Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURLI GENOTIPGA MANSUB BO‘LGAN AVLODLARNING JUN-TOLA QOPLAMINING SIFAT VA MIQDORIY KO‘RSATKICHLARI
PROSPECTS OF DEVELOPMENT”
Евразийский журнал академических исследований · 2025
Аннотация
The relationship between the wool fiber length and the density of the wool cover and the color plane of blue offspring obtained from mating with different genotypes was studied and conclusions were made. Keywords: blue black lambs, selection, mating, fiber length, fiber cover density, dense, insufficient, sparse and color flatness, excellent, even, uneven. Kirish. Mamlakatimizda bugungi kunda qorako‘lchilik rivojlangan hududlarda qo‘ylar bosh sonini oshirish hamda ularning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini yuqori bo‘lishini taminlash asosiy vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Shunga e’tiboran qorako‘lchilikda qo‘zilar teri yuzasida muhim bo‘lgan bir qancha gul ko‘rsatkichlari hamda jun-tola qoplamining sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu ko‘rsatkichlar talab darajasida bo‘lgan qo‘zilarni ko‘paytirish uchun naslchilik ishlarida tanlash va juftlash ishlarini to‘g‘ri olib borish bilan yuqori natijalarga erishish mumkin. Qorako‘lchilikning soha mutaxassislari hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqotchilar yuqorida aytib o‘tilganlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Buning natijasida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan avlodlar olinishini taminlash imkonini beradi. Tadqiqotning maqsadi. Turli genotipga mansub bo‘lgan ko‘k rangli avlodlarning jun-tola uzunligi va jun-tola qoplamining zichligi hamda ushbu ko‘rsatkichlarning rang tekisligi bilan bog‘liqligi o‘rganish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi. Tadqiqotni bajarish joyi va usullari. Tadqiqotlar Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani “Bobotog‘ suri qorako‘lchilik” MChJ xo‘jaligi sharoitidagi mavjud janubiy O‘zbekiston zavod tipi ko‘k qorako‘l qo‘zilarida bajarildi. Tajribada rang bo‘yicha geterogen ♂ko‘k afg‘on X ♀qora janubiy O‘zbekiston (tajriba) hamda ♂ko‘k janubiy O‘zbekiston X ♀qora janubiy O‘zbekiston (nazorat) guruhlarni juftlash natijasida olingan ko‘k avlodlarining jun-tola sifati hamda ushbu ko‘rsatkichlarning rang tekisligi bilan bog‘liqligi o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Avlodlarni baholashda S.Yu.Yusupov va boshqalarning “Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma” (2015) hamda ma’lumotlarga matematik ishlov berish variatsion statistika usullarida (N.A.Ploxinskiy, 1969) amalga oshirildi. ISSN:2181-2020 71 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND PROSPECTS OF DEVELOPMENT” MAY 16, 2025 in-academy.uz Avlodlarda jun-tola uzunligi va jun-tola qoplamining zichligi hamda ushbu ko‘rsatkichlarning rang tekisligi bilan bog‘liqligi. Qorako‘l qo‘zilar jun-tola uzunligi va zichligi ularning sifatini baholashda muhim ko‘rsatkichlardan biri sifatida qaraladi. Jun tolalarining uzunligi gullar mustahkamligi, tig‘izligiga va jingalakni tuzilish sturukturasiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bevosita ta’sir qiladi. Bundan tashqari qorako‘l qo‘zilarining jun-tola uzunligi va tig‘izligi sovluqlarning yoshiga, qo‘zilarning egiz va yakka tug‘ilishiga, tug‘ilish muddatiga, uning vazniga va qaysi barra teri tipiga munosibligiga bog‘liq. Yuqori sifatli ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan avlodlarni ko‘paytirishda jun-tola uzunligi bilan bir qatorda jun qoplamining zichligi ham katta ahamiyatga ega. Jun-tola uzunligi muhim belgilar qatoriga kirib, uning normal uzunlikda bo‘lishi va undan ham qisqa bo‘lishi avlodlarning terisi yuzasida qimmatli gullarning ko‘payishiga olib keladi, uzunligining ortishi bilan yaltiroqligi, ipaksimonligi, gullarning aniqligi, mustahkamligi, naqshi va boshqa talab darajasidagi xossalari kamaya boradi. Jun-tola uzunligining ahamiyati shundaki, u ko‘plab seleksion belgilarning shakllanishiga ta’sir etadi. Jun-tola uzunligiga qarab qo‘zilarning gul tiplari, gullar rasmi, mustahkamligi, jun- tola sifati kabi ko‘rsatkichlarini baholash mumkin. Jun tolalarining teri yuzasi bo‘ylab zichligi ham qorako‘l terilarining sifatini baholashda muhim ko‘rsatkichlar qatoriga kiradi. Jun tolalarining zich bo‘lishi bir qancha ko‘rsatkichlarning jumladan gullarning mustahkamligini va rasmining aniq bo‘lishini ta’minlaydi. Jun qoplamining zichligi ham seleksiya jarayonida e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan belgilardan biri hisoblanib, uning yuqori ko‘rsatkichi ko‘pchilik muhim seleksion belgilarni yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘zidagi teri sifatini aniqlashda jun tig‘izligini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Jun qoplamining tig‘zligi teri sathining 1 mm2 maydoniga to‘g‘ri keladigan jun tolalarining soni bilan baholanadi. Qorako‘l terilarida ushbu maydonga to‘g‘ri keladigan jun tolalarining soni o‘zgaruvchan bo‘lib, 20 dan 70 donagacha bo‘lgan kattalikka ega. Yetmish dona ko‘rsatkichida jun qoplamining zichlik darajasi yuqori bo‘lib, kamayib borishi zichlikning pasayishiga olib keladi. Jun tolalarining zichligi yuqori bo‘lganda gullari mustahkam, aniq va ko‘rkam bo‘lishini ta’minlansa, tola qoplamining siyrak bo‘lishi aksincha holat kuzatiladi, bunda gullar mustahkamli
Доказательный фрагмент
«The relationship between the wool fiber length and the density of the wool cover and the color plane of blue offspring obtained from mating with different genotypes was studied and conclusions were made.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe relationship between the wool fiber length and the density of the wool cover and the color plane of blue offspring obtained from mating with different genotypes was studied and conclusions were made. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- blue black lambs, selection, mating, fiber length, fiber cover density, dense, notekis., insufficient, even, yetarsiz, tekis, sparse and color flatness, ko‘k rangli qorako‘l qo‘zilar, a’lo, excellent, tola qoplamining zichligi, uneven., juftlash, seleksiya, zich, siyrak hamda rang tekisligi, tola uzunligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025