К содержанию
РецензированоRU2026

XORAZM DOSTONLARI TILIDA UCHRAYDIGAN REAL VA NOREAL SHAXS NOMLARI

Nabijonova Madinabonu Ulug‘bek Qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

данная статья содержит размышления о лексико-семантических аспектах личных имен, встречающихся в текстах хорезмских эпосов. Также в статье рассматриваются имена людей языком наших былин, разделяя их на имена реальных людей, живших в истории, и имена вымышленные, придуманные для повествования о событиях. Kalit so‘zlar: shaxs nomi, kishi ismi, antroponim, real nom, noreal nom, to‘qima nom... Key words: person's name, person's name, anthroponym, real name, non-real name, tissue name... Ключевые слова: имя человека, имя человека, антропоним, настоящее имя, ненастоящее имя, название ткани... O‘zbek nomshunosligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlarda real va noreal obyektlarni ifodalovchi nomlar (atoqli otlar) haqida quyidagicha ta’riflar va sharhlar berilgan. 1. Realionim (nemischa “real ”, “real” va lotincha “realis” – narsaga oid haqiqiy) obyektiv olamda haqiqatdan mavjud narsa, hodisa va obyektlar nomi. 2. Real nom – realionim. 3. Real shaxs nomi – hayotda haqiqatda yashayotgan yoki yashab o‘tgan shaxsning atoqli oti1. Ushbu ma’lumotlar E. Begmatov va N.Uluqovlar tomonidan nashr etilgan “O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati” Namangan-2006 kitobidan olindi. Ammo shu va shunga o‘xshash ilmiy adabiyotlarda noreal obyektlarni ifodalovchi nomlar xususida yetarlicha sharhlar va ma’lumotlar keltirilmagan. Masalan, yuqorida tilga olingan manbaning 20-betida “afsonaviy nomlar” haqida shunday ma’lumotlar beriladi: “ moddiy olamda real mavjud emas, ammo hayolan mavjud deb hisoblanuvchi obyektlar (hayvonlar, narsa va hodislar, shaxslar) atoqli oti” 2. Shundan so‘ng “afsonaviy toponimlar”, “afsonaviy shaxs(lar) nomi” kabi atamalar sharhlangan bo‘lsa, 47-betda “mifik nom”, “mifonim”, “mifologik obrazlar nomi”, “mifotoponim” va boshqa atamalar sharhlangan. Biroq “mif” so‘zi “afsona” so‘ziga mos kelishini esga olgan 1 Begmatov E. Uluqov N. O’zbek onomastik terminlarining izohli lug’ati. Namangan. 2006. 20-bet. 2 Begmatov E. Uluqov N. Keltirilgan manba. 20-bet. 27 holda, yuqoridagi atamalar sharhiga diqqatni qaratsak, “afsonaviy nom” bilan “mifonim” atamasi mantiqan bir narsa yoki tushunchani anglatishi mumkin. Ammo nashrda mifik nomlar sharhida: “mifonim” – yunoncha “mifog” – afsona, ertak; + “onoma” – atoqli ot) afsonalar, epopeyalar, ertaklarda uchraydigan atoqli otlar”3 deya ta’rif berilgan. Bu sharhdan kelib chiqadigan bo‘lsak, afsona, ertak, dostonlarda uchraydigan har qanday nom “mifik” nom atamasi ostiga birlashaveradimi? Axir, afsona va rivoyatlar, doston va epopeyalarda uchraydigan nomlar orasida real ob’yekt va hodisalarni ifodalovchi atoqli otlar ham mavjud. Ularni ham “mifik nom” lar toifasiga kiritsak, mantiqiylik va atamalar sharhidagi izchinlikka, bizningcha, putur yetadi. Shu sababdan, ushbu hodisani o‘rganar ekanmiz, Xorazm dostonlari leksikasida atoqli otlarni, biz, real va noreal obyektlarni ifodalovchi nomlar deb atash to‘g‘riroq degan fikrga keldik. Ilmiy adbiyotlardagi nomutanosiblikni biz o‘zimizning ilmiy xulosalarimizga tayangan holda, yoritishga harakat qilish niyatidamiz. Folklor onomastikasi juda kam o‘rganilgan sohalardan ekanligi haqida yuqoridagi boblarda fikr bildirgan edik. Shularga qo‘shimcha ravishda yana shuni aytishni joiz deb hisobladik. Tadqiqotchilar Do‘smurod Abdurahmonov va Habibulla Bektemirovlarning “O‘zbek xalq dostonlari onomastikasi” deb nomlangan maqolasida “O‘zbek xalq dostonlari leksikasidagi atoqli otlar miqdor jihatdan eng kam sonli so‘zlardir”4, – deb keltirishlari bejiz emas. Chunki, alohida olingan bir dostondagi atoqli otlarni hisoblaydigan bo‘lsak juda kam miqdor kelib chiqadi. Yuqorida tilga olib o‘tgan mualliflar ishida keltirilishi bo‘yicha o‘n ikkita dostondan 470 ta nom aniqlangan5. Bu miqdor dostonlar orasida takror qo‘llanilgan nomlarni ham qo‘shib hisoblagan holatda yuzaga kelgan. Agar takror qo‘llanayotgan nomni hisobga kiritmaganda bu miqdor yana- da kamayishi aniq va ravshan ko‘rinib turibdi. Vaholanki, nechta nom qo‘llangan degan savolga takrorlarni hisobga olmagan holda javob berish mumkin. Agar har bir dostondagi atoqli otlarning miqdorini, dostonlarda qo‘llaniladigan an’anaviy nomlar, ya’ni, Olloh va uning sifatlarini ifodalovchi nomlar, payg‘ambarlar va diniy martabaga ega bo‘lgan mashhur shayx va avliyolar nomlarini, mumtoz adabiyotga mansub talmehlarni hisobga olmagan holda faqat ma’lum dostondagina mansub nomlar bilan chegaralangan holda belgilaydigan bo‘lsak 10-15 tadan oshmasligi ham mumkin. Ayrim dostonlarda esa bundan ham kam bo‘lishi mumkin. Masalan, “Oshiqnoma” turkum dostonlari tarkibida nashr qilingan “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostonida (ikkinchi kitob 12- 139 betlar; to‘rtinchi kitob 10-31 betlar) keltirilgan atoqli otlarni hisoblash jarayonida hammasi bo‘lib oltmishga yaqin nom qo‘llangani ma’lum bo‘ladi. Shundan o‘n to‘rtta nomgina zikr etilgan dostonning o‘ziga tegishli bo‘lib, qolgan nomlar, Xorazm dostonlarida qo‘llanib kelinayotgan an’anaviy takrorlanadigan atoqli otlardir. Agar bu nomlarni badiiy asa

Доказательный фрагмент

«данная статья содержит размышления о лексико-семантических аспектах личных имен, встречающихся в текстах хорезмских эпосов.»

Образец извлечения

Демо-превью

данная статья содержит размышления о лексико-семантических аспектах личных имен, встречающихся в текстах хорезмских эпосов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
person's name, person's name, anthroponym, real name, non-real name, tissue, kishi ismi, real nom, shaxs nomi, antroponim, noreal nom, to‘qima nom...
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники