К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA OZIQ-OVQAT KONSEPTIGA OID ATAMALARNING AHAMIYATI

ATAMALARNING AHAMIYATI · Akramova Nilufar A’zamjon qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

This article discusses the stylistic functions of gluttonous phraseological units, their place among languages, cultures, and peoples using detailed examples, and briefly describes their similarities and differences in different languages, as well as examples of their historical development. Kalit so‘zlar: idioma, konsept, oziq-ovqat, bo‘yoq, leksik lug‘at, ifoda, ma’no, tarjima. Keywords: idiom, concept, food, paint, lexical dictionary, expression, meaning, translation. Ключевые слова: идиома, концепция, еда, краска, лексический словарь, выражение, значение, перевод. Idiomalar hayotimizning asosiy bo'yoq beruvchi omillaridan bir hisoblanadi. Oziq-ovqat atamalari madaniyat va insonning kundalik turmush tarsi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli biz ko‘pgina iste’mol mahsulotlarini madaniy –leksik lug‘at boyligimizga qo‘shamiz. Albatta, har bir madaniyat turlicha bo‘lgani sababli biz bir tildagi mavjud idioma va frazalarni boshqa tilda uchratishimiz qiyin. Yoki bu tushuncha har xil frazalar orqali ifodalanganligini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Nutqingizga shaxsiyatni kiritish, so'z boyligingizni kengaytirish va tilda so'zlashuvchilarni tushunishimizni oshirish uchun foydali bo'lgan idiomalarni o'rganishimiz shart. Oziq-ovqat an'anaviy ravishda nafaqat bizni tirik va tanamizning to'g'ri ishlashini ta'minlaydigan energiya manbai, balki bizning kayfiyatimizga ham katta ta'sir ko'rsatishi mumkin bo‘lgan va umumiy darajada bu bizning nimani afzal ko‘rishimizni, sog'liq va tabiatga bo'lgan munosabatimizni ko'rsatishi mumkin bo‘lgan omil hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari iste’moliga qarab insonning ijtimoiy mavqei va madaniyatini osongina aniqlashi mumkin. Oziq-ovqat va ba'zi mahsulotlar bilan bog'liq an'analar din, sayohatlar, urf-odatlar bilan chambarchas bog'liq va unga bo'lgan munosabatimiz bizni boshqa ko'plab madaniyatlardan farq qiladi. Oziq-ovqat o'zining barcha elementlarida (mahsulotlar, odob- axloq qoidalari, tayyorgarlik, urf-odatlar va boshqalar) har qanday yo'l bilan madaniy o'ziga xoslikdir, chunki u insonlar tomonidan shakllanadi va atrof-muhit va madaniyatning barcha elementlari asrlar davomida va qo'shni hududlar, aloqalar ta'sirida shakllangan. Ko'pgina madaniyatlar biz oziq-ovqat deb ataydigan narsada ham umumiy, ham farqli jihatlarga ega. Bugungi kunda biz ikkita parallel moyillikni kuzatishimiz mumkin: odamlar madaniy jihatdan o'ziga xos oziq-ovqat urf-odatlarini saqlashga harakat qilishadi va bir vaqtning o'zida ularni 24 o'z urf-odatlariga moslashtiradilar, shunda oziq-ovqat urf-odatlari yanada xalqarolashgan yoki aralashgan bo'ladi. Oziq-ovqat dunyosi haqiqatan ham ko'p madaniyatli bo'ladi. Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va ularning tayyorlanishi bizning o‘ziga xosligimizni, madaniy birlgimizni ifoda etuvchi omillardan biridir. Glutonimlarni turli retseptlar, menyular, gastronomik xatti-harakatlar qoidalari, marosimlar va tabularda aniqlash va o'rganish mumkin. Madaniy oshxona uning muhim tarkibiy qismi bo'lgan aniq madaniyatni ifodalaganligi sababli, gluttonik nutqini "madaniy piktogrammalar, milliy o'zini o'zi identifikatsiya qilish, shaxsiy identifikatsiya qilish va subyektiv munosabat (did), tender xususiyatlari va ijtimoiy (sinfiy) xususiyatlar to'plangan belgilar tizimi sifatida aniqlash mumkin" Quyidagi iboralarning taqqoalsiy tahlilini ko‘rib chiqaylik. “Top banana” (most important person in a group/organization)-guruh yoki tashkilotdagi eng muhim inson, o‘zbek tilida esa shef, kata, boshliq kabi adekvat variantlari mavjud. “Bad egg” (bad/dishonest/unreliable person)-yomon tuxum, ishonib bo‘lmas, vijdonsiz inson, o‘zbek tilida esa tahliliy tarjimasini ko‘ramiz. Unga mos oziq-ovqatga oid atama mavjud emas. “Tough cookie” (determined person)-qattiq pishiriq, qat’iyatli inson, o‘zbek tilida qaysar, qat’iyatli inson. “smart cookie” (intelligent person)-aqlli pishiriq, aqlli, ziyoli inson, “a big cheese”(very important person)-katta pishloq, juda muhim inson, o‘zbek tilida kattalar, boshliqlar va shef konseptlari bilan ifodalashimiz mumkin. “a piece of bread’ (very kind person)-bir bo‘lak non, juda mehribon inson, o‘zbek tilida samimiy, juda mehribon, hammaga ilinib turadi, og‘zidagi yeyayotgan nonini ham beradi kabi konseptlar adekvat tajimasi bo‘lishi mumkin. Oziq-ovqat xattoki ijtimoiy mavqeni yoki pul bilan bog‘liq statusni ham ifodalashi mumkin. Masalan, “peanuts”(a very small amount of money)-loviya, juda kam pul. Yoki ingliz tilida inson xarakteriga moslangan idiomalarni ham uchratishimiz mumkin. “lemon” (silly person)-limon, ahmoq inson, “peach”(lovely person)-shaftoli, yoqimli inson. “an attractive woman” is said to be a chocolate-go‘zal ayol shokoladga o‘xshatilishi , “an unintelligent person” is said to be a crust of bread or a cabbage-aqlsiz inson esa nonning qattiq bo‘lagiga yoki karamga o‘xhsatilishi ba’zilar uchun juda ajablanarli. Bu ma’nolar mana shu metaforalarning ma’lum bir xususiyatlari inson shaxsining ma’lum bir xislatlariga o‘xshashligiga asos qilib ol

Доказательный фрагмент

«This article discusses the stylistic functions of gluttonous phraseological units, their place among languages, cultures, and peoples using detailed examples, and briefly describes their similarities and differences i…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the stylistic functions of gluttonous phraseological units, their place among languages, cultures, and peoples using detailed examples, and briefly describes their similarities and differences i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
idiom, concept, food, paint, lexical dictionary, expression, meaning, idioma, ma’no, tarjima., bo‘yoq, konsept, leksik lug‘at, oziq-ovqat, ifoda
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники