Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KVALIMETRIYA PEDAGOGIK FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASH VOSITASI SIFATIDA
VOSITASI SIFATIDA · A’zamova Mashhuraxon Nodirxon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada kvalimetriya tushunchasi, uning pedagogik faoliyat samaradorligini baholashdagi o‘rni va amaliy ahamiyati yoritilgan. Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar doirasida o‘qituvchilar mehnatini, ta’lim jarayonining natijadorligini aniq, ob’yektiv va tizimli baholash ehtiyoji ortib bormoqda. Mazkur maqolada kvalimetriya vositasida o‘qituvchilik faoliyatining turli jihatlarini (metodik yondashuv, dars sifati, o‘quvchilarning natijalari va h.k.) baholash mexanizmlari va tamoyillari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: pedagogika, kvalimetriya, baholash, reyting, ta’lim sifati, ko‘rsatkichlar, mezonlar, kvalimetrik metodlar, statistika, tahlil. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ta’lim islohotlari ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy baholash mezonlarini joriy etish va pedagogik faoliyatni tizimli tahlil qilishni talab qilmoqda. O‘zbekiston-2030 rivojlanish strategiyasi, shuningdek, Prezidentning PQ–4310-sonli qarorida belgilangan vazifalar pedagogik jarayonni samarali tashkil etish va baholash mexanizmlarini yangilash zaruratini ko‘rsatmoqda. Bu jarayonda kvalimetriya fanining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Kvalimetriya — bu faoliyat natijalarini raqamli ifoda etish, obyektiv ko‘rsatkichlar asosida baholash, taqqoslash va takomillashtirish imkonini beradigan fan bo‘lib, ayniqsa pedagogik faoliyat samaradorligini tahlil qilishda muhim vositaga aylanmoqda. Ushbu maqolada aynan kvalimetriyaning pedagogik baholashdagi o‘rni, uning zamonaviy talablarga muvofiqligi, ta’lim sifati monitoringi bilan bog‘liqligi hamda uni amaliyotda qo‘llash yo‘llari keng tahlil qilinadiKvalimetriya-tabiatdagi barcha obyektlarni va jamiyatda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar, ishlab chiqarish sohasida yaratilgan mahsulotlarning sifatini miqdoriy baholash muammolari va metodologiyasini o‘rganuvchi ilmiy fan. Kvalimetriya-(lotincha quails-sifat, qadimiy yunoncha metros- o‘lchov) mdegan ma’noni anglatib, obyekt, mahsulot, jaraѐnlar sifatini miqdoriy baholash metodlarini o‘zida mujassamlashtirgan, turli metod va vositalar yordamida erishilgan natijani belgilovchi fan tarmog‘i. Kvalimetriya fan sifatida o‘rganilishi va baholanishi lozim bo‘lgan obyektning sifatini belgilovchi hajm, birlik, shkala, talablar yordamida mazkur obyektning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini aniqlashni belgilangan va qabul qilingan o‘lchov jaraѐnini amalga oshirish nazariyasi asosida o‘rganadi. Kvalimetriya yuqorida qayd etilgan har bir guruhning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini yaxlitlikda o‘rganadi va baholashning umumiy tartibini ishlab chiqadi. Obyekt va mahsulotlarning sifatini tashxislash va miqdoriy baholash eramizdan avvalgi XV-asrda yo‘lgan qo‘yilgan bo‘lib, dastlab hunarmandlar o‘z mahsulotlari sifatini belgilaydigan ko‘rsatkichlarni aniqlagan va sifat belgilarini qo‘ya boshlaganlar. Shu tariqa sifat ko‘rsatkichlariga asoslangan tovarshunoslik vujudga kelgan va 1549-yili Italiyadagi Paduan universitetida dastlabki tovarshunoslik kafedrasi tashkil etilgan. XIX-XX- asrning boshlarida AQSH va Yevropa mamlakatlarida obyekt va mahsulotlarni ballar vositasida baholash va standartlashtirish yo‘lga qo‘yildi. 302 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Shu tariqa boshqa mamlakatlarda ham sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va amaliyotga qo‘llash borasida muayan ishlar amalga oshirila boshlandi. Bu harakatlar kvalimetriyaning ilmiy fan sifatida maydonga chiqishigam va tadqiqot ko‘lami kengayishiga turtki bo‘ldi. Kvalimetriyaning uchta: nazariy (umumiy), maxsus, va amaliy tarmoqlari mavjud. Nazariy kvalimetriyada aniq obyekt loyihalanadi (abstraksiyalanadi) va uning sifat ko‘rsatkichlarining umumiy qonuniyatlari va matematik modellari o‘rganiladi. Nazariy kvalimetriyaning tadqiqot obyekti jism, ishlab chiqarish mahsulotlari, obyekt va subyektlarning sifatini miqdoriy baholashning falsafiy va metodologik asoslarini ishlab chiqish sanaladi. Nazariy kvalimetriyaning amaliy sohalarida turli obyekt va mjarayonlarning sifatini baholash metodikasi va nazariy asoslari umumiy xususiyatga ega. Maxsus kvalimetriya turli xildagi va har xil maqsadda foydalaniladigan aniq obyektning sifatini baholashning aniq metodikasi va matematik modelini ishlab chiqadi. Maxsus kvalimetriyaning ekspert, ehtimollik- statistik, indeksli, kvalimetrik taksonomiya kabi turlari mavjud. Amaliy kvalimetriya-texnika, ishlab chiqarish, inson mehnati faoliyati, turli loyiha va jaraѐnlarning sifatini baholashni ishlab chiqadigan soha sanaladi. Amaliy kvalimetriyaning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘lanib, texnik kvalimetriya, ijtimoiy kvalimetriya, pedagogik kvalimetriya, tibbiy kvalimetriya, geologik kvalimetriya va hakoza tarmoqlari mavjud. Bozor iqtisodiyoti davrida mahsulot (buyum, xizmatlar, jarayonlar)ning raqobatbardoshligi hal qiluvchi ahamiyatga ega yoki bu buyum, xizmatlar, jarayonlarga ehtiyoj bo‘lishi uchun muayyan xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirish, maqsadga muvofiq bo‘lish, belgilangan vazifalarni bekamu-ko‘st
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kvalimetriya tushunchasi, uning pedagogik faoliyat samaradorligini baholashdagi o‘rni va amaliy ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kvalimetriya tushunchasi, uning pedagogik faoliyat samaradorligini baholashdagi o‘rni va amaliy ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mezonlar, tahlil., kvalimetriya, ko‘rsatkichlar, ta’lim sifati, baholash, pedagogika, reyting, kvalimetrik metodlar, statistika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025