Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURLI TIZIMLI TILLARDA QARASHLILIK/TEGISHLILIKNING IFODALANISHI
Ismoilova Muattarxon Ilyosovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 26 · 323-523 · 2026
Аннотация
Dunyo tilshunosligida qarashlilik/tegishlilik kategoriyasini o‘rganishga yondashuvlar turlicha. Bu muammo nafaqat alohida tillar misolida, shuningdek, qiyosiy aspektda ham o‘rganilgan. Masalan, rus tilshunosligida posessivlik muammosi Ye.A.Bastrakova tomonidan qiyosiy aspektda tekshirilgan. Olima rus tilida posessivlikning ifodalanishini ingliz va fin-ugor tillaridagi qarashlilik kategoriyasi bilan qiyoslagan. U to‘g‘ri ta’kidlaganidek, posessivlik kategoriyasi deyarli barcha tillarda mavjud. Ammo turli tillarda bu kategoriyani ifodalovchi vositalar bir-biridan farqlanadi. Kalit so‘zlar: posessivlik, kategoriya, egalik, morfologik, leksik, stilistika. Rus va qrim-tatar tilini qiyoslagan E.R.Chelebiyeva esa qiyoslanuvchi tillarning turli tizimli tillar sirasiga kirishini ta’kidlar ekan, rus tilining flektiv, qrim-tatar tilining agglyutinativ tilga tegishli ekanligini ta’kidlaydi hamda turli tizimli tillarda qarashlilik/egalik kategoriyasining xususiyatlarini tavsiflaydi. Tadqiqotchi rus va qrim-tatar tillarda ot turkumiga oid birliklarning grammatik xususiyatlarini o‘rganar ekan, qarashlilik/tegishlilik kategoriyasining o‘ziga xos qator belgilari borligini aniqlaydi. Barcha turkiy tillarda bo‘lganidek, qrim-tatar tilida har bir grammatik ma’no o‘ziga xos shakl bilan ifodalanadi. Qarashlilik va son kategoriyasida istisnolar uchraydi, chunki egalik va son kategoriyasi bir vaqtning o‘zida shaxsni yoki egalikni ifodalaydi. Qrim-tatar tilida affikslar bilan ifodalangan grammatik ma’nolar rus tilida leksik birlik bilan ifodalanganini ko‘rish mumkin: Qrim-tatar tilida Rus tilida иш-чи-лер-имиз-инъ-ки-дир принадлежит нашим рабочим Qrim-tatar tilida egalik kategoriyasi gapda ma’lum birliklarni bog‘lashga xizmat qiladi: biror bir predmetning kimgadir tegishli ekanini ifodalaydi. Bu belgisi rus tili bilan o‘xshashlik kasb etadi.Turkologiyada qarashlilik/tegishlilikni ifodalovchi sintetik va analitik usullar farqlanadi. Qrim-tatar tilida qarashlilikning sintetik usulda ifodalanishi rus tilidagi quyidagi shaklga to‘g‘ri keladi: kitap “книга”, kitabim “ моя книга”, kitabin “ твоя книга”, kitabi “его книга”. Analitik usulda ifodalangan qarashlilikda ikki so‘z ishlatiladi: shaxs olmoshi va egalik qilinayotgan predmet ko‘rsatiladi: Qrim-tatar tilida Rus tilida меним иш им моя работа сенинъ къол унъ твоя рука онынъ ад ы его имя эниш темнинъ къалпагъ ы шапкъа дяди Асиенинъ чанта сы сумка Асие Тимур нынъ дефтери тетрадь Тимура E.R.Chelebiyevaning tahlillariga tayanib aytish mumkinki, qrim-tatar tilida qarashlilik/tegishlilik uch shaklda ifodalanadi: morfologik, sintaktik va aralash. 11 Morfologik usulda qarashlilik/tegishlilik ma’nosi maxsus affikslar bilan yasaladi. Egalikni ifodalashning sintaktik usulida egalik obyekti va egalik ma’nosini bildiruvchi otlar alohida belgi oladi va ular o‘rtasidagi munosabat so‘z birikmasi modeliga ko‘ra quriladi. Egalikni ifodalashning aralash usulida ikkala usul birlashtiriladi, buning natijasida egalik qiluvchining shaxsi va soni ikki marta ko‘rsatiladi: bir marta shaxs olmoshining jinsi yordamida va ikkinchi marta otning egalik affiksidan foydalangan holda. Shunday qilib, qiyosiy tahlillar qrim-tatar va rus tillari uchun mazkur kategoriyaning universalligini tasdiqlaydi. Har ikki tilda ham egalik/qarashlilik ma’nosining ifodalanishida asosiy grammatik shakllar saqlanib qolgan. Bu ikki tilda shaxs olmoshlarining qo‘llanishida universal jihatlar mavjud.Rus va gruzin kabi turli tizimli tillarda egalik kategoriyasini ifodalovchi vositalarni tadqiq etgan S.Asaturovaning yozishicha, ko‘pgina tillardan farqli o‘laroq, rus tilida egalik/qarashlilik kategoriyasini ifodalovchi vositalar xilma-xil. Ular orasida leksik, morfologik, sintaktik va boshqa vositalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Leksik vositalar (masalan, rus tilidagi olmoshlar moyo, tvoyo va boshqalar.Gruzin tilida ჩემი [чеми] (mening), შენი[шени] (sizniki), ჩვენი[чвени] (bizniki), [тқвени] (sizniki). Grammatik vositalar (masalan, rus va gruzintillaridagi родительный падеж). Bundan tashqari, rus va gruzin tillarida egalik ma’nosi kishilik olmoshlari bilan ifodalanadi . Posessivlik barcha tillar uchun universal kategoriya bo‘lsa ham, uning turli tillarda ifodalanishi turlicha bo‘ladi. A.B.Bondarkoning fikriga ko‘ra, rus tilida posessivlikni ifodalovchi vositalar funksional-semantik politsentrik maydon ko‘rinishida bo‘ladi. A.S.Vishnevskiy esa posessivlik maydonida ikki: atributsiyali va predikatli markazni aniqlaydi.Rus tilida egalik/ qarashlilikni ifodalashning eng ommalashgan usuli kishilik olmoshlari (притяжательные местоимений)ning qo‘llanilishidir. Masalan:Он и здесь испытал свои силы... Не тронь моего детища... Вот, Кош Бессмертный, твоя смерть! Поскорей выходи, наш братец идет. ... или неприятель под наши области подступит... Что, баушка, нового в вашем царстве? Nutqda yana ko‘p qo‘llaniluvchi shakl bu genetiv, ya’ni roditelniy padejdir: ...Где стояла избушка бабы-яги... Это не родимой матушки голосок. К окошечку родимого батюшки... В
Доказательный фрагмент
«Dunyo tilshunosligida qarashlilik/tegishlilik kategoriyasini o‘rganishga yondashuvlar turlicha.»
Образец извлечения
Демо-превьюDunyo tilshunosligida qarashlilik/tegishlilik kategoriyasini o‘rganishga yondashuvlar turlicha. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- leksik, morfologik, egalik, kategoriya, stilistika., posessivlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025