К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK VA FRANSUZ IRIM SIRIMLARINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI · ФРАНЦУЗСКИХ СУЕВЕРИЙ · Navruzova Mutabar Erkinbayevna · Navruzova Mutabar Erkinbayevna

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek va fransuz irim sirimlarining lingvokulturologik jihatlarini tahlil qilishda til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini tasvirlash, o'zbek va fransuz tillaridagi irim sirimlarining mavzu jihatidan bir-biriga o‘xshash tomonlarini ko‘rib chiqish va ulardagi mentalitet va milliy xarakterning ifodalanishi kabi masalalarga chuqurroq yondashishga harakat qilamiz. В данной статье ставится цель проанализировать лингвокультурологические аспекты узбекских и французских суеверий, раскрывая взаимосвязь языка и культуры. Также рассматриваются тематические и смысловые сходства и различия суеверий в обоих языках, а также то, как в них отражаются национальный менталитет и характер. This article aims to analyze the linguocultural aspects of Uzbek and French superstitions, highlighting the interconnection between language and culture. It also seeks to explore the thematic and semantic similarities and differences between superstitions in both languages, and to examine how national mentality and character are reflected within them. Kalit so‘zlar: Yovuzlik, yaxshilik, lingvokulturologiya,xalq og‘zaki ijodi, lingvokulturologiya, o‘xshashlik, mentalitet,qiyoslash,timsol,psixologik e’tiqod Ключевые слова: зло, добро, лингвокультурология, устное народное творчество, сходство, менталитет, сопоставление, символ, психологическая вера Keywords: evil, goodness, linguoculturology, folklore, similarity, mentality, comparison, symbol, psychological belief. 69 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Bugungi kunda irim-sirimlar ustida qizg‘in izlanishlar olib borilayotgan bir paytda, irim-sirimlarning turli jihatlarini o‘rganish, etnologiya sohasining asosiy vazifalaridan biridir. Irim sirimlarni qiyosiy jihatlarini o‘rganish asnosida ularning lingvokulturologik jihatlariga to‘xtalmay ilojimiz yo‘q. Bu orqali tadqiq etayotgan tillarimizdagi irim sirimlarning bir-biriga o‘xshash va farqli tomonlarini, shu til egasi bo‘lmish xalqning o‘ziga yarasha madaniyati va o‘ziga xos mentalitetini ko‘rsatishga harakat qilamiz. Ushbu maqolada o‘zbek va fransuz irim sirimlarining lingvokulturologik jihatlarini tahlil qilishda til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini tasvirlash, o‘zbek va fransuz tillaridagi irim sirimlarining mavzu jihatidan bir-biriga o‘xshash tomonlarini ko‘rib chiqish va ulardagi mentalitet va milliy xarakterning ifodalanishi kabi masalalarga chuqurroq yondashishiga harakat qilamiz. Til har bir millatning madaniyatini, qadriyatlarini va e’tiqodini, umuman xalqning o‘ziga xos jihatlarini ifodalashda eng muhim omildir. Tilshunos olimlar irim sirimlarni asosan xalq og‘zaki nutqining,madaniy merosning va tillar orqali shakllangan tafakkurning bir qismi sifatida o‘rganadilar. Ular irim-sirimlarni nafaqat mazmuniy jihatdan,balki til birliklari (so‘zlashuv shakli,leksika,semantika,frazeologiya)asosida ham tahlil qiladilar. Tilshunos olimlar irim-sirimlarni asosan xalq og‘zaki nutqining, madaniy merosning va tillar orqali shakllangan kollektiv tafakkurning bir qismi sifatida o‘rganadilar. Quyida tilshunoslarning irim-sirimlarga bo‘lgan yondashuvlari haqida asosiy fikrlar keltiriladi: 1. Irimlar – og‘zaki nutq madaniyatining bir shakli Ko‘plab tilshunoslar (masalan, O‘zbekistondagi folklorshunos va tilshunos olimlar) irimlarni xalq og‘zaki ijodining kichik janriga mansub deb hisoblaydi. Irim- sirimlar: qisqa,lo‘nda, ramziy ma’no yuklagan, ko‘p hollarda formula shaklida bo‘ladi: “Qora mushuk yo‘l kesib o‘tsa – yomonlik”, “Tunda tirnoq olma – balo keladi” va h.k. Bu jihatlari bilan ular maqollar, matallar, aforizmlar bilan bir qatorda tahlil qilinadi. 2. Tilshunoslar uchun irimlar – semantik va frazeologik qadriyatlar manbai Tilshunoslar irimlarda ishlatiladigan so‘zlar, iboralar, metaforalar orqali xalq dunyoqarashi, qadimiy tasavvurlari, diniy yoki mifologik qarashlarini o‘rganadilar. Misol:“Qora mushuk” – yovuzlik timsoli.“Tunda oynaga qarama” – sehrli narsalarning ishonchli belgisi sifatida qaralgan. Bu orqali tilshunoslar tilning madaniy semantik qatlamini tahlil qiladilar. 3. Irimlar – ijtimoiy-lisoniy hodisa sifatida 70 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Ba'zi tilshunoslar (masalan, sotsiolingvistlar) irimlarni jamiyatda qanday qo‘llanilishi, kimlar orasida saqlanib qolganligi, qaysi hududlarda faol ishlatilishini ham tahlil qiladilar. Masalan: Qishloq joylarda irimlar ko‘proq ishlatilsa,shahar muhitida ular folklor yoki hazil ohangida uchrashi mumkin. Tilda mavjud bo‘lgan leksema o‘sha xalqning turmush tarzidan ya’ni xalq tilidan kelib chiqqan bo‘lib, bu bevosita irimlarda ishtirok etadi va ular orqali xalqning madaniyati aks etadi. Fransuzcha: “ Le trèfle ” irimini o‘zbek tiliga tarjima qilsak – Naysimon barg (To‘rtbargli bedana bargi) G‘arb dunyosida, qadim zamonlardan beri to‘rtbargli beda omad timsoli hisoblanadi. U sevgini, omadni, baxt

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek va fransuz irim sirimlarining lingvokulturologik jihatlarini tahlil qilishda til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini tasvirlash, o'zbek va fransuz tillaridagi irim sirimlarining mavzu jihatidan…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek va fransuz irim sirimlarining lingvokulturologik jihatlarini tahlil qilishda til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini tasvirlash, o'zbek va fransuz tillaridagi irim sirimlarining mavzu jihatidan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
evil, goodness, linguoculturology, folklore, similarity, mentality
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники