Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ASALARILARNING XO‘JALIKDAGI FOYDALI XUSUSIYATLARI
PROSPECTS OF DEVELOPMENT” · To‘rayev O.S. (MAY 16, 2025 in-academy.uz) · Maxmadiyorov O.A. (MAY 16, 2025 in-academy.uz) · Abdullayev J.O. (MAY 16, 2025 in-academy.uz) · Ibodullayeva M. (MAY 16, 2025 in-academy.uz) · Otamuradova M.K. (MAY 16, 2025 in-academy.uz)
Евразийский журнал академических исследований · 2025
Аннотация
The article provides information on economic benefits of bees in the local activity within one minute, the weight of the honey bag, and the concentration of sugar in it. Key words: concentration, honeycomb, gene pool, morphological, refractometer, parallel, square. Kirish. Respublikamiz issiq iqlim sharoiti va serasal o‘simlik turlarining ko‘pligi bilan boshqa Davlatlardan ajralib turadi, bu esa o‘z navbatida sohani rivojlantirishda muxim axamiyat kasb etadi. So‘ngi yillarda sohada vujudga kelgan salbiy oqibatlar natijasida asalari oilalari bosh soni kamayib ketdi, bu esa mavjud asalari zotlarining irsiy xususiyatlaridan to‘la foydalanish imkoniyatlarini chegaralab qo‘ydi, asalarilarning rivojlanish qobiliyati kechika boshladi, qishlovdan chiqishi og‘irlashdi, iqlim sharoitimizga va turli kasalliklarga chidamliligi pasaydi. Asalarilarning ana shunday beminnat xizmatlarini va u dehqonlaring qanotli yordamchisi ekanligini hisobga olib hukumatimiz keyingi yillarda asalarichilikni Respublkamizda yanada ham rivojlantirish to‘g‘risida ko‘pgina qarorlar qabul qildi. Shu munosabat bilan “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3327 sonli qarori qabul qilindi. Bu qaror asosida Respubilkamizda asalarichilik sohasi bir muncha rivojlandi. Uning moddiy- texnika ta’minoti, kadrlar bilan ta’minlash ishlari mustahkamlanadi. O‘zbekistonda iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirilishi va Respublikada har bir sohaning rivojlanishida uzoq muddatli aniq chora tadbirlar dasturlari qabul qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022 yil 8 fevraldagi PQ-120 sonli qarori asosida “Respublikada 2022-2026 yillarda asalarichilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora tadbirlar” Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida sohani tubdan qayta qurishga asosiy omil bo‘ldi va asal ishlab chiqarishga 2026 yilga kelib 50 ming tonnaga yetkazish choralari ko‘rsatilgan. ISSN:2181-2020 62 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND PROSPECTS OF DEVELOPMENT” MAY 16, 2025 in-academy.uz Respublika aholisini asalarichilik mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlashda, barcha viloyatlarda joylashgan shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi. Respublikada asalarichilikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Xususan, asalarichilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Ularga xizmat ko‘rsatish madaniyati tubdan o‘zgarmoqda, sohani sanoat texnologiyasi asosida rivojlantirish yo‘llari izlanmoqda. Respublikada tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan fermer xo‘jaliklarida asalarichilik ishlarini tashkil etish va asalari oilasini boqish texnologiyasini modernizasiyalash va shu yo‘l bilan oila mahsuldorligini oshirish yo‘llarini izlash, bunda asalari oilasida erta bahordan boshlab bajariladigan eng mayda texnologik jarayonlarini modernizasiyalashgan, yangi texnologiya asosida amalga oshirishdan iboratdir. Sh.G.Yamaltdinov (1989) Respublikamizda mahalliy populyasiyadagi asalarilarning o‘rganish borasida Samarqand viloyatidagi Kablukov nomli asalarichilik xo‘jaligidagi asalarilar o‘zining morfologik belgilari bilan bir-biriga o‘xshamasligi va ular issiq iqlim sharoitida, tabiiy tanlash yo‘li asosida O’zbekistonning o‘ziga xos populyasiyadagi mahalliy asalarilar mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi. [2, 3]. Asalarilarning xarakterli hususiyatlaridan biri, u yuvosh, tinchliksevar, qarov o‘tkazilganda o‘zini erkin saqlaydi va chaqishga harakat qilmaydi. Past haroratli ob – havoda ham dalada ishlaydi, ertalab quyosh chiqishdan oldin ish faoliyatini boshlaydi va kech qorong‘u tushguncha ishlaydi, hatto issiq oydin kechalarida oy shu’lasiga qarab, g‘o‘za qator oralariga ishlab, shira to‘plashi ko‘p marotaba kuzatilgan. [2, 4]. A.M.Vengerov (2002), S.P.Maksimovlarning (2006) tadqiqotlarida Rossiya federasiyasi mintaqalarida ham ko‘pgina asalari populyasiyalari borligi va ular bir-biridan xulq atvori, xo‘jalik foydali xususiyatlari va morfologik belgilari bilan keskin farq qilinishini ko‘rsatib o‘tilgan hamda ular juda qimmatli genofond ekanligini, uni saqlash qadrlash hamda maxsus pitomniklarda seleksiyalash yo‘li bilan ko‘paytirish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tganlar. Respublikamizning ta’biiy iqlim sharoitiga moslashgan mahalliy populyasiyadagi asalarilarning morfologik belgilari va xo‘jalik foydali hususiyatlarini o‘rganish muhim ilmiy – amaliy ahamiyatga ega. Bu populyasiyadagi asalarilar respublikamizning iqlimiga moslashgan bo‘lib, kasalliklarga chidamli, tog‘ va tog‘oldi hamda sug‘oriladigan yerlarda o‘sadigan o‘simliklar guliga tez moslashib, boshqa zot asalarilarga nisbatan ko‘p asal mahsuloti to‘plash hususiyati bilan ajralib turadi. Shu maqsadda mahalliy populyasiyadagi asalarilarning xo‘jalik foydali xususiyatlarini va uning xulq atvorini o‘rganish maqsadida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy–tadqi
Доказательный фрагмент
«The article provides information on economic benefits of bees in the local activity within one minute, the weight of the honey bag, and the concentration of sugar in it.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides information on economic benefits of bees in the local activity within one minute, the weight of the honey bag, and the concentration of sugar in it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- concentration, honeycomb, gene pool, morphological, refractometer, genofond, morfologik, refraktometr, kvadrat., square., parallel, asal qopchasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014