Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
SPORT PSIXOLOGIYASI FANINING METODLARI
Nurulloyev Toxir Nutfulloyevich
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada sportchilarning psixologik holatlarini o‘rganish va korreksiyalashning mashg‘ulotlarga ta’siri, hamda natijadorligi haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: jismoniy madaniyat, psixika, murabbiy, ob’ektiv, sub’ektiv, emotsional holat, ruhiy holat, metod. Murabbiylar va jismoniy madaniyat o‘qituvchilari pedagogik va murabbiylik faoliyati jarayonida hamda psixologik tadqiqotlar o‘tkazishda Sport psixologiyasi fanining asosiy uslublaridan amaliy foydalanish imkoniga ega bo‘lish uchun ularni o‘zlashtirishlari zarur. Psixologik uslublar o‘quvchi va talabalarning ruhiy hayotini xolis tahlil etuvchi tadqiqotlar olib borishni talab qiladi. Bunda turlituman uslublar, shu jumladan, psixik hodisalarni har tomonlama tadqiq va tahlil etishni ta’minlovchi boshqa fanlarning uslublaridan ham foydalanish mumkin. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi uchun psixikani tadqiq etish uslublari, eng avvalo, talaba ruhiyatini samaraliroq shakllantirish maqsadida uning shaxsini, individual psixologik xususiyatlarini o‘rganish usullari sifatida qaraladi. Psixologiya fanida barcha psixik jarayonlarda, holatlar va shaxsning individual xususiyatlari qanday uslublar yordami bilan o‘rganilgan bo‘lsa, sport psixologiyasi fanida ham xuddi o‘sha uslublardan foydalaniladi. Sportchini ob’ektiv ravishda tekshirish jarayonida sportchi faoliyatining turli jihatlarini qayd qilib borish va uning paydo bo‘lishi, kechishi, ifodalanishi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plashga imkon beradi. Jumladan, turli xil muammolarning paydo bo‘lishi, uni hal qilish imkoniyatlari to‘g‘risida o‘ylash (gepotiza yaratish), qiyinchiliklardan chekinmasdan maqsadga erishish yo‘llari va usullarini tanlash, jahon birinchiligi va olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish rejalarini tuzish, sportchilarni o‘rganishda kuzatish, suhbat, tajriba o‘tkazish, sportchi faoliyat mahsulini tahlil qilish, test kabi uslublar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Sportchini chuqurroq, yanada ko‘proq o‘rganish uchun o‘rni bilan quyidagi uslublardan foydalanish mumkin: Kuzatish uslubi. Bu uslub sport musobaqasi va mashg‘ulotlari jarayonida sportchi ruhiy sifatlarini kuzatib borish bilan birga, sportchi psixikasini xarakterlovchi zaruriy materiallarni ko‘proq yig‘ishdan iborat. Psixologiya fanida kuzatish uslubi: ob’ektiv (tashqi) hamda sub’ektiv (ichki) kuzatishdan iborat ikki qismga ajratilib o‘rganiladi. Kuzatish davomida quyidagi jarayonlar o‘rganiladi: 1) umumiy maqsad va vazifalarni belgilash; 2) kuzatish ob’ektini tanlash; 3) sportchining qaysi tomonlarini kuzatish haqida maqsad va vazifalarni belgilash; 4) sportchining mashq va musobaqa jarayonida qaysi tomonlarini kuzatish ob’ektini tanlash; 5) kuzatish sub’ekti (sinaluvchi sportchi)ni aniqlash; 6) kuzatish muddati (vaqti)ni belgilash; 7) sportchini izchil va muntazam kuzatishga erishish, ya’ni har xil faoliyat turlarida, jumladan, musobaqada, mashq jarayonida, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnatga bo‘lgan munosabatini kuzatish; 8) individual yoki sport guruhlarini yoppasiga kuzatish; 22 ` 9) kuzatish mahsulini qayd etib borishda kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, videokamera va magnitofon vositalaridan foydalanish. Sportchi qanchalik aqlli, zakovatli, yetuk bo‘lsa, sport mashg‘uloti va musobaqa jarayonida muvaffaqiyatga erishish holati shunchalik yengil kechadi. Sportchi o‘zining individual jismoniy xususiyatlarini o‘zgartirish asosida mantiqiy jihatdan ham jismoniy jihatdan ham ruhiy rivojlanish imkoniyatiga ega. Sportchining bilish jarayoni, individual xususiyatlari, hissiyotlarini o‘rganish yo‘li o‘z-o‘zini ichki va tashqi kuzatish orqali amalga oshiriladi. Shu boisdan, kuzatishning har ikkala yo‘lini inobatga olgan holda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilsa, u taqdirda kutilgan ijobiy natijalarni qo‘lga kiritish mumkin. Ko‘pincha tajribali psixolog, o‘qituvchi, pedagog va murabbiylar o‘z-o‘zini kuzatish orqali to‘plagan ma’lumotlarga asoslangan holda o‘zgalar fikr yuritishini tahlil qilish bilan chegaralanmasdan, sportchining tashqi (ob’ektiv) va ichki (sub’ektiv) harakatlari, xulq-avtori haqida ham ilmiy xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, sportchini kuzatish orqali undagi emotsional o‘zgarishlarni aniqlashdan tashqari, sportchining musobaqadagi xavfli vaziyatlarda aql-zakovatining ichki mexanizmlari vujudga kelishi va kechishi yuzasidan ma’lumotlar olinadi. Natijada sportchining musobaqaga jismoniy va psixologik tayyorgarlik holati qay tarzda, qay tezlikda, qay shaklda ro‘y berishi kuzatiladi. Yosh sportchilarning jismoniy harakat va o‘yin faoliyatini kuzatish orqali harakatning, obrazli tafakkurning rivojlanishiga harakatli va syujetli o‘yin turlarining ta’siri kuchli ekanligini, shuningdek, sport bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchining sport turlari bo‘yicha mustaqil fikr yuritishi, g‘alaba, hayajon, ehtiros kabi aqliy his-tuyg‘ularining pay-do bo‘lishi uning sport haqidagi tafakkurining o‘sishiga ta’siri juda yaqqol aniqlanadi. Tajribalarimizning ko‘rsatishicha, kuzatish yordamida sport bilan shug‘
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sportchilarning psixologik holatlarini o‘rganish va korreksiyalashning mashg‘ulotlarga ta’siri, hamda natijadorligi haqida so‘z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sportchilarning psixologik holatlarini o‘rganish va korreksiyalashning mashg‘ulotlarga ta’siri, hamda natijadorligi haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- emotsional holat, murabbiy, ob’ektiv, sub’ektiv, psixika, jismoniy madaniyat, metod., ruhiy holat
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021