Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KOREYA TA’LIM TIZIMIDA KOGNITIV FAOLLIKNI RIVOJLANTIRUVCHI DASTURLAR MAZMUNI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · DASTURLAR MAZMUNI (in-academy.uz/index.php/si) · Ismoilova Nozimaxon Umaraliyevna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 52 · 129—145 · 2026
Аннотация
This article discusses programs aimed at developing students' cognitive activity in the Korean education system, their content, and their importance in the education system. It is also emphasized that these programs serve to improve the quality of education and ensure the future success of students. Keywords: cognitive activity, interactive learning, use of technologies, online platforms, simulations, projects. Kognitiv faollik – bu o'quvchilarning bilim olish jarayonida faol ishtirok etishidir. Bu jarayon o'z ichiga muammolarni hal qilish, tahlil qilish, baholash va kreativ fikrlashni oladi. Koreyada ta'lim tizimi yuqori sifatli va innovatsion yondashuvlarga asoslangan. O'quvchilarni kognitiv faollikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, o'qituvchilar tomonidan faol ravishda qo'llaniladi. Kognitiv faollikni rivojlantiruvchi dasturlar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 1. Interaktiv o'qitish. 2. Texnologiyalardan foydalanish Onlayn platformalar: O'quvchilar uchun interaktiv darslar va o'yinlar, masalan, matematik o'yinlar yoki til o'rganish dasturlari. Simulyatsiyalar: Hayotiy vaziyatlarni simulyatsiya qilish orqali o'quvchilar real hayotdagi muammolarni hal qilishni o'rganadilar. 3. Loyihalar: O'quvchilarga o'z loyihalarini yaratish imkonini berish, bu orqali ularning ijodkorligini va muammolarni hal qilish qobiliyatini oshiradi. Fikrlash o'yinlari: O'quvchilarni murakkab vaziyatlarga duchor qilib, ularni tahlil qilish va yechim topishga undaydi. Kognitiv faollikni rivojlantiruvchi dasturlar o'quvchilarning: - Muammolarni hal qilish qobiliyatini oshiradi. - Tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. - Ijodkorlik va innovatsion fikrlashni rag'batlantiradi. 55 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Koreya Respublikasi matematika fanidagi yutuqlari bilan dunyoda tan olingan kam sonli davlatlardan biridir. Xalqaro baholash dasturlari, jumladan, TIMSS (Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar yo‘nalishlari) 1999 va 2003-yilgi sikllari hamda PISA (Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi) 2000 va 2003-yilgi natijalari koreyalik o‘quvchilarning, ayniqsa matematika bo‘yicha, dunyo bo‘yicha eng yuqori darajadagi bilimga ega ekanligini ko‘rsatdi1. Ushbu natijalar xalqaro miqyosda Janubiy Koreya ta’lim tizimiga, xususan matematik jihatdan iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga oid metodikalarga bo‘lgan qiziqishni sezilarli darajada oshirdi. Baholash dasturlarida ishtirok etgan koreyalik o‘quvchilar orasida boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari, shuningdek, matematik sohada alohida qobiliyat namoyon qilgan iste’dodli o‘quvchilar ham bo‘lgan. Ushbu yondashuvlar doirasida Janubiy Koreyada matematik qobiliyati yuqori bo‘lgan bolalar uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar alohida e’tiborga loyiq. Bu maktablarda o‘quvchilarning kognitiv faolligini chuqur rivojlantirish, abstrakt fikrlash va analitik tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirishga ustuvor ahamiyat beriladi. Dars jarayonlari odatdagi ta’limdan farqli ravishda yuqori murakkablik darajasiga ega bo‘lgan topshiriqlar, tadqiqot elementlari va ilg‘or matematik tushunchalarni o‘z ichiga oladi2. Bu maktablarda qo‘llaniladigan yondashuvlar boshlang‘ich sinf bosqichidan boshlab o‘quvchilarning matematik tafakkurini erta aniqlash va sistematik ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi. Metodik yondashuvlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, muammoni hal qilish ko‘nikmalarini, ilmiy izlanishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantiradi. Bu esa ularning kognitiv faolligini doimiy yuqori darajada ushlab turishni ta’minlaydi. Janubiy Koreya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yuqori natijalarga erishish uchun nafaqat iste’dodni erta aniqlash, balki unga moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish ham zarur. Bu model boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv rivojlanishini rag‘batlantirishda muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda yuqori texnologik markaz (xab) tashkil etishga qaratilgan uch yillik strategik dastur bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu dastur doirasida “tayanch” yo‘nalishlar sifatida quyidagi ustuvor sohalarda hamkorlik ko‘zda tutilgan: avtomobilsozlikni rivojlantirish; O‘zbekistonda mintaqadagi birinchi to‘laqonli ilmiy-ishlab chiqarish yarimo‘tkazgichlar klasterini yaratish; “aqlli” qishloq xo‘jaligini joriy etish; infratuzilmani modernizatsiya qilish; “yashil energetika” sohasidagi loyihalarni ilgari surish va boshqa yo‘nalishlar3. Sammit doirasida yigirmadan ortiq hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Xususan, Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) hamda Sonnam sanoat majmuasi korporatsiyasi (Seong Nam Industrial Complex Corporation) o‘rtasida o‘zaro anglashuv 1 College Board. Advanced Placement report to the nation 2006. N. Y., 2006. 2 Welcome to Korean Minjok Leadership Academy, 2007. Электронная версия: ht
Доказательный фрагмент
«This article discusses programs aimed at developing students' cognitive activity in the Korean education system, their content, and their importance in the education system.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses programs aimed at developing students' cognitive activity in the Korean education system, their content, and their importance in the education system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cognitive activity, interactive learning, use of technologies, online platforms, texnologiyalardan foydalanish, interaktiv o'qitish, loyihalar., kognitiv faollik, onlayn platformalar, simulyatsiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025