Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KARTOSHKANI ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARIDAN HIMOY QILISHDA AGROTEXNIK KURASH TADBIRLARI
AGROTEXNIK KURASH TADBIRLARI · O‘. K. Xamirayev
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 26 · 374-382 · 2023
Аннотация
Hozirgi kunda aholining kunlik oziq-ovqat ratsiyonida kartoshka asosiy iste’mol mahsulotlaridan hisoblanib, uning tarkibidagi muhim bo‘lgan uglevodlar, vitaminlar va oqsillar insonlar uchun qimmatli manbaa hisoblanadi. Shu sababdan ham ushbu ekin turi ikkinchi non deb ataladi. Kartoshkadan yuqori hosil olishda uni kasallik, zararkunanda, begona o‘t va tashqi ta‘sirlardan himoya qilish zarurligi bizga ma‘lum. Ammo kartoshkani himoya qilishda yer tanlash, agrotexnik tadbirlar juda muhindir. Kartoshkachilikda hosildorlikni oshirishda agrotexnik tadbirlar hozirda asosiy mezon sifatida qaralmoqda. Ushbu maqolada 2023 yilda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Qibray salar fayz” fermer xo‘jaligida “Sante” navida agrotexnik tadbirlari qo‘llanilgan va qo‘llanilmagan sharoitda zamburug‘li kasalliklarning hosildorlikga ta‘siri o‘rganildi. Kalit so‘zlar: kartoshka, kasallik, zararkunanda, fitoftoroz, fuzarioz, vertitsellyoz, rizoktonioz, agrotexnik, rivojlanish. KIRISH. Sabzavot ekinlaridan kartoshka dala sharoitida aholi ehtiyoji uchun etishtiriladigan to‘yimli va hosildorligi yuqori bo‘lgan ekinlardan biri hisoblanadi. Bu esa uni etishtirishda katta mashaqqat talab qiladi. Bu qiyinchiliklar kartoshka etishtirishning barcha bosqichlarida mavjud bo‘lgan kasallik va zararkunandalardan doimiy himoya qilishda agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri qo‘llanilishidir. Kartoshka tuganaklarining kasalliklarga tez chalinishining sababi ular sersuv, oziq moddalarga boy bo‘lganligidir. Shu sababdan hozirgi kunda turli hil kasalliklar paydo bo‘lmoqda [2]. Kartoshka Solonales tartibiga, Solanaceae oilasiga va Solanum turkumiga, Solanum tuberosum L. – turiga mansub eng keng tarqalgan o‘tsimon o‘simlik hisoblanadi. Uning asosiy ozuqa qismi er osti tuganaklaridir. Oziq–ovqat ratsiyonida muhim hisoblangan kartoshka tuganaklarini zamburug‘ kasalliklaridan himoya qilishda agrotexnik tadbirlarning o‘rni beqiyos [3]., [4]., [1]. TADQIQOT MATERIALLARI VA USULLARI. Kartoshka ekilishi rejalashtirilgan va ekilgan dala maydonlarida ekinlarni kasallik, zararkunanda va begona o‘tlardan himoya qilishda agrotexnik kurash chorasi muhim hisoblanadi. Agrotexnik kurash chorasini ishlab chiqishda biz asosan ilmiy asoslangan agrotexnika va o‘git qo‘llash bo‘yicha tajribalar olib bordik. Ilmiy asoslangan agrotexnik kurash chorasiga asosan ochiq dala sharoitida yerni chuqur haydash, almashlab ekish, sifatli urug‘lik tanlash, o‘g‘itlash, sug‘orish va chopiq qilish tadbirlari kiradi. Kartoshkani ekish muddatlarini hisobga olganda Toshkent va Samarqand viloyatlarida kartoshka ekilishi ertangi va kechki muddatlarda amalga oshirildi. Ushbu viloyatlarda kartoshkaning ertangi ekilish muddatlari Fevral oyining IV choragi va Mart oyining I choragiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, kechki ekilish muddati esa Iyun oyining birinchi 10 kunligiga to‘g‘ri keldi. Dala tajribalari olib boriladigan maydonlarga kartoshkani ertangi muddatda ekishda yerlarni tayyorlash ishlari olib borildi. Buning uchun tanlab olingan yer maydonlari Oktyabr oyining IV choragi va Noyabr oyining birinchi choragida yerga ishlov berish bilan 21 amalga oshirildi. Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Qibray salar fayz” fermer xo‘jaligida tanlab olingan 1 gektarli dala maydonida dukkakli ekinlardan mosh ekilganligi aniqlandi va o‘simlik qoldiqlaridan tozalandi. So‘ngra yerning noteks qismi tekislash moslamalari bilan tekislandi. Tekislangan maydonlarga biz makro o‘g‘itlardan fosforli (P) va kaliyli (K) ning 4/1 qismini qo‘lladik. Shuning bilan birgalikda mahalliy o‘g‘itlar ham solindi. Gektariga 20 t o‘g‘it sochgich bilan bir hil meyorda mahalliy o‘g‘itlar sepib chiqildi. So‘ngra tanlab olingan dala maydoni plugda 35 cm gacha qilib haydalib, 15-20 cm gacha chuqurlikda chizellanib yumshatildi. Ekishdan oldin kul‘tivator yordamida 70 sm oraliqda egatlar olinib ekishga tayyorlandi. Nazorat (agrotexnik tadbirlar minimal qo‘llanilgan) variantida ekishdan oldin o‘g‘itlar qo‘llanilmadi va yer maydoni chizellanib ekildi holos. Dala maydonlarida qolgan barcha agrotexnik tadbirlar bir hil tarzda amalga oshirildi. Dala tajribalari o‘simliklarni himoya qilish sohasida umum qabul qilingan usullar asosida bajarildi. Kartoshka maydonlarida kasalliklarning tarqalishini hisobga olishda quyidagi formuladan foydalanildi. P = 22 n 1 N 0 0 ., Bu yerda, P - kasallikning tarqalishi, %; n - namunadagi kasal o‘simliklar soni, dona; N - namunadagi o‘simliklarning umumiy soni, dona [5]. Kartoshka maydonlarida kasalliklarning rivojlanishi quyidagi (0-4) 5 ballik shkalada va foizlarda aniqlanadi. ball 0 - 0 % sog‘lom o‘simlik; 1 - 10 % gacha kasallangan o‘simlik; 2 - 11 – 25 % gacha kasallangan o‘simlik; 3 - 26 – 50 % gacha kasallangan o‘simlik; 4 -50 % dan ko‘proq kasallangan o‘simlik. Kartoshka maydonlarida kasalliklarniung rivojlanishining yakuniy qiymati quyidagi formula yordamida aniqlandi: Ʃ(а × б)•100 𝑅 = N•К Bu yerda, R – kasallikning rivojlanishi, foizda; Ʃ(a • b) – kasallik bilan zaralangan a’zolarning ballardagi ifodasiga ko‘payt
Доказательный фрагмент
«Hozirgi kunda aholining kunlik oziq-ovqat ratsiyonida kartoshka asosiy iste’mol mahsulotlaridan hisoblanib, uning tarkibidagi muhim bo‘lgan uglevodlar, vitaminlar va oqsillar insonlar uchun qimmatli manbaa hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi kunda aholining kunlik oziq-ovqat ratsiyonida kartoshka asosiy iste’mol mahsulotlaridan hisoblanib, uning tarkibidagi muhim bo‘lgan uglevodlar, vitaminlar va oqsillar insonlar uchun qimmatli manbaa hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- rivojlanish., kasallik, vertitsellyoz, fitoftoroz, zararkunanda, kartoshka, rizoktonioz, agrotexnik, fuzarioz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025