К содержанию
РецензированоUZ2026

RIVOJLANGAN DAVLATLAR TA’LIM TIZIMIDA KOGNITIV FAOLLIKNI OSHIRISHGA QARATILGAN DASTURLAR MAZMUNI (AQSH VA SINGAPUR MISOLIDA)

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ismoilova Nozimaxon Umaraliyevna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 213–225 · 2026

Аннотация

This article discusses the content of programs aimed at early identification of individual potential of students at the primary education stage, development of their intellectual abilities and stimulation of cognitive activity in the educational systems of the USA and Singapore. Keywords: concept of giftedness, cognitive activity, individual approach, “mastery learning”, independent learning, self-directed learning, student-centered model Rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan Web 2.0 servislari, o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish, ularni interaktiv, ijodiy va mustaqil o‘quv faoliyatiga jalb qilishda kuchli vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu servislar yordamida ona tili darslarining mazmuni multimodal, uslubi interaktiv, muhiti motivatsion, jarayoni esa kognitiv faol bo‘lishi ta’minlanadi. Iqtidorli bolalarga individual yondashuv zarurati AQSh ta’lim tizimida ayniqsa 1970- yillar boshida jiddiy muhokama qilina boshlandi. Bunga turtki bo‘lgan asosiy omillardan biri — SSSRning 1960-yillar boshlarida va o‘rtalarida erishgan yuksak ilmiy-texnikaviy, ayniqsa kosmik sohadagi yutuqlari bo‘ldi. Ushbu muvaffaqiyatlar AQSh rahbariyatini ta’lim tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish va raqobatbardoshlikni ta’minlashga majbur qildi. Natijada, bir qator yetakchi amerikalik olimlar ta’limni modernizatsiya qilishga qaratilgan turli ilmiy- nazariy konsepsiyalarni ilgari surdilar. Shular ichida S.Marland, J.Renzulli, J.Gilford kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan “iqtidorlilik konsepsiyasi” alohida e’tibor qozondi. Mazkur yondashuv, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning individual salohiyatini erta aniqlash, ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va kognitiv faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan edi. Bunday yondashuvlar asosida maktabgacha va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkur doirasini kengaytirish, ularning muammoli vaziyatlarga nisbatan mustaqil fikrlash, izlanishga kirishish va bilimlarni chuqur anglab olishga bo‘lgan ichki ehtiyojini rivojlantirish ustuvor maqsad sifatida belgilandi. Shunday 36 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo qilib, AQShda iqtidorli bolalar bilan ishlash konsepsiyasi nafaqat maxsus sinf yoki muassasalarda, balki umumta’lim maktablarining boshlang‘ich bosqichida ham qo‘llanila boshlandi. Bu esa, kognitiv faollikni rivojlantirishni butun ta’lim tizimi uchun ustuvor yo‘nalish sifatida qarashga imkon berdi. 1972-yilga kelib AQSh Davlat departamentiga taqdim etilgan rasmiy hisobotda psixologlar iste’dodli bolalar umumiy ta’lim maktablarida ko‘pincha salbiy psixologik muhitga duch kelishlarini, o‘z tengdoshlari orasida ajralib turadigan aqliy darajasi sababli ijtimoiy izolyatsiyaga uchrashlarini yoki o‘z salohiyatlarini to‘laqonli namoyon eta olmasliklarini qayd etdilar. Ta’lim tizimining “o‘rtacha” o‘quvchiga moslashtirilganligi, standartlashtirilgan va “konveyer”ga asoslangan yondashuvlar kognitiv faollik darajasi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarning intellektual o‘sishiga jiddiy to‘siq bo‘lgan. Biroq, iqtidorli bolalar ta’limi sohasida olib borilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish jarayoni AQShda deyarli 15 yillik tanaffus bilan kechdi. Bunga sabab, bir tomondan, o‘qituvchilarning iste’dodli bolalar o‘z yo‘lini o‘zi topadi degan noto‘g‘ri qarashlari, ikkinchi tomondan esa, ko‘plab hududlarda pedagogik va psixologik tayyorgarlikning yetarli darajada emasligi bo‘ldi. Ayniqsa, boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchilarning kognitiv jihatdan murakkab bo‘lgan o‘quvchilarga individual yondashuv bilan ishlash salohiyati past bo‘lgan. Faqat 1980-yillarning o‘rtalariga kelib iqtisodiy inqirozdan chiqish boshlanganidan so‘ng, davlat tomonidan iste’dodli bolalar bilan ishlashga jiddiy e’tibor qaratila boshlandi. Indiana, Konnektikut, Kaliforniya, Florida kabi shtatlardagi universitetlar huzurida iqtidorli bolalarni aniqlash va ularni o‘qitishga oid ilmiy markazlar tashkil etildi. “Gifted child today”, “Gifted education international”, “Educational researcher” kabi maxsus ilmiy jurnallar nashr etila boshlandi. Shu bilan birga, boshlang‘ich sinf darajasida o‘quvchilarning kognitiv faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqildi va mahalliy ta’lim muassasalari bu yo‘nalishga faol jalb etildi. 1991-yilda prezident Jorj Bush-otasining “Amerika-2000. Ta’lim strategiyasi” nomli dasturida yangi avlod maktablarini tashkil etish g‘oyasi ilgari surildi. Bu maktablar Amerika yoshlarining ijodiy salohiyatini maksimal darajada ochib berishga qaratilgan edi. Ushbu tashabbus doirasida iqtidorli bolalarga yo‘naltirilgan alohida sinflar, maxsus dasturlar va “differensial o‘qitish” tizimi joriy qilindi. Aynan shu tizim o‘quvchilarning ta’limga tayyorgarlik darajasi va motivatsiyasiga qarab ularni guruhlarga ajratishga asoslanadi. Bu esa, yuqori kognitiv faollikka ega boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yanada moslashtirilgan o‘quv sharoitlarini yaratishga xiz

Доказательный фрагмент

«This article discusses the content of programs aimed at early identification of individual potential of students at the primary education stage, development of their intellectual abilities and stimulation of cognitive…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the content of programs aimed at early identification of individual potential of students at the primary education stage, development of their intellectual abilities and stimulation of cognitive… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
concept of giftedness, cognitive activity, individual approach, “mastery, “mastery learning”, individual yondashuv, kognitiv faollik, mustaqil ta’lim, o‘quvchiga yo‘naltirilgan model., iqtidorlilik konsepsiyasi, o‘zini boshqaruvchi o‘qish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники