Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
MEDIA VA AXBOROT SAVODXONLIGI TUSHUNCHASI MAZMUNI
Nurulloyev Toxir Nutfulloyevich
Наука и технология в современном мире · 1979
Аннотация
Ushbu maqolada insonning axborotni izlash, qabul qilish, tahlil qilish, baholash va mas’uliyat bilan tarqatish qobiliyati, zamonaviy jamiyatda shaxsning axborot oqimida yo‘nalish topishi va media muhitda ongli ishtirok etishi va turli axborot manbalari, xususan, televidenie, internet, ijtimoiy tarmoqlar, gazetalar va boshqa ommaviy axborot vositalarining mazmunini tanqidiy baholash va tushunish qobiliyatlari, hamda ma’lumotlarni qidirish, ishlatish, tahlil qilish va ularning haqqoniyligini aniqlashga oid bilim va ko‘nikmalarni qamrab olish to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: axborot, media, interfaollik, internet, kommunikatsiya, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, «Axborot» atamasi ko‘plab tavsifga ega bo‘lib, u ma’lumotlar, tadqiqot jarayonida olingan bilimlar, tajriba yoki tahsil olish, shuningdek, signal yoki belgilarni anglatishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, axborot— bu to‘plangan, qayta ishlangan va izohlangan, foydalanish uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etiladigan ma’lumotlardir. Axborotning yana bir boshqacha tavsifi — «tushunishga oson shaklda berilgan bilimlar»dir. O‘tmishda mazkur tushuncha ortida odamlar tomonidan bir-biriga og‘zaki, yozma va boshqa usulda beriladigan ma’lumotlar tushunilgan. Keng ma’noda axborot ta’rifi kibernetika fanida keltirilgan. Uning asoschisi Norbert Vinerning yozishicha, «Axborot — bu biz unga va uning bizning hissiyotlarimizga moslashuvchi, tashqi dunyodan olingan mazmun tavsifidir» . Axborot tushunchasiga juda ko‘p olimlar tomonidan turlicha ta’riflar berilgan: Axborot — «bizni o‘zgartiradigan» tushuncha (Stafford Beer, 1979). Axborot — bu «insonning ongiga yetib boradigan va uning bilimini oshiradigan» tushuncha. «Axborot — bu uni oladiganlar uchun ma’noga ega shaklga keltirilgan va joriy yoki keyingi harakatlar yoki qarorlar uchun haqiqiy yoxud potensial qiymatga ega ma’lumotlar». Boshqa tomondan, «axborot» atamasi axborot berish, axborotni uzatish va uni tarqatish ma’nosida ham qo‘llaniladi. Ayrim tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, axborot deb oldindan ma’lum bo‘lmagan biror narsa haqidagi xabar yoki ma’lumotlar tushuniladi. Axborot muhim unsur bo‘lib, usiz nafaqat alohida insonni, balki jamiyatni ham tasavvur qilib bo‘lmaydi. Masala, uning sifati, mazmuni, ohangi va yo‘naltirilganligidadir. Shu bois axborot chegaralangan, qalbakilashtirilgan, tezkor, dolzarb va h.k. bo‘lishi mumkin. Media va boshqa axborot manbalari tomonidan taqdim etilayotgan axborotdan to‘g‘ri foydalanish, insonlarning o‘zida axborotga bo‘lgan ehtiyojini anglashi, ma’lumotni topish va unga egalik qilish hamda sifatini baholash imkonini beradi. Aksariyat hollarda iste’molchi u yoki bu maqsadga erishish uchun nimani bilishi zarurligini anglaydi va o‘z qidiruv ishini ma’lum bir natijaga qaratadi. Masalan, inflyatsiya sharoitida har bir fuqaroni narx-navoning o‘sishi qiziqtiradi. Abiturient oliy ta’lim muassasasiga kirish qoidalariga oid barcha ma’lumotni o‘rganadi. Tadbirkor va moliyachini, birinchi navbatda, birjadagi narx kotirovkasi qiziqtiradi. Insonga u yoki bu axborot kanaliga murojaat qilish maqsadi tushunarli. Tanlov xabarning to‘laligi, manbaning ishonchliligi yoki qiziqarligi va hokazolar asosida amalga oshiriladi. Ammo bu yerda ham manbaning ishonchliligini chuqur o‘rganish lozim. Masalan, o‘zini adabiy tanqidchi deb tanishtirgan 26 ` shaxsning yangi adabiyot bo‘yicha tavsiyalari, avvalo, muayyan maqsadda berilgan bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda axborot materiallarining, kontent va resurslarning haddan tashqari keng va turli-tuman to‘plami mavjud, ayniqsa Internetda, ularning aniqligi, ishonchliligi va qiymati turlicha. Bundan tashqari, bu ma’lumotlar turli shakllarda (matn, tasvir, statistik ma’lumotlar, elektron yoki bosma shaklda) mavjud bo‘lib, ularni onlayn baza, portal, virtual va real kutubxona, hujjatlar to‘plami, ma’lumotlar bazasi, arxivlar, muzeylar va boshqalar orqali olish mumkin. Ammo ushbu axborotning sifati muhim omil sanalib, u «juda yaxshi» dan «juda yomon»gacha farqlanishi mumkin. Demak, axborotni saralash asosida uning iste’molchiga xatto, o‘zi tushunmagan holatda ham qadrliligi yotadi. Axborot manbasini baholashda, avvalo, inson axborotni nima maqsadda olayotganini aniqlash zarur. Mazkur jarayon ishonchli axborot manbalarini aniqlashga yordam beradi. Masalan, quyidagi savollarga javob topishga harakat qilish joiz: konkret holat uchun axborotning qanday manbai yoki qanday turdagi manba eng ishonchli hisoblanadi, qanday manbalarning xolis, betaraf, yashirin ma’nosi bo‘lmagan va sifat nazoratidan o‘tgan bo‘lish ehtimoli ko‘proq? Qaysi manbalar haqqoniy, xolis bo‘la oladi? Axborot manbasi, odatda, ijtimoiy ahamiyatga molik ( ya’ni, keng ommaga qiziq va kerak bo‘lgan) axborotga ega bo‘lgan shaxs yoki tashuvchidir. Axborot manbalari an’anaviy (rasmiy manbalar, ya’ni hujjatlar, ommaviy axborot vositalari materiallari, hukumat qarorlari, hayotning o‘zi va hokazo) va noan’anaviy («ishonch telefonlari», ijtimoiy sog‘lomlashtirish markazlari, ikkilamchi xo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada insonning axborotni izlash, qabul qilish, tahlil qilish, baholash va mas’uliyat bilan tarqatish qobiliyati, zamonaviy jamiyatda shaxsning axborot oqimida yo‘nalish topishi va media muhitda ongli ishtiro…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada insonning axborotni izlash, qabul qilish, tahlil qilish, baholash va mas’uliyat bilan tarqatish qobiliyati, zamonaviy jamiyatda shaxsning axborot oqimida yo‘nalish topishi va media muhitda ongli ishtiro… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kommunikatsiya, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot, interfaollik, media
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021