Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
QO‘QON XONLIGIDA QOG‘OZ ISHLAB CHIQARILISHI TARIXIDAN
Abdullayev Ravshanjon Inomjon o‘g‘li · Yujin Skayler.
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Maqolada Qo‘qon xonligida qog‘oz ishlab chiqarilishi hamda ushbu qog‘ozdan qanday maqsadlarda foydalanilgani haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Qo‘qon xonligi, qo‘qon qog‘ozi, kitobat ishi, xattot, Chorku, muqovasozlik, A.Fedchenko, Yujin Skayler. XIX asrda Qo‘qon xonligi O‘rta Osiyoda qog‘oz ishlab chiqarishning eng yirik va muhim markazlaridan biri bo‘lgan. Garchi xonlik tarixiga oid mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan asarlarda Qo‘qon hududida qog‘oz ishlab chiqarilishi haqida ma’lumotlar kam uchrasa-da, bu sohadagi faoliyatning mavjudligi haqida boshqa manbalarda muhim dalillar bor. Ayniqsa, turli davrlarda Qo‘qon xonligiga tashrif buyurgan elchi, sayyoh va boshqa mutaxassislarning safar kundaliklari hamda yozma eslatmalarida xonlikda qog‘oz ishlab chiqarilganiga oid batafsil va qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu qaydlar Qo‘qon xonligining nafaqat siyosiy va madaniy markaz ekanligini, balki iqtisodiy va hunarmandchilik sohasida ham sezilarli darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi. Rus geograf olimi XIX asr 70-yillarida A.Fedchenko Qo‘qon xonligi bo‘ylab sayohat qilar ekan, uning e’tiborini tortgan jihatlardan biri xonlikdagi qog‘oz ishlab chiqarish jarayoni bo‘ladi. Muallifning qayd etishicha shaharning “Mo‘yi Muborak” darvozasi yaqinida hamda Chorku qishlog‘ida qog‘oz ishlab chiqaruvchi ustaxonalar bo‘lgan24. Yana bir xorijiy muallif Yujin Skayler ham Qo‘qonda bo‘lgan vaqtida bu yerdagi qog‘oz ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishadi va bu jarayon muallifda katta taassurot qoldiradi. Shuningdek, ustaxonalarda qog‘oz tayyorlash jarayoni qanday tartibda amalga oshirilganligi haqida ham ma’lumotlarni qayt etib o‘tadi25. O‘rta Osiyoning asosiy qog‘oz ishlab chiqarish markazi hisoblangan Samarqandda ushbu hunarning tanazzulga uchrashi natijasida Qo‘qon mintaqasi qog‘oz ishlab chiqarishda yetakchi markazga aylana boshlaydi. Samarqanddagi an’anaviy qog‘oz ishlab chiqarish sohasining pasayishi, ayniqsa XVII asrning oxirlarida sezilarli bo‘lib, bu holat Qo‘qon xonligida qog‘oz ishlab chiqarish faoliyatining kengayishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘qonda ishlab 24 Федченко А. Оби джуазъ – писчебумажная фабрика в Кокане // Туркестанский сборник. Том 57. 1878. – С. 414 25 Скайлер Ю. Туркистон: Россия Туркистони, Қўқон, Бухоро ва Ғулжага саёҳат қайдлари / Кириш, инглиз тилидан қисқартирилган таржима, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифи З.Саидбобоев – Тошкент: O‘zbekiston, 2019. – Б. 255. 150 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 chiqarilgan qog‘oz nafaqat mahalliy ehtiyojlarni qondirishda muhim rol o‘ynagan, balki ushbu mahsulot savdogarlar orqali qo‘shni davlatlar va hududlarga ham yetkazib berilgan. Bu esa Qo‘qon xonligining iqtisodiy va madaniy hayotida qog‘oz sanoatining muhim o‘rin egallashini, shuningdek, mintaqalararo savdo aloqalarining rivojlanishiga xizmat qilganligini ko‘rsatadi. Shu tariqa, Qo‘qon qog‘ozi nafaqat mahalliy yozma madaniyatni qo‘llab-quvvatlash, balki mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Qo‘qonlik usta hunarmandlar tomonidan mazkur qog‘ozning o‘ndan ortiq turlari ishlab chiqarilar edi. Bunda albatta talab va ehtiyojlar inobatga olingan. Jumladan ipak qog‘oz, abri bahor, nimkatoniy, mirzoyi qog‘oz, devoniy, rasmiy qog‘oz, jaydari qog‘oz, haftrang, o‘rama qog‘oz kabi turlarda ishlab chiqarilgan26. Qog‘oz eng ko‘p talab etiladigan sohalardan biri kitobat sohasi, ya’ni kitob tayyorlash bilan bog‘liq kasb-hunar hisoblanadi. Kitoblar tayyorlanishda asosiy material sifatida qog‘oz ishlatilganligi sababli, kitob tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar Qo‘qon xonligidagi qog‘oz mahsulotining eng asosiy xaridorlari bo‘lgan. Bundan tashqari, yuqorida qayd etilganidek, Qo‘qon qog‘ozi faqat mahalliy bozor uchun emas, balki qo‘shni davlatlarga ham eksport qilingan. Shu sababli, nafaqat Qo‘qon hududida, balki qo‘shni Xiva xonligi va Buxoro amirligida ham kitoblarni tayyorlashda aynan Qo‘qon qog‘ozidan keng foydalanilgan. Bu holat mintaqalararo madaniy va savdo aloqalarining yuqori darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Bugungi kunda bu haqdagi dalillar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan asarlar orqali ham yaqqol tasdiqlanadi. Ayniqsa, Xiva xonligi va Buxoro amirligida tayyorlangan qadimiy kitoblarda qo‘llangan qog‘ozlar Qo‘qon qog‘ozi ekanligi, uning sifat va xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, ushbu sanoatning mintaqaviy ahamiyatini yoritishda muhim manba hisoblanadi. Qo‘qon, Xiva va Buxoroda tayyorlangan kitoblarni tadqiqot etish davomida yupqa, novvotrang, shildiroq qo‘qon qog‘oziga bitilgan qo‘lyozma kitoblarga ko‘p bora duch kelindi. Ushbu qog‘oz turi nisbatan arzon va xat bitish uchun qulay bo‘lganligi boisidan kitobat ishida ko‘proq foydalanilgan. Qolaversa kitob muqovalarini tayyorlashda ham qog‘ozdan foydalanilar edi. Xonlik poytaxti Qo‘qonda muqovasoz
Доказательный фрагмент
«Maqolada Qo‘qon xonligida qog‘oz ishlab chiqarilishi hamda ushbu qog‘ozdan qanday maqsadlarda foydalanilgani haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Qo‘qon xonligida qog‘oz ishlab chiqarilishi hamda ushbu qog‘ozdan qanday maqsadlarda foydalanilgani haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qog ishlab, qon qog, ishlab chiqarish, qog ozi, qon xonligi, qon xonligida, xonligida qog
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025