К содержанию
РецензированоUZ2025

TERMINLAR TARJIMASI: USULLAR, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Mahmudova Marjona Nosir qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article explores the problems encountered in term translation, the main methods applied in practice, and the incorrect approaches that should be avoided. It analyzes the difficulties arising from borrowing terms from other languages, the role of the translator, and recommended strategies for achieving accurate and adequate translation. The theoretical frameworks of Makarova and Kashper are used as a basis to outline effective approaches to term translation. Keywords: Term, translation, method, problem, equivalent, calque, ttransliteration. Kirish: Tarjima faoliyati til vositalarining oddiy almashtirilishidan iborat bo‘lmay, balki ma’no, kontekst, madaniy va mantiqiy moslikni ta’minlashga qaratilgan murakkab jarayondir. Xususan, terminlar tarjimasi ushbu jarayonning eng nozik va mas’uliyatli qirralaridan biri hisoblanadi. Chunki, terminlar muayyan soha, ilmiy yo‘nalish yoki texnik tizim doirasida aniq tushunchani ifodalovchi birliklar bo‘lib, ularni tarjima qilishda aniqlik, izchillik va ilmiy asoslanganlik talab etiladi. Bugungi globallashuv sharoitida tillararo ilmiy-texnik axborot almashinuvi jadallashgani sari, xorijiy tillardan o‘zlashayotgan terminlar soni ortmoqda. Bu esa tarjimon oldiga ikki yoqlama vazifani qo‘yadi: birinchidan, xorijiy atamani to‘g‘ri tushunish, ikkinchidan, uni tarjima tilida maqbul, tushunarli va to‘g‘ri muqobil bilan ifoda etish. Aynan shu nuqtai nazardan, terminlarning tarjimasiga doir usullar, muammolar va samarali yechimlar masalasi bugungi tarjimashunoslikda dolzarb mavzulardan biri sifatida e’tirof etiladi. 3 12 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Adabiy tahlillar: Zamonaviy fan va texnikaning jadal rivojlanishi natijasida yangi terminlar doimiy ravishda paydo bo‘lmoqda yoki boshqa tillardan o‘zlashmoqda. Ushbu jarayon o‘z navbatida terminlarni tarjima qilishda turli yondashuv va tamoyillarni hisobga olishni talab etadi. Tarjimashunoslikda termin tarjimasiga doir maxsus tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda mavjud muammolar va yechimlar, shuningdek, tarjimon e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar belgilab berilgan. Terminlarni tarjima qilishda birinchi navbatda ularning asliyatdagi ma’nosini to‘g‘ri anglash va aniq ifodalash talab etiladi. Har qanday termin o‘ziga xos ilmiy yoki texnik kontekstda ishlatiladi va u tarjima tilida ham ayni mazmunni to‘liq ifodalovchi muqobil bilan berilishi lozim. Tarjimon ushbu terminning semantik yukini, ya’ni u anglatayotgan aniq tushunchani puxta bilishi kerak. Bu esa, o‘z navbatida, terminologik bilim va sohaga xos bilimlarning mavjud bo‘lishini talab qiladi. Ayrim hollarda asliyatdagi terminga tarjima tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muqobil topilmasligi mumkin. Bunday vaziyatda sinonim yoki yaqin ma’nodagi muqobil variantlar qo‘llanilishi mumkin. Biroq bu usul faqat istisno holatlarda qo‘llanilishi tavsiya etiladi, chunki sinonimlar terminologik qat’iylikni buzishi va noaniqlikka olib kelishi mumkin. Termin tarjimasining muhim xususiyatlaridan biri ularning ko‘pchilik hollarda birgina, aniq ma’noni anglatuvchi birliklar bo‘lishidir. Ya’ni, ular monosemantik bo‘lib, ko‘p ma’nolilik terminlar tabiatiga xos emas. Shu sababli, tarjimada noto‘g‘ri konnotatsiyadan qochish, terminni kontekstga mos holatda to‘g‘ri talqin qilish talab etiladi. Terminlarni tushunishda yuzaga keladigan muammolardan yana biri ularning xorijiy voqelikni ifodalashidir. Bunday terminlar ko‘pincha baynalmilal xususiyatga ega bo‘ladi va turli tillarda o‘xshash shakllarda uchraydi. Shuning uchun ularni tushunish odatda qiyin emas. Biroq tarjimon ularni tarjima tilida qanday usulda ifodalashni aniqlashda ehtiyotkor bo‘lishi zarur. Bu holatda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: So‘zma-so‘z tarjima, Izohli (tushuntiruvchi) tarjima, Qisman yoki to‘liq transliteratsiya, Transliteratsiya va tarjimaning birgalikdagi qo‘llanilishi. Har bir termin holatida tarjima usuli individual tarzda tanlanadi, ya’ni asliyatdagi terminning kontekstdagi vazifasi va ma’nosi asosida belgilanadi. Eng muhimi tarjimada terminning asl mohiyati buzilmasligi va uni sun’iy milliylashtirishga yo‘l qo‘yilmasligidir. Terminlarni tarjima qilishda nazariy va amaliy tamoyillarga amal qilish bilan bir qatorda, baʼzi noto‘g‘ri yondashuvlardan qatʼiyan qochish zarur. Quyida termin tarjimasida oqlab bo‘lmaydigan holatlar keltiriladi: 1. Terminni tasviriy yo‘l bilan tarjima qilish. Bu usul terminologik aniqlikni buzadi va uning ilmiy mohiyatini xiralashtiradi. Masalan: epigraf – sarnaqsh, prolog – sarahbor, kolorit – nashʼu namo. Ushbu tarjimalar tasvirga asoslangan bo‘lib, ilmiy termin sifatida aniqlikdan yiroqdir. 2. Terminning ma’nosidan kelib chiqib, sharhli-izohli tarzda tarjima qilish. Bu yondashuv terminning ixcham va qatʼiy shaklini buzib, uni ortiqcha izohga aylantiradi. 3 13 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODER

Доказательный фрагмент

«This article explores the problems encountered in term translation, the main methods applied in practice, and the incorrect approaches that should be avoided.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the problems encountered in term translation, the main methods applied in practice, and the incorrect approaches that should be avoided. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Term, translation, method, problem, equivalent, calque, ttransliteration, tasviriy usul., transliteratsiya, kalkalash, ekvivalent, muammo, usul, Termin, tarjima
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники