Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TAJRIBADAGI GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLAR SUT MAHSULDORLIGINING TIRIK VAZNIGA BOG‘LIQLIGI
PROSPECTS OF DEVELOPMENT” · VAZNIGA BOG‘LIQLIGI (MAY 16, 2025 in-academy.uz)
Евразийский журнал академических исследований · 2025
Аннотация
This article provides information on the feeding conditions of red-and-white Holstein cows at the "Abdumalik Ota Vorislar" breeding farm in the Bakhmal district of the Jizzakh region. Kalit so‘zlar: qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi, qizil-оlа gоlshtin, zot, oziqlantirish sharoiti Key words: cattle farm, red-and-white Holstein, breed, feeding conditions Kirish. Keyingi yillarida mamlakatda chorvachilikka oid bo‘lgan ko‘plab davlat qonunlari, Prezident farmon va qarorlari vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan. Shu davr mobaynida chorvachilikning barcha tarmog‘i barqaror rivojlanib, bu jarayon ayniqsa, keyingi yillarda yanada jadallashgan. Respublikamiz chorvachiligida qoramolchilik yetakchi o‘rinni egallaydi. Chunki ishlab chiqarilayotgan va aholi iste’molidagi sutni asosiy qismini sigir suti tashkil qiladi. Tadqiqot o‘tkazish joyi, material va metodlar. Ilmiy tadqiqot ishining tajriba qismi Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi “Abdumalik ota vorislar” naslchilik fermer xo‘jaligining qizil-оlа gоlshtin zоtli yosh sigirlаrda o‘tkazildi. Tadqiqot natijalar va ularning tahlili: Sigirlarni yuqori me’yorda va to‘yimli ozuqalar bilan oziqlantirish sut miqdoriga va uning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sigirlarning ratsioni barcha zaruriy to‘yimli moddalar bo‘yicha tenglashtirilgan va to‘la qiymatli bo‘lishi talab etiladi. Sog‘in sigirlar ozuqa ratsionida ko‘p miqdorda yuqori sifatli dag‘al va shirali ozuqalarni iste’mol qilish lozim. Chunki, bu ozuqalar oshqozon-ichak tizimining me’yordagi faolligiga va sifatli sut hosil qilishiga imkon beradi. Yuqori me’yordagi to‘yimli oziqlantirishga o‘tilganda, sut miqdori ko‘tariladi va uning sifati yaxshilanadi. Sut ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda sigirlarning ozuqani sut bilan qoplash darajasi alohida amaliy ahamiyat kasb etadi va sigirlardan sutbop podalarda foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi. Xo‘jalikda yil davomida bir tipli oziqlantirish tashkil qilingan bo‘lib ayrim shirali, konsentrat va dag‘al ozuqalar xo‘jalikning o‘zida yetishtiriladi. 1-jadval Sigirlarni bir tipdagi oziqlantirishda foydalanilgan ozuqalar salmog‘i, % Guruhlar № Ozuqalar I II III ISSN:2181-2020 31 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND PROSPECTS OF DEVELOPMENT” MAY 16, 2025 in-academy.uz 1 Beda pichani 12 11,82 11,7 2 Bug‘doy somoni 4,45 4,38 4,33 3 Paxta shluxasi 7,1 7 6,93 4 Senaj 10 9,86 9,75 5 Makkajo‘xori silosi 26,48 27,56 28,33 6 Nimqand lavlagi 4,02 3,96 3,92 7 Makka yormasi 20,3 20 19,8 8 Bug‘doy yormasi 11,85 11,68 11,54 9 Paxta shroti 3,8 3,74 3,7 Jami 100 100 100 Tajriba guruhlaridagi sigirlarga bir tipdagi oziqlantirish tashkil etilgan ozuqalardan foydalanildi. Laktatsiya davomida tajriba guruhlaridagi sigirlarning ozuqalarning to‘yimligi va salmog‘i o‘rganilganda I tajriba guruhidagi sigirlar dag‘al ozuqani 23,6 foiz shirali ozuqani 40,5 foiz konsentrat ozuqani 35,9 foiz II tajriba guruhidagi sigirlar dag‘al ozuqani 23,2 foiz shirali ozuqani 41,4 foiz konsentrat ozuqani 35,4 foiz, III tajriba guruhidagi sigirlar dag‘al ozuqani 23,0 foiz shirali ozuqani 42 foiz konsentrat ozuqani 35,0 foiz iste’mol qilingan. Bu ozuqalarning to‘yimligi va salmog‘i bo‘yicha guruhlararo keskin farq kuzatilmaganligi qayd qilindi. Boshqacha qilib aytganda oziqlantirish va asrash sharoitini yanada yaxshilagan holda golshtin sigirlardan ko‘proq mahsulot olish mumkin. Sut mahsuldorligini o‘rganish borasidagi izlanishlar ko‘p o‘n yilliklar davomida o‘tkazilib kelinmoqda. Olib borilgan seleksion ishlar natijasida sigirlarning sut mahsuldorligi bir necha martaga oshdi. Shu narsa aniqki, chetdan keltirilgan golshtin zotning xo‘jalik foydali belgilari, ayniqsa ularning tirik vazni, sut mahsuldorligi yaxshi takomillashgan. Xulosa. Shunday qilib, tadqiqotlar natijalariridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki golshtin zotli sigirlar laktasiya davomida bir turdagi ozuqani yuqori ishtaha bilan iste’mol qildilar, bu o‘z navbatida ularning yuqori darajadagi sut mahsuldorligini yuzaga chiqarishga imkoniyat yaratdi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. M.X. Dosmuxamedova Qoramolchilik. O‘quv qo‘llanma. Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi. Toshkent. 2024. 204 b 2. M.X.Dosmuxamedova, U.N.Nosirov. Toshkent atrofida chorvachilik fermer xo‘jaliklar podasini golshtinlashtirish va sersut qilish texnologiya usullarida sut maxsuldorligini oshirish. //Zooveterinariya. 2012 № 7. 30 -31 b. 3. Nosirov U.N. Dosmuxamedova M.X Import qilingan Germaniya golshtin mollar genotipli nasldorlik va mahsuldorlik sifati. Zooveterinariya jurnali. №7-8. 2012. 35-36 b. 4. Nosirov.U.N. va boshqalar. Chorvachilikda klassik va zamonaviy seleksiya usullari. Toshkent. 2008. 472 b 5. A.K.Kaxarov, M.K.Narbayeva, Sh.E.Qurbonova, O.A.Maxmadiyorov. Qoramolchilikda golshtinlashtirishning zootexnikaviy va iqtisodiy samaradorligi. // Zooveterinariya. 2013.№ 9. 26-27 b. ISSN:2181-2020 32
Доказательный фрагмент
«This article provides information on the feeding conditions of red-and-white Holstein cows at the "Abdumalik Ota Vorislar" breeding farm in the Bakhmal district of the Jizzakh region.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information on the feeding conditions of red-and-white Holstein cows at the "Abdumalik Ota Vorislar" breeding farm in the Bakhmal district of the Jizzakh region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cattle farm, red-and-white Holstein, breed, feeding conditions, qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi, oziqlantirish sharoiti, zot, qizil-оlа gоlshtin
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025