К содержанию
РецензированоRU2026

ARAB TARJIMACHILIGI VA TADRIJI

Fayziyev Jaloliddin · Toshkent. O‘zbekiston.

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Данная статья посвящена арабскому языку, принципу арабского переводоведения, арабистике, истории арабских народов, образу жизни, лексическому и грамматическому формированию арабского языка, возникновению классического арабского языка, и мнения мировых ученых. При этом освещается развитие современной арабской прозы и прозы саудовской литературы. Ключевые слова: переводоведение, арабский язык, арабистика, лексика, грамматика, классический арабский язык, литература, текст, перевод, переводчик, принцип, проза, народная, арабская, узбекская. Annotation: This article focuses on the Arabic language, the principle of Arabic translation studies, Arabic studies, the history of the Arab peoples, the way of life, the lexical and grammatical formation of the Arabic language, as well as the commense of the classical Arabic language and the opinions of world scientists. At the same time, the development of modern Arabic poetic writings and prose of Saudi literature are highlighted. Key words: translation studies, Arabic language, Arabic studies, lexicon, grammar, classical Arabic language, literature, text, translation, translator, principle, prose, folk, Arabic, Uzbek. О’zbekiston hududida qadim zamonlardan beri fan va madaniyat rivojlanib kelayotgan davlatdir. Xususan, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, tarix, falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar va haykaltaroshlik, tо’qimachilik, kulolchilik, shishasozlik va boshqa kasblar keng rivojlangan. Hozir О’zbekiston olimlari uzoq о‘tmish mutafakkirlari qoldirgan ilmiy merosni faol о‘rganib, 4 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 о‘zlarining yangi kashfiyotlari bilan fanni boyitgan holda jahon fani rivojiga munosib hissa qо‘shmoqdalar. Bugungi shiddat bilan kechayotgan bir davrda jahondagi tezkor taraqqiyot talablariga javob bera oladigan bilimli yoshlarni tarbiyalash masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan kun tartibiga qo‘yildi. Yurtboshmizning: “Bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq - farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa - taraqqiyotning kafolati!” 1 fikrlarida ham ulug‘ taraqqiyot yo‘li mujassamdir. Jahonda fan va texnologiyalarning jadal rivoji ko‘p madaniyatli dunyoda yosh avlodning bir necha tillarni mukammal bilishini taqozo etadi. Chet tillarini o‘rganish, ular materiali asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish bugungi kunda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan faoliyatlardan biridir. Xususan, arab tilini o‘rganish, bu til materiali asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish arab davlatlari bilan xalqaro munosabatlarimizni mustahkamlashda, kengaytirishda, albatta, o‘z ijobiy natijasini beradi. Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarining aksar qismida davlat tili hisoblangan arab tili va adabiyoti borasidagi ilmiy tadqiqotlar olib borishni zamonamizning o‘zi taqazo qilib turipti. Shunday ekan biz yosh tarjimashunoslardan bugungi kunda talab qilinadigan asosiy vazifa etib, arab davlatlarini tarixi, madaniyati, iqtisodi, siyosatini yoritib berishga xizmat qiluvchi ko‘plab hikoya, qissa, matn, asar va romanlarni tarjima va shuningdek qiyosiy tadqiq qilib o‘zbek xalqi o‘rtasida madaniy tanitishimiz vazifamizdir. Arab tilshunoslariga ma’lumki, arab tili - somiy tillar guruhining janubiy tarmogʻiga mansub tildir. Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrika shimolidagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Shuningdek bugungi kunda arab tilida 300 mln. dan ortiq aholi gaplashadi. Bizga qadimiy arab tili miloddan avvalgi V - IV-asrlarga taalluqli obidalar orqali maʼlumdir. U mumtoz arab tilining paydo boʻlishiga zamin boʻlgan. Mumtoz arab tilining leksik va grammatik shakllanishi johiliya davri V - VII - asrlar, shoirlarining ogʻzaki ijodlarida namoyon boʻla boshlagan. Qur’oni Karimning nozil boʻlishi natijasida mumtoz Arab tili badiiyati yanada goʻzallashdi va grammatik meʼyorlari mukammallashdi. VIII - IX-asrlarda mumtoz Arab tili grammatikasi ishlab chiqildi, islom yoyilgan oʻlkalarda rasmiy va ilmiy til boʻlib qoldi. Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy va boshqa ilmiy asarlarini ana shu tilda yozganlar. Mumtoz arab tili leksik jihatdan bir oz oʻzgargan holda, hozirga qadar arablarning adabiy tili boʻlib kelmoqda. Buning asosiy sababi arab dunyosini birlashtirib turuvchi Qur’oni Karim, Hadisi Sharif va boshqa moʻtabar manbalardir. 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Конститутсияси қабул қилинганининг 26 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузасидан. 2018-йил 7-декабр. 5 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Ayniqsa Bag‘dod xalifaligida tashkil etilgan ilmiy markaz va unda arab olimlari bilan bir safda ko‘plab musulmon o‘lkalaridan kelgan olimlarning tadqiqot ishlari olib borishgani arab tilining ilm fan sohasidagi mavqeini yanada yuqoriga ko‘tardi. Natijada bu til musulmon sharqi hu

Доказательный фрагмент

«Данная статья посвящена арабскому языку, принципу арабского переводоведения, арабистике, истории арабских народов, образу жизни, лексическому и грамматическому формированию арабского языка, возникновению классического…»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная статья посвящена арабскому языку, принципу арабского переводоведения, арабистике, истории арабских народов, образу жизни, лексическому и грамматическому формированию арабского языка, возникновению классического… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
translation studies, Arabic language, Arabic studies, lexicon
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники