Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ANDIJON VILOYATIDA MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI · Akbarova Nigora A’zamxonovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
В статье рассматривается создание музыкальных и художественных школ в Андижанской области, их первоначальная деятельность, дается характеристика направлений обучения, объемы приема учащихся, а также информация о кадровых вопросах в музыкальных и художественных школах. Ключевые слова: музыка, искусство, музыкальные школы, фортепиано, скрипка, виолончель, камерный оркестр, народные инструменты, музыкальное образование, талант, кадровый голод, повышение квалификации. Annotation. This article covers the establishment of music and art schools in Andijan region, their initial activities, a description of their areas of study, the scope of student enrollment, as well as information on staffing issues in music and art schools. Keywords: music, art, music schools, piano, violin, cello, chamber orchestra, folk instruments, music education, talent, staff shortage, professional development. O‘zbekistonning jahondagi eng taraqqiy etgan davlatlar qatoridan munosib o’rin egallashi, dunyodagi iqtisodiy va siyosiy mavqeini yanada mustahkamlash uchun yetuk kadrlarni tarbiyalash ta’lim tizimining asosiy vazifasi ekanligi bugun barchamizga ma’lum. Bundan tashqari davlatning jahon reytinglaridagi o‘rnini yanada ko‘tarish, nufuzini oshirish dunyo “san’at maydonlari”ni zabt etish orqali ham amalga oshiriladi. Bu borada o‘zbek musiqa sanʼatini yanada rivojlantirish uchun hissa qo’shadigan isteʼdod egalarini kashf etish, ularni to’g’ri yo’naltirib yuzaga chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’dodli san’atkorlarni yetishtirib berish, ularga dastlabki musiqiy bilimlarni berish esa musiqa maktablarining asosiy vazifasi va xizmatidir. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilyptgan tub islohotlarning salmoqli qismi aynan mana sohaga qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4956-sonli Farmon, 2017-yil 17-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2778- sonli Qarori, 2017-yil 31-mayda “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3022-sonli Qarori, 2019-yil 14- mayda qabul qilingan “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4320-sonli Qarorlari so‘zimizning yaqqol isbotidir [1]. Avvalo yurtimizda musiqa ilmi shakllanishi tarixiga oid ayrim mulohazlarni keltirib o‘tishni joiz deb bildik. Arxeologik tadqiqotlar, tarixiy izlanishlar o‘zbek musiqa ilmining ilk namunalari “Avesto”da aks etganini ko‘rsatadi. O‘rta Osiyoda musiqa madaniyatining 28 rivojlanishining muhim qirrasi harbiy qo‘shin, muntazam armiya faoliyati bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Tarixdan ma’lumki, eramizdan oldingi VII asrdayoq ajdodlarimiz o‘zlarining aniq qoida-qonunlariga bo‘ysungan, tuzulma sifatidagi muntazam armiyaga ega bo‘lgan. Turli xil turdagi qo‘shinlardan tuzilgan armiya tarkibida harbiy musiqachilar ham alohida o‘rin egallagan. Plutarx parfiyaliklar armiyasida qozonsimon urma zarbli asboblardan keng foydalanilgani to‘g‘risida hikoya qiladi [6; 11]. Ilk o‘rta asrlarda sharqda musiqa kasbiy yo‘nalish sifatida rivojlana boshladi. Kasbiy musiqashunoslarning dastlabki vakili esa Borbad Marvaziydir [5; 9]. Yurtimiz hududida musiqaning fan sifatida rivojlanishida buyuk mutafakkirlarimiz Xorazmiy, Ibn Sino, Farobiy, Marog‘iy, Jomiy, Navoiylarning o‘rni katta bo‘ldi. Xonliklar davrida esa musiqa ilmining rivojiga Najmiddin Kavkabiy, Darvesh Ali Changiy, Komil Xorazmiy, Xudoyberdi ustoz kabi ustozlar ulkan hissa qo‘shdi. Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylantirilgach, rus va Yevropa san’atini targ‘ib qilish maqsadida yevropacha musiqa muassasalari ochila boshladi. G‘arb musiqasevarlari tomonidan o‘lkaning ayrim markaziy shaharlarida musiqiy to‘garak tashkil etila boshladi. O‘lkada sovet hokimiyati o‘rnatilgach milliy ziyolilarning tashabbusi bilan musiqa ta’limini keng yoyish va o‘zbek musiqa madaniyatini yuksaltirish uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash maqsadida ilk musiqa maktablari tashkil etila boshlandi. Mazkur maktablar milliy musiqani ilmiy o‘rganuvchi ta’lim maskanlari sifatida vujudga keldi. Biroq sovet hokimiyatining dastlabki davrlaridan yangi Yevropacha janrlar va ohanglar bilan boyitish hisobiga bo’lsada Markaziy Osiyo musiqasini xalqqa o’rgatish, musiqiy ta’lim deb atalgan ta’lim turini joriy etish borasida salmoqli ishlar qilindi. Musiqa maktablarini ochish ana shunday dadil qadamlardan biri edi. Farg‘ona vodiysida musiqa maktablarining tashkil topishi jarayoni alohida tarixga ega. Farg‘ona Xalq konservatoriyasi 1918-yil ochilib, unda Chernikovskiy, Frey, Keyzer, Raxalskiy, O.F.Melnikova kabi o‘qituvchilar dars berdi. Ular orasida harbiy asirlar ham bor edi [7; 84]. Pianinochi va dirijyor Keyzer, skripkachi Frey, violonchelist Katana shular jumlasidandir. 1920-yilga kelib Farg‘ona Xalq konservatoriyasi yopiladi v
Доказательный фрагмент
«В статье рассматривается создание музыкальных и художественных школ в Андижанской области, их первоначальная деятельность, дается характеристика направлений обучения, объемы приема учащихся, а также информация о кадро…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматривается создание музыкальных и художественных школ в Андижанской области, их первоначальная деятельность, дается характеристика направлений обучения, объемы приема учащихся, а также информация о кадро… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- music, art, music schools, piano, violin, cello, chamber orchestra, folk, xalq cholg‘ulari, iste‘dod, musiqa maktablari, musiqa, musiqa ta‘limi, violonchel, kadrlar tanqisligi, fortepiano, malaka oshirsh., damli orkestr, skripka, san‘at
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025