Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
G‘ALLANING RIVOJLANISH FAZALARI VA O‘RIM-YIG‘IMNI BOSHLASHNING MAQBUL MUDDATINI ANIQLASH
PROSPECTS OF DEVELOPMENT” · MAQBUL MUDDATINI ANIQLASH (MAY 16, 2025 in-academy.uz) · Narbaeva L.X. (MAY 16, 2025 in-academy.uz)
Евразийский журнал академических исследований · 2025
Аннотация
Maqolada respublikamizda don etishtirishning, o‘rim-yig‘im davrida qo`yiladigan agrotexnik talablar, bug‘doyning rivojlanish fazalari, o‘rim-yig‘im ishlarini boshlash masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: kombayn, donni o‘rib-yanchib olish, donning namligi, o‘rib-yanchib olish muddati, agrotexnik talablar, donning etilganlik darajasi, o‘rim – yig‘im vaqti. Kirish. Don - davlat boyligi, farovonligi va qudrati manbaidir. Boshoqli don ekinlarini etishtirish texnologik jarayonida ularni o‘rib-yanchib olish ishlari g‘alla etishtirishda yakunlovchi davr hisoblanadi va bizda boshoqli don ekinlarini o‘rib-yanchib olish juda qisqa vaqtda amalga oshiriladi, natijada bu jarayonga katta miqdorda o‘rim-transport kompleksi jalb etiladi. Dalada etishtirilgan hosilni o‘rib-yanchib olish – qishloq xo‘jaligidagi ishlarning eng muhim bosqichlaridan biridir. O‘rim-yig‘im ishlarini o‘z vaqtida va yuqori sifatda o‘tkazish yig‘ishtirib ollinadigan donning miqdoriga va sifatiga bog‘liq. Donli ekinlarning hosildorligini oshirish bilan birgalikda uni ishlab chiqarishni ko‘paytirishning katta rezervlaridan yana biri bo‘lib, o‘rim-yig‘im davrida nobudgarchilikni kamaytirish ham hisoblanadi. Nafaqat yaxshi hosilni etishtirish muhim, balki uni to‘lig‘icha saqlash, o‘z vaqtida o‘rib-yanchib olish va o‘rim- yig‘im davrida nobudgarchilikka yo‘l quymaslik zarur. Materiallar va metodlar. Samarqand viloyatining sug‘orilayotgan maydonlarida etishtirilayotgan boshoqli don ekinlarini maqbul agrotexnik muddatlarda va nobudgarchiliksiz o‘rib-yanchib olish uchun qator yillardan buyon, jumladan, 2025 yilda ham KEYS, Nyu-Xolland, KLAAS, Vektor va boshqa rusumli g‘alla kombaynlaridan foydalanishi ko‘zda tutilgan. Import kombaynlaridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning natijalari ko‘rsatadiki, boshoqli donlarni o‘rib-yanchib olish davrida kombaynlarning samarali ishlashi ko‘p jihatdan ularning mavsumga qanday tayyorlanganligiga bog‘likligi aniqlandi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda oldimizda turgan vazifalardan biri yuqorida keltirilgan kombaynlarni mavsum davomida beto‘xtov ishlashini ta’minlashdir. Bizning sharoitda boshoqli don ekinlarini o‘rib-yanchib olish boshlanadi qachonki, dalada etishtirilayotgan donning namligi 16-18 % bo‘lganda, ya’ni kombaynlar yordamida o‘rim-yig‘im ishlarini dalada maksimal biologik hosil etilgan paytda. Professor M.Toshboltaev tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, pishib etilgan g‘alla 5 kun kechiktirib o‘rilsa 4%, 10 kun kechiktirilsa12%, 20 kun kechiktirilsa 28% don erga to‘kilib ketadi [1]. O‘rim-yig‘im davrining qisqa vaqtda amalga oshirilishini hisobga olgan holda uning boshlanishidan oldin quyidagilarga e’tiborni qaratishimiz zarur. ISSN:2181-2020 59 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND PROSPECTS OF DEVELOPMENT” MAY 16, 2025 in-academy.uz Agrotexnik talablar kombayn operatorining ishlash sifatini baholashda boshlang‘ich nuqta bo‘lib hisoblanadi. O‘rim-yig‘im davrida quyidagi agrotexnik talablar qo‘yiladi: G‘allani o‘rib-yanchib oladigan kombaynlarga qo‘yilgan agrotexnik talablarga muvofiq texnologik jarayonning kombayn normal yuklanishda ishlagandagi sifat ko‘rsatkichlari quyidagilardan kam bo‘lishi kerak: -poyasi to‘g‘ri o‘sgan g‘allani o‘rib-yanchib olishda jatka orqasidagi nobudgarchilik donda 0,5 %, yotib o‘sgan g‘allani o‘rishda 1,5 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak; -rotor orqasida umumiy nobudgarchilik, donning namligi 18 % gacha bo‘lgan g‘allani o‘rishda ko‘pi bilan 1,5 %; -iste’mol qilinadigan va embop donlar 2 %, urug‘lik donlar 1 % dan ortiq maydalanmasligi va uvalanmasligi lozim; -kombayn bunkeriga tushayotgan don samon aralashmalaridan tozalangan bo‘lishi va ifloslanish darajasi 5 % dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Bizning sharoitda asosan bir fazali o‘rish usuli qo‘llaniladi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan agrotexnik qoidalarga rioya qilinishi maqsadga muvofiqdir. Professor D.Yormatova va boshqalar tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, don ekinlarining doni yanchib olingandan keyin somoni va to‘poni hamda poyalari chorva mollariga ozuqa sifatida beriladi. Ammo ularning donlari ham chorva mollariga ozuqa sifatida etishtiriladi, tarkibida oqsil miqdori 10-11 foiz bo‘lgan bug‘doy navlari chorva mollariga ozuqa sifatida beriladi.Bug‘doyning 100 kg donida 117, arpada 126, sulida 100, makkajo‘xorining donida 130, quruq poyasida 35, ko‘k poyasida 20 ozuqa birligi borligi keltirilgan. Shuningdek, insonlar don ekinlaridan o‘zlariga kerakli bo‘lgan uglevodlarning yarimini, oqsilning ychdan birini, B guruh vitaminining 50-60 foizini, C vitaminining 80 foizini oladi. 1 kg bug‘doy nonida 2000-2500 kaloriy bo‘lgani uchun ham unga alohida e’tibor berilishi ko‘rsatilgan [2]. Donli ekinlar vegetatsiya davrida bir necha ketma-ket rivojlanish fazalarini (fenofazalar) bosib o‘tadi, ya’ni o‘simlikda morfologik o‘zgarish va yangi organlarning paydo bo‘lishini ifodalaydi. Dala sharoitida donli ekinlar, xususan bug
Доказательный фрагмент
«Maqolada respublikamizda don etishtirishning, o‘rim-yig‘im davrida qo`yiladigan agrotexnik talablar, bug‘doyning rivojlanish fazalari, o‘rim-yig‘im ishlarini boshlash masalalari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada respublikamizda don etishtirishning, o‘rim-yig‘im davrida qo`yiladigan agrotexnik talablar, bug‘doyning rivojlanish fazalari, o‘rim-yig‘im ishlarini boshlash masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘rib-yanchib olish muddati, agrotexnik talablar, kombayn, donni o‘rib-yanchib olish, donning etilganlik darajasi, donning namligi, o‘rim – yig‘im vaqti.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025