Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
O‘ZBEKISTONDA QO‘YCHILIK VA ECHKIChILIKNING HOLATI VA RIVOJLANISh ISTIQBOLLARI
A. Dumanov (Magistr Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti) · Sh.E. Qurbonova (Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti) · D.T. Rizayeva (Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti)
Евразийский журнал академических исследований · 311-313 · 2015
Аннотация
This article discusses the importance of sheep breeding in the national economy, its current state, development prospects, the number of sheep in the world and in our country, as well as the implementation of increasing production in sheep breeding and improving quality. manufactured products, analyzed the work done, and gave appropriate conclusions and recommendations. Key words: Livestock breeding, sheep breeding, horse population, food products, productivity, productivity, sheep breeds, Jaidari, Hisar, Karakol, raw materials, meat, wool, leather. Kirish. Qo‘ychilik chorvachilikning eng qadimiy va muhim tarmoqlaridan biri hisoblanib, asrlar mobaynida kishilik jamiyatining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutgan. Aholi uchun oziq-ovqat va daromad olishning muhim manbai hisoblangan. Qo‘ylar chorva hayvonlari orasida eng ko‘p sonlisi bo‘lib, yer yuzining barcha mintaqalarida tarqalganligi bilan ajralib turadi. Qo‘ychilik aholini sifatli oziq-ovqat, jumladan go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, sanoatni esa sifatli xom-ashyo hisoblanadigan jun, po‘stinbop, mo‘ynabop va barra teri bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Keyingi yillarda yer yuzida aholi sonining keskin ko‘payishi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli qo‘ychilik sohasini rivojlantirish, qo‘ylar bosh sonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirish ilmiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. 96 E’tibor beradigan bo‘lsak keyingi yillarda mamlakatimizda sohani rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezideti tomonidan 2019 yil 16 martda qabul qilingan “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4243-sonli, 2019 yil 28 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4254- sonli, 2019 yil 20 maydagi “Yaylov to‘g‘risida”gi Q-538-sonli qonunlari, 2022 yil 8 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasida Chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida PQ-120-son qarorlari bunga yaqqol misol bo‘ladi. Bu qonun va qarorlar chorva mollari, shu jumladan respublikamizda qo‘ylar bosh sonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, sohani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo mamlakatlarida va malakatimizdagi mavjud qo‘ylar bosh soni dinamikasiga e’tibor beradigan bo‘lsak, keyingi yillarda ijobiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘lishimiz mumkin. BMT ning Oziq ovqat va qishloq xo‘jligi tashkiloti (ing. FAO-Food and Agricultural Organization.) ning ma’lmotlariga ko‘ra dunyo miiyosida qo‘ylar bosh soni 2010 йилда 1076400000 бошни, 2015 йилда 1176900000 2018 yilda 1209500000 boshni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2018 yilda 2015 yilga nisbatan 2,77% ga, 2010 yilga nisbatan esa 12,36 % ga oshganligini kuzatishimiz mumkin. 1-jadval Qo‘ychilik rivojlangan mamlakatlardagi qo‘ylar bosh soni, mln bosh (FAO ma’lumotlari asosida ) Yillar Mamlakatlar 2010 2015 2018 Avstraliya 68,1 70,9 70,1 Xitoy 134,0 158,5 164,1 Yangi Zelandiya 32,6 29,1 27,3 Hindiston 67,7 62,2 61,7 Eron 47,6 44,7 39,7 Buyuk britaniya 31,1 33,3 33,8 Turkiya 21,8 31,1 33,7 JAR 24,5 23,9 22,5 Pokiston 27,7 29,4 30,5 Rossiya 19,8 22,6 22,3 Ukraina 1,20 0,79 0,73 Qozog‘iston 14,66 15,69 16,42 Qirg‘iziston 4,09 5,06 5,36 Ozarbayjon 7,87 8,02 7,68 Tojikiston 2,62 3,36 3,67 O‘zbekiston 12,08 15,20 17,77 Turkmaniston 13,60 14,00 14,07 Bugungi kunda dunyo mamlakatlari orasida Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Nigeriya, Sudan, Buyuk Britaniya, Eron, Efiopiya, Chad, Turkiya kabi mamlakatlar qo‘ylar bosh soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Sohada ishlab chiqariladigan mahsulotning 4/3 qismi shu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Qo‘ychilik iqtisodiy jihatdan chorvachilikning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori samaradorlikka ega. Yil davomida 11 oygacha yaylovlarda saqlash imkoniyatining mavjudligi, mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi. Ayni paytda mamlakatimizda 24 mln boshga yaqin qo‘y va echkilar mavjud bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan 97 98 go‘shtning asosiy qismi shu tarmoqqa to‘g‘ri keladi. Respublikamizda har 100 kishiga to‘g‘ri keladigan qo‘ylar bosh soni 65 boshni tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumolariga ko‘ra 2023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublikamizda boqilayotgan qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 23602,5 ming boshdan oshgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilda 2011 yilga nisbatan 53,85% ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda qo‘ychilikni rivojlantirish uchun qulay imkoniyat mavjud. Turli mulkchilik shaklidagi ixtisoslashgan xo‘jaliklardagi mavjud shart-saroit, oziqa bazasi, tabiiy yaylovlar mavjud qo‘ylar bosh sonini bir necha ko‘paytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdorini oshirish imkonini beradi. Bu
Доказательный фрагмент
«This article discusses the importance of sheep breeding in the national economy, its current state, development prospects, the number of sheep in the world and in our country, as well as the implementation of increasi…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the importance of sheep breeding in the national economy, its current state, development prospects, the number of sheep in the world and in our country, as well as the implementation of increasi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Livestock breeding, sheep breeding, horse population, food products, qo‘ychilik-echkichilik, jun, qorako‘l teri., Chorvachilik
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026