К содержанию
РецензированоRU2026

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA KOGNITIV FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHGA OID AUTOGEN XUSUSIYATLI TOPSHIRIQLAR TIZIMINI ISHLAB CHIQISH METODIKASIDA ASOSIY TAYANCH METODIK TAMOYILLAR

Ismailova Nozima Umaraliyevna

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

В данной статье рассматриваются основные базовые методические принципы в методике разработки системы заданий аутогенного характера по развитию познавательной активности у младших школьников, а также их научно- психолого-педагогические основы. Ключевые слова: принцип соответствия возрасту, принцип поэтапности, принцип аффективной устойчивости, принцип стимулирования активности, принцип развития рефлексии Annotation: This article will talk about the basic basic methodological principles in the methodology for developing an autogenic system of characteristic tasks for the development of cognitive activity in primary school students, as well as their scientific and psychological and pedagogical foundations. Keywords: the principle of age compatibility, the principle of staging, the principle of Affective stability, the principle of stimulating activity, the principle of developing reflex. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kognitiv faollikni rivojlantirishga oid autogen xususiyatli topshiriqlar tizimini ishlab chiqish metodikasida asosiy tayanch metodik tamoyillar ilmiy-psixologik va pedagogik asosga ega. 1. Yoshga moslik tamoyili. Bu tamoyil bolaning yoshiga xos psixofiziologik, intellektual, emotsional va shaxsiy xususiyatlariga mos keladigan topshiriqlarni tanlashni nazarda tutadi. 6–10 yoshli oʻquvchilarda diqqat barqarorligi qisqa, tasavvur kuchli, lekin mantiqiy tafakkur hali rivojlanish bosqichida boʻladi. Shu sababli mashqlar tasviriylik, his-tuygʻular, oʻyin va fantaziyaga boy boʻlishi zarur. Yoshga mos topshiriqlar bola uchun qiyin boʻlmaydi, balki ularni bajargan sari u oʻz kuchiga ishonadi va ijobiy emotsiyalar oladi. Bu esa kognitiv faollikning ichki motivatsion manbai boʻlib xizmat qiladi. Masalan, “Tasavvur qil: sen gʻoʻza dalasida paxta terayapsan...” kabi mashq bolaning hayotiy tajribasiga mos keladi. 2. Bosqichlilik tamoyili. Boshlangʻich sinfda oʻquv topshiriqlari oddiydan murakkabga, konkretdan abstraktga, tasviriydan mantiqiyga qarab bosqichma-bosqich taqdim etilishi lozim. Har bir bosqichda bolalar avvalgi tajribani mustahkamlaydi va yangilikka tayyor boʻladi. Bu tamoyil kognitiv faollikni barqaror va izchil rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, avval “Oddiy rasmni eslab qolish”, keyin “Hikoya asosida rasmni tiklash”, soʻng esa 46 “Koʻrmagan, tasavvurdagi voqeani hikoya qilish” – bular bosqichlilikka misoldir. Har bir bosqichda bola oʻz fikrlash doirasini kengaytiradi. 3. Affektiv barqarorlik tamoyili. Oʻquvchi emotsional jihatdan ijobiy holatda boʻlsa, uning bilimga boʻlgan ehtiyoji kuchayadi. Bu tamoyil mashqlar bolaning ruhiy holatini barqarorlashtirish, xavotirni kamaytirish va shaxsiy qiziqishini oshirishga qaratilgan boʻlishini nazarda tutadi. Kognitiv faollik hissiy muvozanat bilan chambarchas bogʻliq. Agar bola oʻzini ishonchli va xavfsiz his qilsa, fikrlash jarayonida qatnashish ehtimoli koʻproq boʻladi. Autogen topshiriqlar – aynan shu holatni ta’minlashga xizmat qiladi. Masalan, “Yumshoq sharchaning ichida yurganingni tasavvur qil” kabi mashqlar nafaqat fantaziyani, balki xotirjamlikni ta’minlaydi. 4. Faollikni ragʻbatlantirish tamoyili. Ushbu tamoyil bolani passiv qabul qiluvchidan faol bilim izlovchi subyektga aylantirishga qaratilgan. Bu topshiriqlarni bajarishda mustaqil qaror qabul qilish, taxmin qilish, tahlil qilish, aniqlash, baholash kabi kognitiv harakatlar faollashadi. Bu tamoyil orqali oʻquvchi bilimni tayyor shaklda olmaydi, balki uni oʻzi topishga intiladi. Masalan, “Hikoyani davom ettir” yoki “Tushida nimalar boʻlishi mumkin?” kabi topshiriqlar – oʻquvchining tashabbusini faollashtiradi. Bu esa metakognitiv koʻnikmalar – ya’ni “oʻrganishdan oʻrgatishgacha” salohiyatini shakllantiradi. 5. Refleksiyani rivojlantirish tamoyili. Bolaning oʻz fikrlarini ichki nutq orqali anglash, mulohaza yuritish, oʻz xatti-harakatlarini nazorat qilishni oʻrganishi – bu refleksiya orqali yuz beradi. Autogen topshiriqlar “Sen oʻzing bilan suhbatlash...”, “Oʻzingdan soʻra: nega shunday boʻldi?” kabi usullarni qoʻllaydi. Bu tamoyil bola fikrlashining chuqurlashishiga, oʻz-oʻzini anglash, his qilish, bilishga boʻlgan ehtiyojning shakllanishiga xizmat qiladi. Kognitiv faollik faqat tashqi emas, balki ichki jarayon sifatida ham rivojlanadi. Masalan: “Bugun eng yoqqan mashq qaysi edi? Nega?” Shundan kelib chiqib, Fleppid classroom texnologiyasi asosida oʻquvchilarning kognitiv faolligini rivojlantirish metodikasini autogen topshiriqlar va zamonaviy yondashuvlarga tayanib modifikatsiyalashga erishildi. Ushbu metodikani amalga oshirish jarayoni 3 bosqichga ajratib olindi: I. Tayyorlov bosqichi (Psixologik sozlanish va ongni faollashtirish uchun mashqlar). 1. “Koʻz oldi ekrani”. Koʻrsatma: Koʻzingizni yuming. Koʻz oldingizda katta ekran paydo boʻldi. U oq, tiniq. Endi oʻsha ekranda sekin-asta oq bulut paydo boʻlayapti. Topshiriqni bajarish: Har bir bola jim turadi, koʻzini yumadi, nafasini rostlaydi. U ekranda oʻz xohlagan holatini, tabiat manzarasini tasavvur qiladi. Kognitiv maqsad: Tasavvur

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются основные базовые методические принципы в методике разработки системы заданий аутогенного характера по развитию познавательной активности у младших школьников, а также их научно- психоло…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются основные базовые методические принципы в методике разработки системы заданий аутогенного характера по развитию познавательной активности у младших школьников, а также их научно- психоло… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
the principle of age compatibility, the principle of staging, the principle of, refleksiyani rivojlantirish tamoyili, yoshga moslik tamoyili, faollikni ragʻbatlantirish tamoyili, affektiv barqarorlik tamoyili, bosqichlilik tamoyili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники