К содержанию
РецензированоRU2025

HAR XIL ZAVOD TIPIDAGI SUR QO‘CHQORLAR AVLODIDA JUN TOLA QOPLAMINING AYRIM KO‘RSATKICHLARI

PROSPECTS OF DEVELOPMENT” · QOPLAMINING AYRIM KO‘RSATKICHLARI (MAY 16, 2025 in-academy.uz)

Евразийский журнал академических исследований · 2025

Аннотация

Приведены результаты проявления длина просветленной части волоса, длина волоса и плотность завитка в приплоде баранов-производителей Узбекистанский, Нуратинский, Кызылкумский, Свердловский, Сарибельский и Бухороишарифских заводских типов. Resume: There are adduced the results of display of sur offsprings ram-sires, newly created Uzbekistan, Nurata, Kizilkum, Sverdlov, Saribel and Bukharaisharif stud types. Qorako‘lchilikda seleksiyaning samarali usullarini qo‘llash natijasida yangi rang, rang baranglik, gul tiplari, yuqori hayotchanlik va moslashish xususiyatlariga ega bo‘lgan qo‘ylarining yuqori mahsuldor zot va zavod tiplari yaratildi bu esa zotning bozor talabidagi qorako‘l mahsuloti yetishtiruvchi genofond tarkibini sezilarli boyitish imkonini berdi. S.Yu. Yusupov va boshqalar (2016) Buxoro zot tipidagi sur rangli qorako‘l qo‘ylar bilan naslchilik va tanlash ishlarini olib borishda o‘ziga yarasha qiyinchiliklar mavjud. Qorako‘l qo‘ylarini zavod tiplari bo‘yicha urchitib ko‘paytirish eng ko‘p qo‘llanadigan usullardan biri hisoblanadi. Bu usul yordamida zotni takomillashtirish, yuqori mahsuldor hayvonlar sonini ko‘paytirish, qimmatli barra teri sifatlarini yaxshilash mumkin bo‘ladi. Tadqiqotlarimizda Buxoro zot tipidagi sur qo‘ylarning O‘zbekiston, Nurota, Kizilqum, Sverdlov (Mahalliy), Saribel va Buxoroisharif zavod tipi qo‘chqorlari avlodining jun tola qoplamining ayrim sifat ko‘rsatkichlarini o‘rgandik. Tajriba Buxoro viloyati Jondor tumani “Amir Temur” qorako‘lchilik ma’suliyati cheklangan jamiyatida, kumush sur rang-baranglikdagi O‘zbekiston, Nurota, Kizilqum, Sverdlov (Mahalliy), Saribel va Buxoroisharif zavod tipidagi yassi gulli, mustahkam konstitutsiya tipdagi qo‘chqorlarni xuddi shunday rang-baranglikdagi, yassi gulli, mustahkam konstitutsiya tipli sovliqlar bilan juftlashdan olingan avlodlarda o‘tkazildi. Tajribadagi qo‘zilar Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yurgizish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanmasiga binoan baholandi. (Toshkent 2015 yil). Qorako‘l qo‘zilarida jun tolalar uzunligi terilarning tovar xususiyatlarini baholashda asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. ISSN:2181-2020 5 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND PROSPECTS OF DEVELOPMENT” MAY 16, 2025 in-academy.uz 1-jadval Jun tolasining uzunligi, (mm) Zavod Qo‘zilar Dumg‘azasida Orqa qirrasida tiplari soni M±m δ % M±m δ % O‘zbekiston 224 9,08±0,13 1,45 12,9 11,3±0,15 1,51 11,7 Nurota 225 10,7±0,12 1,31 13,4 12,6±0,12 1,4 11,3 Qizilqum 229 9,5±0,13 1,4 12,8 11,5±0,11 1,4 12,3 Sverdlov (mahalliy) 208 9,9±0,11 1,6 13,3 12,2±0,13 1,5 13,3 Saribel 192 8,8±0,1 1,5 12,7 10,4±0,14 1,6 12,8 Buxoroisharif 190 9,0±0,15 1,7 13,1 11,4±0,15 1,7 13,1 Jun tolasining uzunligi Saribel zavod tipi avlodlarida nisbattan kaltaroq bo‘lib dumg‘azasida 8,8±0,1 mm ni va orqa qirrasida 10,4±0,14 mm ni tashkil qildi. Nurota zavod tipi avlodlarida ushbu ko‘rsatkich nisbattan uzun bo‘lib, dumg‘azasida 10,7±0,12 mm ni va orqa qirrasida 12,6±0,12 mm ni tashkil qildi. Sattorov S. va boshqalar (2020), sur rangli qo‘zilar terisida surlik darajasining ifodalanishi asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib nasldan naslga o‘tuvchi belgi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning ifodalanishi qo‘zilarning nasllik qiymatini belgilashda, qorako‘l terilarning tovar qimmatini baholashda muhim seleksion belgi hisoblanadi hamda nasl uchun qoldirilayotgan qo‘zilarda ushbu ko‘rsatkichga e’tibor berilishi talab etiladi. 2-jadval Surlik darajasining ifodalanishi, (%) Zavod tiplari Qo‘zilar 1/10 2/10 3/10 4/10 5/10 soni O‘zbekiston 224 1,3±1,1 11,2±3,0 46,9±4,7 27,2±4,2 13,4±3,2 Nurota 225 2,2±1,4 15,2±2,8 53,4±4,7 23,1±4,0 6,1±2,9 Kizilqum 229 5,4±1,7 16,0±3,2 50,2±4,7 26,0±3,8 6,1±3,0 Sverdlov (mahalliy) 208 4,4±1,5 19,5±3,1 55,3±4,8 10,8±3,6 10,0±3,1 Saribel 192 15,1±1,8 29,2±3,2 46,6±5,4 5,4±2,7 3,0±3,1 Buxoroisharif 190 13,1±2,1 31,3±4,2 39,3±6,1 12,1±2,1 4,2±3,3 Buxoroisharif va Saribel zavod tipidagi qo‘chqorlarning avlodida surlik darajasi 1/10 va 2/10 nisbatda bo‘lgani ko‘p bo‘ldi. Surlik darajasi 3/10 nisbatda bo‘lgan qo‘zilar chiqimi Kizilqum, Nurota, (Sverdlov - mahalliy) qo‘chqorlar avlodida ko‘p bo‘lib (50,2±4,7), (53,4±4,7), (55,3±4,8) foizni tashkil qildi. Surlik darajasi 4/10 nisbatda bo‘lgan qo‘zilar chiqimi Nurota, Kizilqum va O‘zbekiston zavod tipi qo‘chqorlari avlodi avlodida ko‘p bo‘ldi (23,1±4,0), (26,0±3,8), (27,2±4,2) foizni tashkil qildi. Zavod tipi qo‘chqorlari ushbu ko‘rsatkichini avlodlariga mustahkam ravishda bera olish qobiliyatiga ega ekan. Gullarning mustahkamligi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanib, u jun tola qoplamining quyuqligi, tola tiplarining nisbati, jun tolasi uzunligi, gullarning uzunligi va boshqa belgilar bilan o‘zaro bog‘liq. Mustahkam gulli terilar qimmatli hisoblanadi. Bu esa ularning bozorgirlik hislatlarini oshiradi. Qalami gullarning mustahkamligi Buxoroisharif, Saribel va Qizilqum zavod tipi avlodlarida juda mustahkam bo‘lgan

Доказательный фрагмент

«Приведены результаты проявления длина просветленной части волоса, длина волоса и плотность завитка в приплоде баранов-производителей Узбекистанский, Нуратинский, Кызылкумский, Свердловский, Сарибельский и Бухороишариф…»

Образец извлечения

Демо-превью

Приведены результаты проявления длина просветленной части волоса, длина волоса и плотность завитка в приплоде баранов-производителей Узбекистанский, Нуратинский, Кызылкумский, Свердловский, Сарибельский и Бухороишариф… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
surlik darajasi., sur rangi, Genofond, zot tipi, zavod tipi, rang-baranglikning tekis tarqalishi, gul tipi, rang-baranglik, yassi gul, sur rangining ifodalanishi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники