К содержанию
РецензированоRU2026

FАRGʼONА VODIYSIDА TEMIR YOʼLLАR QURILISHINI OʼLKА XАLQLАRINING SIYOSIY, IQTISODIY VА IJTIMOIY XАYOTIDАGI OʼZGАRISHLАR

Mashxura Burxanova · Машхура Бурханова

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

В статье рассматривается строительство железных дорог в Ферганской долине с точки зрения изменений в политической, экономической и общественной жизни народов региона. Автор акцентирует внимание на появлении новых городов и поселений на территориях, где проходила железная дорога, возрождении экономической, общественной и социалной жизни на ранее заселенных территориях, освоении новых земель. Ключевые слова и фразы: Экономическая, общественная и культурная жизнь, социальная структура населения, торговые связи, русское население, местное население, зимние сельскохозяйственные продукты CHANGES IN THE POLITICAL, ECONOMIC AND SOCIAL LIFE OF THE PEOPLE OF THE COUNTRY IN CONNECTION WITH THE CONSTRUCTION OF RAILWAYS IN THE FERGANA VALLEY Mashkhura Burkhanova Teacher of Namangan State University mashhura1983@mail.ru 113 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Annotation: The article examines the construction of railways in the Ferghana Valley from the point of view of changes in the political, economic and social life of the peoples of the region. The author focuses on the emergence of new cities and settlements in the territories where the railway passed, the revival of economic, social and cultural life in previously inhabited territories, and the development of new lands. Key words and phrases: Economic, social and cultural life, social structure of the population, trade relations, Russian population, local population, winter agricultural products XIX asrning so‘nggi choragi – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida dastlabki temiryollarning qurilishi o‘lka xalqlarining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim o‘zgarishlarning bujudga kelishiga sabab bo‘ldi. 1881–1899 yillarda Kaspiy dengizi qirg‘oqlaridan Тоshkentgacha bo‘lgan masofada barpo etilgan, o‘lkadagi ilk temiryollar tarmog‘i hisoblangan O‘rta Osiyo temiryo‘li, 1901–1906 yillarda qurilgan Toshkent-Orenburg, 1899–1902 yillarda bunyod etilgan Qoqon-Andijon temiryo‘llari Rossiya imperiyasining siyosiy, harbiystrategik va iqtisodiy manfaatlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, o‘lka iqtisodiyotida qator o‘zgarishlar ro‘y berishiga turtki bo‘ldi. Qolaversa, temiryo‘llarning qurilishi o‘lka xalqlarining ijtimoiy hayotiga ham muayyan darajada ta’sir ko‘rsatdi. Temiryo‘l o‘tgan hududlarda yangi shaharlar aholi punktlarining paydo bo‘lishi, ilgaridan aholi yashagan hududlarda iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotning jonlanishi, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi shular jumlasidandir. Shuningdek Rossiya imperiyasining markaziy rayonlaridan ko‘chib kelgan aholi soni oshib borganligi tufayli temiryo‘l o‘tgan hududlarda aholining ijtimoiy tarkibi o‘zgarishi temiryo‘l qurilishining eng muhim natijalaridan biri hisoblanadi. XIX asrning oxiri – XX аsr boshlarida Turkistonga Rossiya guberniyalaridan ko‘chib kelgan aholi bilan mahalliy xalqlar o‘rtasida etnomadaniy aloqalar vujudga kelishi mahalliy aholini maishiy va madaniy hayoti hamda kundalik turmushida qator o‘zgarishlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. [8, 102-103]. Xususan, bu davrda Turkiston iqtisodiyotida etakchi tarmoq bo‘lgan dehqonchilikda qator o‘zgarishlar vujudga kelganliginin kuzatish mumkin edi. Ма’lumki, Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini zabt etishdan ilgariyoq uning dehqonchilik uchun qulay hududlaridan biri bo‘lgan Farg‘ona vodiysiga alohida ahamiyat qaratgan edi. Bundan tashqari, Farg‘ona vodiysi temiryo‘llar vositasida o‘lkaning muhim shaharlari bilan bir qatorda Rossiya imperiyasi hududi markazi bilan bevosita bog‘langan edi. Bu esa vodiyda etishtiriladigan paxta va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarining qisqa masofada imperiya markaziga etkazib borilishiga imkon yaratgan. Shu sababli dehqonchilik bilan bog‘liq ko‘pgina tajribalar aynan Qo‘qon xonligi o‘rnida tashkil Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan 114 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 edi. XIX asrning oxiri – XX аsr boshlarida Turkistonga asosan Тurkistonda asosan Amerika va Misr paxta navlari sinab ko‘rilgan. Dastlabki sinov harakatlari XIX asrning 60–70-yillaridan boshlangan [10, 13]. М.I. Brodovskiy 1875 yilda o‘zining asarida Turkistonda sifatli paxta yetishtirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanligini ta’kidlab, “Sea – Island”, “New Orleans”, “Upland” navlarini mahalliy sharoitga moslashtirish uchun tajriba haqida fikr yuritgan. [9, 13]. Lekin М.I. Brodovskiydan ilgari 1871 yilda Toshkentlik xususiy tadbirkor Raevskiy tomonidan 45 pud Amerika navi chigiti xohlovchilarga tarqatilgan bo‘lsa, Xo‘jand shahrida yashovchi Fovitskaya va Qo‘qon xoni Xudoyorxon ham vodiyda tajriba uchun ektirgan[3, 143]. Lekin unumdorligi va sifatining yaxshiligiga qaramasdan, hosil Nijniy Novgorod yarmarkasida mahalliy paxta bilan bir-xil narxda sotilgan. Shunday bo‘lsada, yangi navlarning sinovi to‘xtab qolmadi, aksincha, ommaviy tus ola boshlagan. Ekin turlarining n

Доказательный фрагмент

«В статье рассматривается строительство железных дорог в Ферганской долине с точки зрения изменений в политической, экономической и общественной жизни народов региона.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматривается строительство железных дорог в Ферганской долине с точки зрения изменений в политической, экономической и общественной жизни народов региона. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
and phrases: Economic, social and cultural life, social structure of
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники