К содержанию
РецензированоUZ2021

MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING XAVFSIZLIK SIYOSATI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Olimjonov Oyatbek Bunyodjon o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/si)

Молодые ученые · 2021

Аннотация

ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik siyosatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tahlil qilinadi. Xususan, Afg‘onistondagi siyosiy beqarorlik, Tolibon harakatining hokimiyatga kelishi, migratsion bosim va ISHID-K terroristik guruhining tahdidlari mintaqa uchun muhim xavf manbalari sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, Rossiyaning ODKB orqali mintaqaviy xavfsizlikka aralashuvi, harbiy bazalar, iqtisodiy ta’sir vositalari va geosiyosiy manfaatlari asosida mintaqadagi ta’sir kuchi yoritilgan. Kalit so‘zlar: Markaziy Osiyo, xavfsizlik siyosati, Afg‘oniston, Tolibon, ISHID-K, ODKB, Rossiya, geosiyosiy ta’sir, qochqinlar, harbiy hamkorlik. Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik siyosati mintaqaning ichki va tashqi xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishga, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligini himoya qilishga, hamda xalqaro barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan. Ushbu siyosat mintaqaviy va global xavfsizlik muammolarini hisobga olgan holda rivojlanib, ko'p qirrali yo'nalishlarda amalga oshiriladi. Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik tizimi uchun Afg‘onistonning o‘zi bir munozarali masaladir. Ushbu davlat terrorizm va ekstramizm, narko-biznes o‘chog‘I sifatida ko‘plab muammolar tug‘dirishi bilan birga noqonuniy migratsiya va qochqinlar borasida ham uzoq vaqt davomida mintaqa davlatlariga qiyinchilik tug'dirdi. Xususan, 2021-yilda Tolibon hokimiyatni egallashi bilan minglab afg‘on qochqinlari Tojikistonga o‘tishga harakat qilishdi. Shu yilning iyul-avgust oylarida Tojikistonga taxminan 2000 dan 3000 gacha afg‘on qochqinlari kirgan. Afg‘onistonlik qochqinlarning Tojikiston tomon talpinishlariga asosiy sabab - mintaqadagi Afg‘oniston bilan eng uzun chegaraga(1300 km) ega ushbu davlat bu aynan Tojikistondir. Bundan tashqari O‘zbekiston ham ta'sirdan chetda qolmadi. 2021 yil avgustida, Afg‘onistonning Tolibon qo‘liga o‘tishi bilan bir nechta yuzlab afg‘on qochqinlari O‘zbekiston orqali chiqishga harakat qildi. O‘zbekiston bu davrda ko‘plab qochqinlarni vaqtincha qabul qilgan. Avgust oyida, O‘zbekiston orqali 1,500 ga yaqin afg‘on harbiylari va ularning oilalari kirgan va O‘zbekiston tomonidan qabul qilingan. O‘zbekiston rasmiylari BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qochqinlarni qayta joylashtirishga yordam berishgan. Biroq, hozirgi kunda ‘‘Afg‘on migratsion hujumi’’ sezilarli kamaygan va bu ortiq Markaziy Osiyo uchun uncha katta muommo hisoblanmaydi. Lekin, Afg‘onistondagi ISHIDning Huroson filiali (ISHID-K) ekstremistik mafkuralarni mintaqadagi mamlakatlarga tarqatishda yoki mamlakat sharqidagi qo‘shni davlatlarning chegara xavfsizligiga putur yetkazish borasida ko‘plab muammolar tug‘dirishi mumkin. Hozirgi kunda ushbu tashkilot Tolibon bilan ham kurashni davom ettirmoqda. Lekin, bu guruh hozirgi davrda ilgarigidek kuchli emas, biroq o'z 21 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si mafkuralari bilan qo‘shni mamlakatlarni qo‘rqita oladi. Tolibonning hokimiyatga kelishi esa Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston uchun jiddiy xavfsizlik tahdidlarini yaratdi. Afg‘onistonning beqarorligi terrorizm va radikalizmning Markaziy Osiyoga tarqalish xavfini oshiradi. Shu sababli ham Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash uchun Tolibon bilan diplomatik aloqalarni saqlab, chegara xavfsizligini kuchaytirdi. Afg‘onistonning qo‘shni davlatlari Tolibon bilan o‘zaro munosabatlarni saqlab qolishga va dialog yo‘li bilan beqarorlik tahdidini boshqarishga harakat qilmoqdalar. O‘zbekiston Tolibon bilan ochiq diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan birinchi davlatlardan bo‘lib, mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni maqsad qilgan. O‘zbekiston va Tolibon o‘rtasidagi muloqot Tolibonning Afg‘onistonni boshqarishda xalqaro tan olinishida muhim rol o'ynamoqda. Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo davlatlari Tolibon bilan muvozanatli siyosat yuritishga, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, xavfsizlik tahdidlarini boshqarishda ham ushbu davlatga diqqatni qaratmog‘i lozim. Tolibon hukumatining xalqaro e’tirofi hanuz noaniq bo‘lib qolmoqda, biroq Markaziy Osiyo davlatlari pragmatik yondashuv orqali ushbu hukumat bilan muloqotni davom ettirishga harakat qilmoqda. Markaziy Osiyoning xavfsizlik siyosatida tashqi ta’sirlar ham asosiy o‘rin egallaydi. Ayniqsa, Rossiyaning Markaziy Osiyoga ta’siri bu borada muhokamaga arzigulik masaladir. Rossiyaning Markaziy Osiyo xavfsizlik tizimiga ta’siri va tahdidlari geosiyosiy, iqtisodiy, harbiy va strategik omillar bilan bog‘liq bo‘lib, bu mintaqada Rossiyaning muhim o‘rni va ta’sir doirasini belgilaydi. Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan uzoq tarixiy va siyosiy aloqalarga ega bo‘lib, mintaqadagi xavfsizlik masalalarida muhim rol o‘ynaydi. Xususan, geosiyosiy ta’sirga to‘xtalsak, Markaziy Osiyodagi ba’zi davlatlar, jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tas

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik siyosatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik siyosatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB), Xavfsizlik tizimi, qochqinlar muammosi, geosiyosiy ta’sir, narkotrafik, Tolibon, diniy ta’lim, radikallashuv, terrоrizm va ekstremizm, kiberxavfsizlik., onlayn radikllashuv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники