К содержанию
РецензированоRU2026

“FLIPPED CLASSROOM“ TEXNOLOGIYASI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KOGNITIV FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

Ismailova Nozima Umaraliyevna

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается вопрос о том, что познавательная деятельность неразрывно связана с такими психическими процессами, как восприятие, мышление, память, внимание и воображение, рассматривается как внутренний ресурс, повышающий эффективность обучения и воспитания, для управления этим процессом необходима дидактическая среда, эмоциональная безопасность и методики, обеспечивающие субъективное участие учащегося. Ключевые слова: когнитивная активность, рефлексивный подход, метакогнитивные навыки, аутогенные задачи, эмоциональность, мобильность, богатство воображения Annotation: This article talks about the fact that cognitive activity is inextricably linked with psychic processes such as perception, thinking, memory, attention and imagination, as well as the calculation of an internal resource that increases the effectiveness of education, the need for a didactic environment, emotional security and methodologies that provide subjective participation of the student to control this process. Keywords: cognitive activity, reflective approach, metacognitive skills, autogenic assignments, emotionality, mobility, wealth of imagination. “Kognitiv faollik” tushunchasi shaxs taraqqiyotining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, u nafaqat bilim olishga, balki bilimni anglab o‘zlashtirish, tahlil qilish, muammoni mustaqil hal etish va refleksiya qilish qobiliyatlariga asoslanadi. Pedagogik va psixologik adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, kognitiv faollik idrok, tafakkur, xotira, e’tibor va tasavvur singari psixik jarayonlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiruvchi ichki resurs hisoblanadi. Bu jarayonni boshqarish uchun didaktik muhit, emotsional xavfsizlik va o‘quvchining subyektiv ishtirokini ta’minlovchi metodikalar zarur. Kognitiv faollik o‘quv faoliyatining asosiy samaradorlik omilidir, chunki u o‘quvchining intellektual, emotsional va motivatsion salohiyatlarini uyg‘un holda faollashtiradi. O‘quv jarayonida bilimlarni tayyor qabul qilishdan ko‘ra, o‘quvchining bilimni izlab topishi, muhokama qilishi, savol qo‘yishi, taxmin qilishi va xulosa chiqarishi – ta’limda chuqur o‘zlashtirishga olib keladi. Bu esa kognitiv faollikni o‘stirishga xizmat qiladigan texnologiyalar, metodlar va psixologik usullarning zarurligini belgilaydi. Xorijiy va mahalliy tadqiqotlar kognitiv faollikni rivojlantirishda faol o‘rganish texnologiyalari, reflektiv yondashuv va o‘z-o‘zini baholash metodlarining ustuvorligini 34 ` ta’kidlaydi. AQSh, Finlandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya tajribasida “bilimni izlash orqali o‘zlashtirish”, “problemani anglash orqali fikrlash” tamoyillari asosida o‘quvchining faol ishtirokiga tayaniladi. Mahalliy olimlar (T.Yo‘ldoshev, N.Jo‘rayev, M.Zokirova, F.Abdug‘opirova, M.Tashibekova) esa kognitiv faollikni tarbiyalashda kompetensiyaviy yondashuvning, emotsional qo‘llab-quvvatlash va didaktik moslashtirishning muhimligini asoslaganlar. “O‘qish savodxonligi” fanida Flipped classroom texnologiyasidan foydalanish o‘quvchining axborotni mustaqil qabul qilish, uni ongli qayta ishlash va dars davomida tahliliy, reflektiv faoliyatga kirishish salohiyatini rivojlantiradi. Mazkur texnologiya boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini an’anaviy passiv qabul qiluvchi emas, balki bilim ishlab chiqaruvchi faol ishtirokchiga aylantirishga xizmat qiladi. Darsga tayyorgarlik uy sharoitida multimedia materiallar, hikoyalar, videodarsliklar orqali mustaqil amalga oshiriladi. Darsda esa muhokama, munozara, tahlil va fikr almashish faoliyatlari orqali bilim chuqurlashtiriladi. Autogen xususiyatli topshiriqlar o‘quvchining ruhiy holatini muvozanatlashtirgan holda, e’tibor, idrok, refleksiya va metakognitiv ko‘nikmalarni uyg‘unlashtiradi. Bu esa kognitiv faollikning tashqi va ichki omillarini birgalikda faollashtirishga xizmat qiladi. Tajriba-sinov ishlari shuni ko‘rsatdiki, autogen mashqlar – nafaqat ruhiy-relaksatsiya vositasi, balki o‘quvchini fikrlashga tayyorlovchi, ichki motivatsiyani uyg‘otuvchi kuchli didaktik mexanizmdir. “Nafas va tinchlik”, “Ichki ko‘zgu”, “Kayfiyat doirasi” kabi topshiriqlar o‘quvchining emotsional barqarorligini tiklab, uni tafakkurga yo‘naltiradi. Bu topshiriqlar orqali bola o‘z ichki nutqini, tasavvurini, idrokini va reflektiv bahosini shakllantira boshlaydi. Kognitiv faollikni rivojlantirishda “Flipped classroom” texnologiyasi, autogen topshiriqlar tizimi va fanlararo integratsiyalashgan metodik yondashuvlar uyg‘unligi asosida faoliyatga yo‘naltirilgan kompleks pedagogik muhitni shakllantirish mumkin. Bu yondashuvning samaradorligi uning komponentlarining o‘zaro uyg‘unligida namoyon bo‘ladi: autogen topshiriqlar orqali ruhiy tayyorgarlik, Flipped texnologiya orqali kognitiv sathda mustaqil axborotni qabul qilish, integratsiyalashgan darslar orqali bilish faoliyatini kontekstual va hayotga yaqinlashtirish. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchisining yosh xususiyatlari – emotsionallik, harakatchanlik, tasavvurga boylik – bilan mazkur tizimlar uyg‘unlashganda, o‘quvchi o‘zini

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается вопрос о том, что познавательная деятельность неразрывно связана с такими психическими процессами, как восприятие, мышление, память, внимание и воображение, рассматривается как внутренн…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается вопрос о том, что познавательная деятельность неразрывно связана с такими психическими процессами, как восприятие, мышление, память, внимание и воображение, рассматривается как внутренн… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
cognitive activity, reflective approach, metacognitive skills, autogenic, metakognitiv ko‘nikmalar, harakatchanlik, emotsionallik, tasavvurga boylik, kognitiv faollik, reflektiv yondashuv, autogen topshiriqlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5