К содержанию
РецензированоUZ2025

TAKALARDA KO‘PAYISH BILAN BO‘G‘LIQ JINSIY REFLEKSLARNING NAMOYON BO‘LISHI

PROSPECTS OF DEVELOPMENT” · NAMOYON BO‘LISHI (MAY 16, 2025 in-academy.uz)

Евразийский журнал академических исследований · 2025

Аннотация

The article discusses the signs of sexual reflexes associated with reproduction in he-goats, which have important biological significance in assessing reproductive traits. The simplest and most effective method during the breeding season is to determine the female's estrus by the sexual reflexes of he-goats. Thus, knowledge of the sequence of sexual reflexes in goats will allow monitoring future reproductive processes Key words: he-goat, reproduction, unconditioned and conditioned reflexes, pheromone. Organizmning muayyan biologik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan maqsadli faollik fe’l-atvor harakati hisoblanadi. Biologik ehtiyoj - bu tirik organizmlarning o‘zini saqlab qolishi va rivojlantirishi uchun tashqi muhit bilan a’loqasini ta’minlaydigan o‘ziga xos kuch, tirik tizimlar faolligining manbai hisoblanadi. Ehtiyojni boshqacha qilib turtki, motivatsiyali, harakatlatiruvchi deb nomlasa bo‘ladi. Bu ehtiyoj biron bir yetishmovchilikda, noqulaylikni his qilganda o‘zini namoyon qiladi va kuchayadi. Bu instink fe’lq-atvor reaktsiyalarining dastlabki tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, ma’lum bir ixtisoslashgan xarakterdagi faollikni keltirib chiqaradi. Hayvonlarning o‘ziga xos faollik turiga undaydi. Masalan, ko‘payishga tayyorgarlik ko‘rish. Hayvonlarda har bir fe’l-atvor harakati asosida tabiiy instinklar yotib, ular shartsiz va shartli reflekslar orqali o‘zini namoyon etadi. Hayvonlarining fe’l-atvor harakatlarini bilish zootexnik, veterinar, biolog, biotexnolog uchun juda muhim. Chunki hayvonlarni parvarish qilish uchun maqbul sharoitlarni yaratish, ISSN:2181-2020 55 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND PROSPECTS OF DEVELOPMENT” MAY 16, 2025 in-academy.uz oziqlantirish, ekspluatatsiya qilish, kasalliklarning oldini olish, sog‘lig‘ini baholash, organlar va organizm faoliyatining buzilish tabiati va uning darajasi, ushbu faoliyatni to‘g‘rilash uchun organizmga ta’sir qilish yo‘llari va usullarini aniqlash, ularni ko‘zlangan tomonga o‘zgartirish imkoniyati ilmiy asoslash kabi chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Organizmning reproduktiv funktsiya juda murakkab biologik jarayon hisoblanadi. Hayvonlarning ko‘payish fiziologiyasi xususiyatlarini bilishda genotipik va paratipik omillar ta’siri katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Organizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini kashf qilinishi, ularda kechadigan irsiylanish mohiyatini chuqurroq tushunishga imkon beradi. Ko‘payish jarayonlari mohiyatini to‘g‘ri tushunish hayvon organizmlari tabiatini boshqarishga yo‘l ochadi va shu bilan yangi zotlarni yaratish va mavjud zotlarni yaxshilash, yuqori mahsuldor yosh hayvonlarni saqlash va maqsadli ravishda urchitish imkonini beradi. Naslchilik ishlarining eng muhim tadbirlaridan biri avlodlarining sifati bo‘yicha tekshiruvdan o‘tgan naslli hayvonlardan jadal foydalanishdir. Naslli hayvonlar nafaqat tegishli eksteryer, mahsuldorligi va salomtligi kabi ko‘rsatkichlari bilan ustunlik qilishi, balki undan foydalanish o‘zining yuqori butun reproduktiv xususiyati bilan ham ajralib turishi kerak. Uning dastlabki bosqichida kuyga kelgan urg‘ochilarni izlash, erektsiya, irg‘ish, kopulyatsiya va eyakulyatsiya reflekslari namoyon bo‘ladi. Takalarning reproduktiv funktsiyasi shartsiz va shartli reflekslar majmuasidan tashkil topgan. Bunda jinsiy reflekslar zanjiridagi ketma-ketligida dastlabki bosqichini kuyga kelgan tuvchalarni izlash va ta’qib qilish refleksi egallaydi. Odatda takalarda bu refleks juda aniq, ko‘zga yaqqol tashlanadi. Takalar hattoki kerak bo‘lsa, juftlashish mavsumida tuvchani izlab ko‘p kilometr yurishga qodir. Bunda takalarning tuvchalarni topishga undovchi fenomen hid bilish hissi etakchi rolni o‘ynaydi. Tuvchalar jinsiy a’zosidan ajraladigan feramonlar takalarda mazkur refleksni stimullaydi. Takalarda jinsiy reflekslar zanjiridagi navbatdagi bosqishi erektsiya refleksida sodir bo‘ladi. Natijada jinsiy a’zodagi arterial tomirlarining yuzasining kengayishi uni to‘q qizil rangga kirishiga olib keladi. Bundan tashqari kavernoz tananing piyoscha-kavernoz va o‘tirg‘ich-kavernoz muskullarining qisqarishi va uretra devorining qonga to‘yinishi jinsiy a’zo o‘lchami va hajmining kattalashishiga sabab bo‘ladi. Ilmiy manbaalarda qayd etilishicha bulbouretral va kichik uretra bezlari tomonidan ajralgan sekret urogenital kanalni siydikdan tozalash va sperma o‘tishi uchun sharoit yaratadi. Takalarda jinsiy reflekslar zanjiridagi keying jinsiy refleks bu – tuvchalarga irg‘ish refleksidir. Mazkur refleks han takalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda takalar tuvchalarga irg‘ish oldidan old oyoqlari bilan tuvchani turtib, o‘ziga xos tovush chiqaradi. Ko‘pchilik boshqa tur erkak hayvonlarida agar urg‘ochi hayvon irg‘ishga to‘sqinlik qilsa, jinsiy mayli susayadi. Hattoki irg‘imaslik holatlari kuzatilishi mumkin. Takalarda esa aksincha, tuvchalar irg‘ishga yo‘l qo‘ymay nari borishsa ham takalar ularning ortidan qolmaydi. Tuvcha

Доказательный фрагмент

«The article discusses the signs of sexual reflexes associated with reproduction in he-goats, which have important biological significance in assessing reproductive traits.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the signs of sexual reflexes associated with reproduction in he-goats, which have important biological significance in assessing reproductive traits. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
he-goat, reproduction, unconditioned and conditioned reflexes, pheromone, feramon., taka, shartsiz va shartli reflekslar, pheromone., repoduksiya, козел, феромон., безусловные и условные рефлексы, размножение
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники