К содержанию
РецензированоUZ2026

DEHQONCHILIK UCHUN YAROQSIZ BO‘LGAN HUDUDLARDA INNOVASION USLUBDA EKSPORTBOP QULUPNAY YETISHTIRISHNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Toshpo‘latova Nozimaxon Rustamovna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada dehqonchilik uchun yaroqsiz bo‘lgan hududlardan samarali foydalanish orqali eksportbop qulupnay yetishtirish tizimini innovasion usullar asosida tashkil etish masalalari yoritilgan. Asosiy e’tibor, agrotexnik va agrosanoat innovatsiyalarini tadbiq etish, muqobil (gidroponika, vertikal ferma, konteynerli issiqxonalar) texnologiyalarni joriy etish orqali resurslardan oqilona foydalanishga, hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Maqolada shuningdek, zamonaviy irrigatsiya tizimlari, quyosh energiyasidan foydalanish, mahalliy va xorijiy bozorlarga yo‘naltirilgan mahsulot sifati va logistika masalalari ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari innovasion yondashuvlar asosida qiyin iqlim va tuproq sharoitida ham yuqori hosildorlikka erishish imkoniyatlarini ochib beradi. Kalit so‘zlar: qulupnay yetishtirish, innovasion texnologiyalar, eksportbop mahsulot, dehqonchilikka yaroqsiz yerlar, vertikal ferma, gidroponika, issiqxona texnologiyasi, agroinnovatsiya, resurslardan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi eksporti. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan moliyalashtirilgan startap loyiha doirasida “YUQORI NUQTA 0775” MCHJ tomonidan loyiha rahbari Toshpo‘latova Nozimaxon Rustamovna boshchiligida Farg‘ona viloyati Furqat tumani Bekobod qishlog‘ida innovasion uslubda eksportbop qulupnay yetishtirilmoqda. Respublikamizda bugungi kunda yurtimizning deyarli barcha hududlarida sho‘rlangan va suv yetib bormaydigan yer maydonlari mavjud bo‘lib, ushbu yer maydonlari hosil olishga yaroqsizdir. Ammo mazkur loyiha orqali zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘z holatini uzoq vaqt saqlab turadigan eksportbop qulupnay meva mahsulotlarini yetishtirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu qulupnay mevalari unumdorligi past bo‘lgan yer maydonlarida 51 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si gidroponika usulida yetishtirildi. Buning natijasida esa qulupnay ko‘chatlari oddiy yer maydoniga qaraganda 2 barobar ko‘p ekildi va umumiy hosildorligi 4 barobargacha ko‘p bo‘lishi ta’minlandi. Qulupnay mevalari ekin ekilmaydigan cho‘l va sho‘rlangan yer maydonlarida yuqori sifatli qilib yetishtirildi. Qulupnay mevalari 2 qavatli, har qavatida 2 yo‘lakdan bo‘lgan stellajda kokos substratiga ekildi. Kokos substrati qulupnay ko‘chatining tezroq rivojlanishiga va mineral o‘g‘itlar tejalishiga katta yordam berdi. Innovasionligi: Qulupnay mevalari tomchilab sug‘orilishi orqali meva mahsuloti hosilining 3-4 marotaba oshishi ta’minlanadi va sifati ham jahon bozori standartlarining talablariga javob beradigan holatda bo‘ladi. Tomchilab sug‘orishni va qulupnay mevalarining namlik darajasini bir xil me’yorda saqlab turish uchun smart avtomatik sug‘orish texnologiyalaridan foydalanildi. Erishilgan natija: Qulupnay mevasi hech qanday ortiqcha kimyoviy dorilaridan foydalanilmasdan tabiiy usulda xalqimiz dasturxoniga yetkazib berildi. Jumladan: - Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o‘z holatini uzoq vaqt saqlab turadigan eksportbop qulupnay meva mahsulotlari yetishtirildi. - Ushbu qulupnay mevalari unumdorligi past bo‘lgan yer maydonlarida gidroponika usulida yetishtirildi. Buning natijasida esa qulupnay ko‘chatlari oddiy yer maydoniga qaraganda 2 barobar ko‘p ekiladi va umumiy hosildorligi 4 barobargacha ko‘p bo‘ldi. 52 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si - Tomchilab sug‘orishni va qulupnay mevalarining namlik darajasini bir xil me’yorda saqlab turish uchun smart avtomatik sug‘orish texnologiyalaridan foydalanildi. Ushbu loyiha mobaynida qulupnay mevasi qish oylarida ham uzluksiz hosil berishini ta’minlandi. Tadqiqot va tahlil: Loyiha davomida olingan mahsulotlarning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Iqtisodiy potensiali: endilikda qulupnay mevalari tomchilab sug‘orilishi orqali meva mahsuloti hosilining 3-4 marotaba oshishi ta’minlanadi va sifati ham jahon bozori standartlarining talablariga javob beradigan holatda bo‘ladi. Foto (mahsulot/xizmat) Xulosa Xulosa qilib aytganda, dehqonchilikka yaroqsiz hisoblangan hududlarda innovasion usullar orqali eksportbop qulupnay yetishtirish — nafaqat mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish, balki mamlakat agroiqtisodiy salohiyatini oshirishning muhim omillaridan biridir. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy texnologiyalar, jumladan, gidroponika, vertikal ferma va energiya tejamkor issiqxona tizimlari yordamida ekologik jihatdan toza, eksportga yo‘naltirilgan qulupnay yetishtirish mumkin. Bu esa bandlikni oshirish, valyuta tushumlarini ko‘paytirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi. Kelgusida ushbu tajribani keng hududlarga tatbiq etish va davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash choralarini kuchaytirish dolzarb hisoblanadi.

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada dehqonchilik uchun yaroqsiz bo‘lgan hududlardan samarali foydalanish orqali eksportbop qulupnay yetishtirish tizimini innovasion usullar asosida tashkil etish masalalari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada dehqonchilik uchun yaroqsiz bo‘lgan hududlardan samarali foydalanish orqali eksportbop qulupnay yetishtirish tizimini innovasion usullar asosida tashkil etish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
agroinnovatsiya, eksportbop mahsulot, issiqxona texnologiyasi, qishloq xo‘jaligi eksporti., innovasion texnologiyalar, resurslardan samarali foydalanish, dehqonchilikka yaroqsiz yerlar, qulupnay yetishtirish, gidroponika, vertikal ferma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники