К содержанию
РецензированоUZ2026

INVESTITSION RISKLARNI ANIQLASH VA BARTARAF ETISHDA NAZORAT TIZIMINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

TIZIMINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI · Hamidov Behzod Nemat o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 21-017 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada investitsion risklarning mohiyati, ularning turlari hamda bu xavflarni aniqlash va kamaytirishda zamonaviy nazorat tizimlarining o‘rni tahlil qilinadi. Muallif sun’iy intellekt, raqamli monitoring, risk-reyting tizimlari va ERP/CRM kabi texnologiyalar asosida ishlovchi nazorat mexanizmlarining samaradorligini ochib beradi. Xalqaro tajriba, jumladan, OECD mamlakatlari, Xitoy va O‘zbekiston amaliyoti misolida ilg‘or yondashuvlar o‘rganiladi. Maqolada investitsion xavflarni real vaqt rejimida aniqlash, baholash va oldini olishda kompleks yondashuvlar zarurligi asoslab berilgan. Xulosa sifatida, innovatsion nazorat texnologiyalarini keng joriy etish investitsiya muhitining barqarorligini va sarmoyadorlar ishonchini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Kalit soʻzlar: investitsion risklar, nazorat tizimi, raqamli monitoring, sun’iy intellekt, risk- reyting, ERP tizimi, investitsion xavf, xalqaro tajriba, sarmoyaviy muhit, investitsiya loyihasi boshqaruvi, real vaqt nazorati, ESG mezonlari, investitsion xavfsizlik, blokcheyn texnologiyasi. Kirish. Globallashuv jarayonlari va iqtisodiyotning raqobatbardoshligi ortib borayotgan hozirgi davrda investitsiyalarning rolini oshirish har bir davlatning ustuvor maqsadiga aylangan. Investitsiyalar nafaqat iqtisodiy o‘sish omili, balki texnologik yangilanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va milliy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash vositasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, har qanday investitsion faoliyat o‘ziga xos noaniqliklar va tavakkalchiliklar bilan bog‘liq bo‘lib, ular noto‘g‘ri boshqaruv yoki yetarli nazoratning yo‘qligi sababli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. XXI asr iqtisodiyoti keskin o‘zgaruvchanligi, siyosiy noaniqliklar va texnologik innovatsiyalarning tez rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Bunday muhitda investitsiya faoliyati murakkab va yuqori tavakkalchilik darajasiga ega jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Investitsiyalar iqtisodiy o‘sish, zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi, ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishi va ijtimoiy barqarorlik uchun zarur bo‘lsa-da, ular bilan bog‘liq xavf va risklarni nazorat qilish ushbu jarayonning ajralmas qismidir. Aynan shu nuqtada investitsion risklarni boshqarishda nazorat tizimlarining zamonaviy yondashuvlari dolzarb ahamiyat kasb etadi. 1-jadval Investitsion risklarning nazariy asoslari va turlari 18 Moliyaviy risklar Bozor risklari Huquqiy va siyosiy risklar Texnologik risklar Ekologik va ijtimoiy risklar Manba: Muallif ishlanmasi. Investitsion risklar – bu sarmoya kiritish natijasida kutilgan daromadga erisha olmaslik ehtimoli bilan bog‘liq salbiy holatlar yig‘indisidir. Bunday risklar investitsion qarorlarning samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi hamda sarmoyaviy muhit barqarorligining muhim indikatoridir. Investitsion faoliyatda uchraydigan xavflar turli omillarga bog‘liq bo‘lib, ularni tizimlashtirish orqali risklarni baholash va ularni boshqarish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Investitsion risklar odatda bir nechta asosiy guruhlarga ajratiladi. Moliyaviy risklar sarmoya kiritilgan aktivlarning qiymatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bilan bog‘liq bo‘lib, ular orasida kredit stavkalarining o‘zgarishi, valyuta kursining tebranishi va likvidlik muammolari asosiy o‘rinni egallaydi. Bozor risklari esa talab va taklifdagi o‘zgarishlar, raqobatchilar faoliyati, iste’molchilarning ehtiyojlari va xatti-harakatlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Bular investitsiya natijalarining bozordagi real holatga mos kelmasligiga olib keladi. Shuningdek, huquqiy va siyosiy risklar qonunchilikdagi beqarorlik, tartibga soluvchi organlar faoliyatidagi o‘zgarishlar va siyosiy barqarorlik darajasi bilan belgilanadi. Texnologik risklar esa, asosan, ishlab chiqarish jarayonlarining texnik jihatdan eskirganligi, innovatsion yechimlarga moslashuvdagi qiyinchiliklar va texnologik nosozliklar bilan bog‘liq. Ekologik va ijtimoiy risklar esa, ESG (Environmental, Social, Governance) mezonlariga tayanib, atrof- muhitga salbiy ta’sirlar, mahalliy aholi noroziligi va ijtimoiy qarama-qarshiliklar orqali namoyon bo‘ladi. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda bunday risklarni aniqlash va bartaraf etishda klassik yondashuvlar o‘rnini raqamli texnologiyalarga asoslangan tizimlashtirilgan va prediktiv nazorat uslublari egallamoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt va katta hajmdagi ma’lumotlar asosida ishlovchi algoritmlar real vaqt rejimida xavflarni aniqlash imkonini bermoqda. Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari yordamida investitsion loyihalarning xavf darajasi avtomatlashtirilgan tahlil orqali aniqlanadi. Bu uslub tarixiy ma’lumotlar va amaldagi ko‘rsatkichlarga tayanib, xavf indikatorlarini prognozlash imkonini beradi. Kreditga layoqatlilikni baholash, loyihalarning bozor istiqbolini aniqlash, ishlab chiqarish uzilishlarini oldindan ko‘rish kabi holatlar SI tizimlari orqali ancha aniq va tez tahlil qilinadi. 19 Shu bilan birga, blokcheyn texnologiyasi investitsiya shartnomalarini yuritishda shaffoflikni ta’minlay

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada investitsion risklarning mohiyati, ularning turlari hamda bu xavflarni aniqlash va kamaytirishda zamonaviy nazorat tizimlarining o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada investitsion risklarning mohiyati, ularning turlari hamda bu xavflarni aniqlash va kamaytirishda zamonaviy nazorat tizimlarining o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ERP tizimi, investitsiya loyihasi boshqaruvi, blokcheyn texnologiyasi., investitsion xavf, ESG mezonlari, nazorat tizimi, risk-reyting, real vaqt nazorati, sun’iy intellekt, raqamli monitoring, investitsion xavfsizlik, investitsion risklar, xalqaro tajriba, sarmoyaviy muhit
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники