Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QO‘SHIMCHA OZUQALAR ONA ASALARINING VAZNIGA VA PUSHTDORLIGIGA TA’SIRI O‘RGANISH
PROSPECTS OF DEVELOPMENT” · PUSHTDORLIGIGA TA’SIRI O‘RGANISH (MAY 16, 2025 in-academy.uz) · Yunusov X.B. (MAY 16, 2025 in-academy.uz) · Maxmadiyorov O.A. (MAY 16, 2025 in-academy.uz) · Abdullayev J.O. (MAY 16, 2025 in-academy.uz) · Otamuradova M.K. (MAY 16, 2025 in-academy.uz) · Ibodullayeva M. (MAY 16, 2025 in-academy.uz)
Евразийский журнал академических исследований · 2025
Аннотация
В результате кормления пчелиной семьи сахарным сиропом и медоперговой массой у матки показатели живой массы, плодовитости, и продуктивносты увеличивается на 10-15 %. Summary: As the result of feedino honey family with the sugar, serop and honey bee bread mass the indicaters of live mass fertility and productivity of the gueen increase by 10- 15 % Kalit so‘zlar: ozuqa, asalari oilasi, oziqlantirish, qaymog‘i olingan sut, sun’iy sut, o‘sish va rivojlanish, qo‘shimcha ozuqalar, ona asalari, tuxum quyishi, asalarilar soni, oilalar mahsuldorligi. Kishish. O‘zbekiston iqlim sharoiti tez o‘zgaruvchan bo‘lib, gohida u asalarilarni uchish faoliyatini va asal to‘plashini susaytiradi, havoning keskin isishi yoki yog‘ingarchiliklarning ko‘p bo‘lishi, o‘simliklarni shira ajratishini to‘xtatib qo‘yadi. Ana shu davrda asalari oilasida rivojlanish to‘xtab qoladi, ona asalari tuxum qo‘yishni qisqartiradi, xuddi shunday oilada yosh nasl miqdori kamayib qoladi. Bularning hammasi asalari oilasini o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi, hamda oilani bahor va yoz oylarida qo‘shimcha ravishda rag‘batlantiruvchi, qo‘zg‘atuvchi, kuchaytiruvchi, quvvatlovchi, mineral oziqalar va vitaminlar bilan qo‘shimcha oziqlantirishni talab qiladi. Shu bois, asalari oilasiga gulchangi yetishmagan davrda ozuqa tarkibiga, oilani o‘sishi va rivojlanishnini tezlashtiruvchi mineral moddalardan qo‘shib kelganlar. Masalan, oqsilli ozuqalardan qaymog‘i olingan sut, “Kichkintoy” bolalar ozuqasi, sun’iy sut, xamirturush va achitqilar, mineral moddalardan–xlorella suspenziyasi kabi preparatlar asalari oilasini oziqlantirishga tajriba tariqasida foydalanib kelingan va ijobiy natijalar olingan. Yu.S. Suchkov, N.Ye.Laduxin (2003), tajribalarida 1 litr yog‘i olingan sutda eritilgan 1 kg shakar eritmasi asalarilarga tunda, har bir oilaga 300 grammdan eritma tariqasida berilgan, natijada ona asalarining serpushtligi oshgan. O.S. To‘rayevning (1992) ma’lumotlariga ko‘ra asalarilar qishlovi uchun 78 % shakar, 18 % suv va 7,4 % gul asalidan tuzilgan aralashmani berishni tavsiya etadi. Aralashma 35-40 ºC haroratda 10-12 kun ushlab turiladi, uni har kuni ikki marta aralashtirib turish lozim bo‘ladi. O.S.To‘rayevning (2003) o‘tkazgan tajribalarida bolalar ozuqasi uchun sanoat usulida ishlab chiqarilayotgan “Kichkintoy” sun’iy sut kukunining 10 va 20 % li eritmalarini shakar ISSN:2181-2020 66 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND PROSPECTS OF DEVELOPMENT” MAY 16, 2025 in-academy.uz sharbatiga qo‘shib asalari oilasini oziqlantirish uchun foydalangan. Natijada, bahor faslida 10 % va 20 % li ozuqalardan foydalangan asalari oilalarida nazoratdagi oilalarga nisbatan ishchi asalarilar miqdori 33-42 % ga, asal mahsuloti esa 21,7 – 46,6 % ga ko‘p bo‘lgan. Xuddi shunday tajribalar nazoratdagilarga nisbatan 9,0-24,1 % ga ko‘payganligi va asalari oilasi qishlovi uchun sifatli oqsilga boy ozuqa bilan ta’minlangan. Asalari oilalarining o‘sishi va rivojlanishi uchun to‘la qimmatli ozuqa bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bunda oilalarning imkoniyati katta ahamiyat kasb etadi. Kuchli oilalarda o‘stirilgan asalarilar o‘zining yuqori mahsuldorligi bilan ajralib turadi, uzoq umr ko‘radi va o‘rtacha imkoniyatga ega bo‘lgan oilalarga nisbatan ularning so‘ruvchi xartumchasi uzunroq bo‘ladi. Asalarilarning o‘sishi va rivojlanishiga qator omillar, ya’ni mo‘tadil harorat va oziqlantirish katta ta’sir etadi, hattoki eng kam oziqlanadigan lichinkalar istemol qilgan oziqalar ham ularning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir etishi mumkin. Asalarilarni qo‘shimcha oziqlantirish maxsus oziqlantirish joylarida 2-3 kun oralig‘ida 3-4 kg dan 2:3 nisbatda beriladi. Buning uchun sof lavlagi yoki qamish shakaridan foydalanilgani maqsadga muvofiqdir. Iloji boricha, kraxmal, un, osh tuzi, xushbuy moddalar essensiyalarini qo‘shish yaramaydi. Shakarli qiyom 35-40 0C gacha sovutiladi va asalarilarga kechasi beriladi. Ozuqa uchun asalni shakarga almashtirish zarur bo‘lib qolgan paytlarda bu ish asosiy asal yig‘ib olingandan keyin, ya’ni avgustning ikkinchi yarmida amalga oshiriladi. Bu qari asalaridan oqilona foydalanish imkoniyatini beradi va yosh asalarilar esa yaxshi qishlaydi. Ona asalarilarning tuxum qo‘yishini kuchaytirish uchun qo‘shimcha oziqalar beriladi. Qo‘shimcha oziqalarni tayyorlash reseptini keltirib o‘tamiz. 1. Sutli+shakarli qo‘shimcha ozuqa: Bir litr yangi sut 60 0C gacha qizdiriladi va unga 1 kg shakar qo‘shiladi. Har kuni 0,2-0,3 kg dan berib boriladi. Ozuqa beriladigan idish shishali bo‘lishi kerak. 2. Suyuq asalli+pergali qo‘shimcha ozuqa: Birkg asal, 1 kg perga yarim litr qaynoq suv bilan aralashtiriladi. Perganing yumaloqlari yaxshilab eziladi. Aralashma asalarilarga berishdan avval suzgichdan o‘tkazib olinadi. Har bir-ikki kun oralig‘ida 0,4 kg dan oziqlantiriladi. 3. Achitqili qo‘shimcha ozuqa: 50 gr yangi nonvoy achitqisi, 600 gr shakar va 350 gr suv olinib aralashtiriladi va 1 litr qo‘shimcha oziqa olinadi. Shaka
Доказательный фрагмент
«В результате кормления пчелиной семьи сахарным сиропом и медоперговой массой у матки показатели живой массы, плодовитости, и продуктивносты увеличивается на 10-15 %.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ результате кормления пчелиной семьи сахарным сиропом и медоперговой массой у матки показатели живой массы, плодовитости, и продуктивносты увеличивается на 10-15 %. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oilalar mahsuldorligi., sun’iy sut, ona asalari, qo‘shimcha ozuqalar, asalarilar soni, asalari oilasi, oziqlantirish, ozuqa, o‘sish va rivojlanish, qaymog‘i olingan sut, tuxum quyishi
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025