Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK HARBIY TA’LIM O‘QITUVCHILARINING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR
Jamshid Xoliyorovich Nazarov
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 24 · 66–75 · 2026
Аннотация
This article analyzes the key factors influencing the improvement of methods for developing the creative abilities of future military education instructors. It examines methodological approaches, personal and psychological preparation, modern information and communication technologies, the socio-organizational environment, and the adaptation of foreign experience to national contexts. Special attention is given to recent reforms and innovations in Uzbekistan’s military education system aimed at enhancing the creative potential of educators. The findings aim to provide a scientific and practical foundation for fostering the creative capacities of military educators and improving the effectiveness of the educational process. Key words: Future military education instructors, creative abilities, pedagogical methodology, military pedagogy, information and communication technologies, socio- organizational environment, methodological innovations, military education in Uzbekistan, personal and psychological preparation, foreign experience. Bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bugungi kun harbiy-pedagogik jarayonining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki kreativlik murakkab, noaniq va tezkor o‘zgaruvchi sharoitlarda samarali qaror qabul qilish, yangi pedagogik yondashuvlar ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, metodik yondashuvlarni yangilash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va harbiy o‘qituvchilarning shaxsiy-psixologik tayyorgarligini oshirish muhimdir. Interaktiv va situatsion metodlar, masalan, stsenariy asosida treninglar, muammoli vaziyatlarni yechish (problem-based learning), case-study tahlillari harbiy sharoitdagi real vaziyatlarni chuqurroq anglashga imkon berib, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. James C. Kaufman va Ronald A. Beghetto tomonidan ishlab chiqilgan «To‘rt C modeli» pedagoglarning kreativ qobiliyatlarini shaxsiy va professional rivojlanish nuqtai nazaridan tahlil qilishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Shaxsiy psixologik omillar, jumladan kreativ moslashuvchanlik, stressga chidamlilik va yuqori motivatsiya harbiy o‘qituvchilarning ijodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. 33 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va simulyatsion platformalar harbiy ta’lim jarayonida kreativlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. UNESCOning «ICT Competency Framework for Teachers» hujjatida ta’limda raqamli vositalardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlangan. Virtual realilik, interaktiv simulyatsiyalar, o‘yin texnologiyalari bo‘lajak o‘qituvchilarga real harbiy vaziyatlarni modellashtirish va ijodiy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi. Harbiy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ijtimoiy-tashkiliy muhit, mentorlik tizimi, professional rivojlanish dasturlari va ijodiy guruhlarning faoliyati esa pedagoglarning kreativ salohiyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. NATO va boshqa xorijiy harbiy ta’lim markazlarida qo‘llanilayotgan «adaptive leadership labs», «critical incident training» kabi innovatsion metodlar harbiy pedagoglarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishda samaradorlikni oshiradi. O‘zbekiston harbiy ta’lim tizimida ham so‘nggi yillarda kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan qator ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Milliy mudofaa va xavfsizlik sohasi mutaxassislari uchun tashkil etilgan zamonaviy tayyorgarlik dasturlari, pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari o‘quv jarayonida interaktiv metodlarni keng joriy qilishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va oliy harbiy ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etilgan treninglar, seminarlar va simulyatsion mashg‘ulotlar orqali bo‘lajak harbiy o‘qituvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. Milliy harbiy ta’limda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, o‘quv jarayonida o‘yin elementlari va interaktiv metodlardan foydalanish pedagoglarning kreativligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda harbiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni milliy sharoitga moslashtirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda. AQSh West Point akademiyasi, Janubiy Koreya Milliy Mudofaa Universiteti hamda NATO o‘quv markazlarining zamonaviy metodologiyalari tahlil qilinib, mamlakatimiz harbiy ta’lim tizimiga integratsiya qilinmoqda. Bu esa pedagoglarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini oshirish, ularni murakkab harbiy-siyosiy vaziyatlarda samarali yetakchilik qilishga tayyorlash imkonini yaratadi. Natijada, metodik yondashuvlarni takomillashtirish, shaxsiy-psixologik tayyorgarlikni oshirish, texnologik imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda ijtimoiy-tashkiliy qo‘llab- quvvatlash tizimini kuchaytirish orqali bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreati
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the key factors influencing the improvement of methods for developing the creative abilities of future military education instructors.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the key factors influencing the improvement of methods for developing the creative abilities of future military education instructors. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Future military education instructors, creative abilities, pedagogical, ijtimoiy-tashkiliy muhit, shaxsiy-psixologik tayyorgarlik, xorijiy tajriba., harbiy pedagogika, O‘zbekiston harbiy ta’limi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilari, metodik innovatsiyalar, pedagogik metodika, kreativ qobiliyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025