it offers a detailed discussion of the scholar’s research and studies in the field of onomastics." Keywords: onomastics, toponym, toponymy, classification, etymology, name studies. O‘zbek xalqi juda boy yozma va og‘zaki ijod manbalariga ega xalq hisoblanadi. Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotini, ayniqsa, toponimlar bo‘yicha samarali yirik tadqiqotlar olib borgan yetuk olim, filologiya fanlari doktori, professor, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Zaribboy Do‘simov ishlarisiz tasavvur qila olmaymiz. Chunki, u uzoq yillardan beri o‘zbek tilshunosligining takomillashuviga salmoqli ulush qo‘shib kelayotgan, ayniqsa, o‘zbek onomastikasining shakllanishi va rivojlanishida munosib o‘rni bor zahmatkash hamda fidoyi olimlardan sanaladi. Xususan, ko‘hna Xorazm vohasi toponimiyasi bo‘yicha erishilgan ulkan yutuqlar, shubhasiz, aynan Zaribboy Do‘simov nomi bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbek onomastikasi yoki nomshunosligi deb yuritilayotgan soha o‘tgan asrning 60-70-yillarida alohida ilmiy yo‘nalish sifatida yuzaga keldi. O‘zbek tilshunosligida o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab, to hozirgi kungacha nomshunoslik eng rivojlangan sohalardan biriga aylandi. Bugungi kunga kelib esa, nomshunoslik sohasining o‘z ichki yo‘nalishlari yuzaga kela boshlagani soha mutaxassislariga ma’lum. Ayniqsa, bu sohaning antroponimika, toponimika, etnonimika kabi bir qator sohalarida juda barakali ishlar amalga oshirildi. Nomshunoslikning toponimika sohasi alohida o‘ringa ega bo‘lgan yo‘nalishlardan hisoblanadi. Chunki oddiy insonlarning nomlarga e’tiborini dastlab kishi ismlari belgilab bersa, undan so‘ng, albatta, joy nomlariga qiziqish, 12 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 toponimlarning qo‘llanishi masalasi yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Onomastika tilshunoslikning nomni ifodalovchi birliklarini o‘rganadigan sohasi bo‘lib, uning tarkibida toponimika alohida o‘rin tutadi. [1.3]. O‘zbek toponimikasi bo‘yicha olib borilgan ishlarning samarasi salmoqli bo‘ldi. Shu kunga qadar o‘zbek toponimikasi bo‘yicha 20 dan ortiq nomzodlik, uchta doktorlik ishlarida Z.Do‘simovning xizmati katta. Shu jumladan, o‘zbek tilshunosligining eng murakkab bo‘limlaridan hisoblangan til tarixi, etimologiyasi sohasida ham buyuk ajdodlarimiz Mahmud Zamaxshariy, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy va boshqalarning til haqidagi qarashlari va konsepsiyalarini o‘rganib, o‘zining ko‘p sonli ilmiy maqolalarini e’lon qilgan. O‘zbek nomshunosligining rivojlanishi jarayoni nomlarning til va nutq hodisalari tarkibida o‘ziga xos o‘rni, mavqeyi va turlari mavjudligini ko‘rsatdi. Shunga ko‘ra, o‘zbek tilshunosligida nomlar bilan bog‘liq muayyan tarmoqlar paydo bo‘la boshladi. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida Yangiobod, Yangiqishloq, Kattaqishloq, Yangiariq, Yangibozor, Guliston, Bog‘iston, Chamanzor, Bog‘obod kabi nomlar yuzaga keldi. Milodning boshlarida bu nomlarnining muqobil shakli Navkat bo‘lgan. Ijtimoiy hayotdagi ma’naviy o‘zgarish joy nomlarida ham aks etadi. Bu ilmiy haqiqat professor Z.Do‘simov tadqiqotlarida to‘la tasdiqlangan. Demakkim, Z.Do‘simov o‘zbek tilshunosligining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, fanimizning onomastika sohasi shakllanishi va taraqqiyotida munosib o‘rin egallagan olimlardan hisoblanadi. Uning ilmiy faoliyatining aksariyat qismi Xorazm vohasi onomastikasi tadqiqiga bag‘ishlangan. Olimning muvaffaqiyatli himoya qilingan “Xorazm toponimlari tarixiy-lisoniy tahlili” mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasi Respublikamizda toponimika sohasida dastlabki doktorlik dissertatsiyasi edi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Olim qalamiga mansub asarlar mutaxassislargagina emas, xalqimiz tili, tarixi, madaniyati bilan qiziquvchi kitobxonlarga ham juda yaxshi tanish. Olim 1996-yili nashr qilingan salmoqli “Xorazm tarixi” loyiha va kitobi hammualliflaridan biridir. Uning qator maqolalari tilshunoslikning nazariy masalalariga chuqur e’tibor qaratilgani bilan alohida ilmiy qimmatga ega. Ayni damda o‘zbek tilshunosligida alohida yo‘nalish sifatida keng tatbiq qilinayotgan antropolingvistika, mental lingvistika, lingvokulturalogiyaning asosiy tushuncha va tamoyillari, bundan bir necha yil oldin, garchi o‘zga terminlar orqali bo‘lsa ham ifoda etilgani olimning nazariy muammolarga jiddiy yondashishi, o‘ziga xos teran ilmiy tafakkuridan dalolat beradi [2.56] Darhaqiqat, “Til va xalq tafakkuri birligi” tamoyilini t

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek toponimikasi bo‘yicha salmoqli ishlar olib borgan Zaribboy Do‘simov ilmiy faoliyatiga doir ma’lumotlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek toponimikasi bo‘yicha salmoqli ishlar olib borgan Zaribboy Do‘simov ilmiy faoliyatiga doir ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
onomastics, toponym, toponymy, classification, etymology, name
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники