К содержанию
РецензированоUZ2026

KATTA QONCHO‘P O‘SIMLIGINING BIOEKOLOGIK VA FARMAKOLOGIK XUSISIYATLARI

FARMAKOLOGIK XUSISIYATLARI · Nurmetova Farida Ortiq qizi · Ilmiy rahbar: To‘xtayev Boboqul Yorqutovich

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda O`zbekistonda hamda chet davlatlarda o`sadigan Qon cho`p (chelidonium) o`simligining tavsifi,yer yuzida tarqalishi, kimyoviy tarkibi, foydali xususiyatlari va xalq tabobatida qo`llanilishi haqida ma`lumotlar berilgan. Kalit so`zlar: qon-cho`p, chelidonium majus, chelidonium asiatcium, xelidonin, sanguinarin saponin, berberin, protopin, flavonoid, so‘gal, papilloma, psoriaz. Kirish. Qon-cho`p (chelidonium ) o`simligi qadimdan xalq tabobatida keng foydalanilgan dorivor o`simliklardan biri hisoblanadi. Uning ikki turi --Chelidonium majus (katta qon-cho`p) va chelidonium asiaticum (Osiyo qon-cho`pi) dorivor xususiyatlari va kimyoviy tarkibi jihatidan muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada bu ikki turga oid adabiyotlar sharxi asosida ularning kimyoviy tarkibi,dorivor xususiyatlari va xalq tabobatida qo`llanilishi tahlil qilinadi. Chelidoium qadimgi yunon tilidan tarjima qilinganda “qaldirg`och” degan manoni bildiradi. Abu Ali ibn Sino davrida qaldirgochlar bolalarini ko`zlarini shu o`simlik shirasi bilan davolaydi degan fikrlar ham mavjud bo`lgan. [10] Boshqa manbalarda uni “qaldirgoch o`ti” deb ham ataydilar. Chunki qaldirg`ochlar uchib kelganda gullaydi, qaldirg`ochlar qaytishiga uning vegetatsiyasining tugashi to`gri keladi. Balki shu sabablar tyfayli unga shunday nom berilgandir. Sutli sharbatida 40% gacha yog`ni o`z ichiga olgan modda qatronli modda bilan ifodalanadi. Urug`ida 40-68% gacha yog` hamda lipaza saqlaydi. Shuningdek kalsiy, kaliy, mis, rux, magniy, temir moddalari ham bor. Alkaloidlar eng ko`po`simlik tomirlarida bo`ladi, ammo barglari ham zaharlidir. 1. Chelidonium majus ( Katta qon-cho`p) Chelidonium majus – ko`p yillik dorivor o`simlik bo`lib, ko`knordoshlar (Papaveceae) oilasiga mansubdir. O`simlikning barcha qismlarida zaharli alkaloidlar mavjud bo`lib, ular og`riqni qoldirish, yallig`lanishni kamaytirish va infeksiyaga qarshi ta`sir ko`rsatadi. Chelidonium majusning xalq tabobatida ishlatilishi teri kasalliklari, so`gal, eczema va oshqozon ichak muammolarini davolash bilan bog`liq. 2. Chelidonium asiaticum ( Osiyo qon-cho`pi) Chelidonium asiaticum Sharqiy Osiyo mintaqasida o`suvchi ko`p yillik o`simlikdir. Uning kimyoviy tarkibida alkaloidlar ( chelidonin, sanguinarin, berberin) 154 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 mavjud. Mahalliy tabobatda teri kasalliklari va ichki organlar muammolarini davolashda qo`llaniladi. Chelidonium asiaticumning tarkibi chelidonium majusdan farq qilishi bilan birga, xususiyatlari ham biroz boshqacha. Kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlari Har ikki tur alkaloidlar, flavanoidlar va organik kislotalarga boy. Chelidonium majusda chelidonin, homochelidonin, sanguinarin va cheleritin mavjud bo`lib ular antibakterial va yallig`lanishga qarshi ta`sir ko`rsatadi. Chelinonium asaiaticum tarkibidagi alkaloidlar esa antispazmatik va virusga qarshi xususiyatlarga ega. Sutli sharbatida 40% gacha yog`ni o`z ichiga olgan modda qatronli modda bilan ifodalanadi. Urug`ida 40-68% gacha yog` hamda lipaza saqlaydi. Shuningdek kalsiy, kaliy, mis, rux, magniy, temir moddalari ham bor. Alkaloidlar eng ko`p o`simlik tomirlarida bo`ladi, ammo barglari ham zaharlidir. Ushbu o`simliklar xalq tabobatida so`gal, ekzema, teri infeksiyalari oshqozon – ichak kasalliklari va yallig`lanishlarga qarshi ishlatiladi. Qon-cho`p o`simligi qadoq, so`gal, zamburug`, papiloma, psoriaz kabi yaralarni davolaydi hamda yallig`lanishga qarshi, og`riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi, xoleretik, diuretic va laksativ ta`sirga ham egadir. Qon-cho`p damlamasi jigar, o`t pufagi va oshqozon-ichak, ich qotishi kasalliklari uchun ham qo`llaniladi. Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida ham bir qancha kasalliklarga davo ekanligi yozilgan, jumladan: medaning dam bo`lib quldirashi, bolalarning og`ziga quyiladigan dorilar tarkibiga kirishi,va bir qancha kasalliklarda foydalanilishi haqida yozilgan. Qon-cho`pni suvli ekstraktini rus farmakologi S.O. Chirviniskiy o`rganib terida qo`llashda, tirnash xususiyatini qayd etgan. Alkaloidlarni V.A. Chelobitko va D.A. Muravevoylar o`rgangan. Homochelidonin tomir tortishishni chaqiradigan zaharlar guruhiga kirishi, og`riqlansizlantiruvchi ta`sir qilishi, protopin bachadon muskullariga ta`sir etib asab tizimini reaktivligini pasaytirishni o`rganganlar. Bu o`simlikning foydali xususiystlariga qaramay zaharli tomonlari ham bor. Agar meyordan ortiq qo`llanilsa oshqozon-ichakni kuchli yallig`laydi. Shamolash va tomoq og`rig`ida qon-cho`p damlamasi bilan chayish tavsiya etiladi. Ba`zi tadqiqotlarda qon-cho`p ekstrakti o`sma hujayralarni to`xtatishi aniqlangan.O`simlikning zaharli xususiyatlari tufayli gijjalarga qarshi vosita sifatida qo`llaniladi. Bu ikki tur o`simlikning sharbatini faqat tashqi muolajalarda ishlatish tavsiya etiladi. Ichki foydalanishda o`simlikning qaynatmasi yoki damlamasi mikrodozalarda iste`mol qilinishi lozim. Kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlari ha

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda O`zbekistonda hamda chet davlatlarda o`sadigan Qon cho`p (chelidonium) o`simligining tavsifi,yer yuzida tarqalishi, kimyoviy tarkibi, foydali xususiyatlari va xalq tabobatida qo`llanilishi haqida ma`lumo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda O`zbekistonda hamda chet davlatlarda o`sadigan Qon cho`p (chelidonium) o`simligining tavsifi,yer yuzida tarqalishi, kimyoviy tarkibi, foydali xususiyatlari va xalq tabobatida qo`llanilishi haqida ma`lumo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kimyoviy tarkibi, xalq tabobatida, qon-cho chelidonium, dorivor xususiyatlari, gacha yog, chelidonium majus, chelidonium asiaticum
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники