Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PARRANDACHILIK XO‘JALIKLARI MISOLIDA TUXUM YO‘NALISHIDAGI TOVUQ KROSSLARINING MAHSULDORLIK KO‘RSATKICHLARI
PROSPECTS OF DEVELOPMENT” · dotsent. Ermatov Yu.A. (MAY 16, 2025 in-academy.uz) · assistent. Ibragimov D. M. (MAY 16, 2025 in-academy.uz) · magistr: Samadov X.A. (MAY 16, 2025 in-academy.uz) · talabalar: Akramov D.X. (MAY 16, 2025 in-academy.uz) · Isabekova N.Sh. (MAY 16, 2025 in-academy.uz)
Евразийский журнал академических исследований · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Zarafshon” parrandachilik korxonasida olib borilgan tajriba natijalari asosida “Koral” va “Lohmann-Sandy” krossi tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Tovuqlarning tuxumdorligi, tuxum og‘irligi, tirik vazni, saqlanuvchanligi, ozuqa sarfi va umumiy iqtisodiy samaradorligi kabi omillar solishtirildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, “Koral” krossi tuxum soni va umumiy og‘irligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan bo‘lsa, “Lohmann-Sandy” krossi tuxum og‘irligi jihatidan ustunlik qilgan. Annotation. This article presents the results of a study conducted at the “Zarafshon” poultry farm located in Oqdaryo district of Samarkand region, aimed at evaluating the productivity indicators of egg-laying hens from the “Koral” and “Lohmann-Sandy” crossbreeds. The study compared egg production, average egg weight, live weight, survival rate, feed consumption, and overall economic efficiency of the two crossbreeds. Results showed that the “Koral” crossbreed produced more eggs and had a higher total egg mass throughout the year, while the “Lohmann-Sandy” crossbreed showed superiority in terms of individual egg weight. Kalit so‘zlar: Koral, tuxum, kross, Lohmann Tierzucht, Lohmann LSL, Lohmann Sandi. Kirish. Bozorlarimiz rastalarida qatorlashib turgan tovuq go‘shti va tuxum mahsulotlarini xalqimiz iste’moli uchun ishlab chiqarish tizimi tobora rivojlanib bormoqda. Parrandachilik chorvachilikning eng ustuvor tarmoqlaridan biri hisoblanadi, chunki parranda tuxumi va go‘shtini ishlab chiqarish yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, ayniqsa tuxum mahsulotini yetishtirishda kam xarajat sarflanishi alohida ta’kidlashga loyiqdir. Hukumatimiz tomonidan tashabbus bilan tarmoqqa bir qator imtiyozlar berildi. Mamnuniyat bilan aytishimiz mumkinki, Prezidentimizning 2018 yil 13 noyabrda qabul qilingan PQ–4015-sonli “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ushbu sohaning kelajakda rivojlanishining ustuvor asosi bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur qarorga muvofiq, respublikada parrandachilikni yanada rivojlantirish uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sohaga ilg‘or texnologiyalar hamda innovatsion ishlanmalarni joriy etish, parranda mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, ularning turlari va eksport ko‘lamini kengaytirish maqsadida parrandachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. Parrandachilik – daromadli va samarali tarmoq. Parrandalar biologik jihatdan yuqori darajada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lib, bu soha daromadli tarmoqlardan biri hisoblanadi. Oziq-ovqat xavfsizligini barqaror ta’minlashda parrandachilikni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. ISSN:2181-2020 89 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN LIVESTOCK FARMING, PROBLEMS AND PROSPECTS OF DEVELOPMENT” MAY 16, 2025 in-academy.uz Keyingi yillarda Respublikamizda dunyoga mashhur “Lohmann Tierzucht” firmasining tuxumdor yangi krosslari keltirilib, mahalliy sharoitda urchitilmoqda. Jumladan, “Lohmann Brown Classic”, “Lohmann LSL Extra”, “Lohmann Sandy” kabi krosslar asosida yuqori sifatli tuxum mahsulotlari yetishtirilmoqda. Tuxum yo‘nalishidagi parrandalarning bugungi kunda eng zamonaviy va yuqori mahsuldor krosslariga quyidagilar kiradi: Lohmann (Germaniya), Hy-Line, Dekalb, Bovans (Gollandiya), Hy-Line (AQSH), Rodonit, Shaver (Rossiya). Mahsuldorlik ko‘rsatkichlari: Oq patli tuxumdor tovuqlar: Mahsuldorlik davrida (64 haftalik) tuxumdorlik 280–330 dona, o‘rtacha tuxumdorlik 75–80 %, tuxum og‘irligi 60–62 g, kunlik ozuqa sarfi 105–115 g, mahsulot berish davrida bir boshga jami ozuqa sarfi 42 kg, almashinuv energiyasi 2800 kkal/kg, ozuqa konversiyasi (koeffitsienti): 1,9–2,5 dan oshmasligi lozim. Jigarrang patli tuxumdor tovuqlar: Mahsuldorlik davrida (64 haftalik) tuxumdorlik: 275–325 dona, o‘rtacha tuxumdorlik: 71–79 %, tuxum og‘irligi: 62–64 g. Tuxum ishlab chiqarish dinamikasi: Mahsuldorlikning cho‘qqisi tuxum berishning boshlanishidan 5–7 haftadan keyin yuzaga kelib, bu davrda tuxumdorlik 92–95 % ga yetadi. 10 oydan keyin mahsuldorlik 70 % atrofida saqlanadi. Bir mahsulot berish davrida umumiy tuxum og‘irligi 18–19 kg ni tashkil etadi. Tuxum berishning dastlabki haftalarida mahsulot miqdori 8 % dan 16 % gacha, maksimal cho‘qqisigacha esa 32 % dan 64 % gacha oshadi. Eng yuqori mahsuldorlikdan keyingi davrlarda tuxumdorlik haftasiga 4 % ga kamayib boradi. Keyingi davrlarda berilgan tuxumlarning past toifadagi (2–5%) ulushi ko‘p bo‘lmasligi lozim. Materiallar va metodika. Hozirgi kunda parrandachilik korxonalarida tovuqlarning otalik va onalik galasi sifatida SuperNik final va BraunNik final liniyalari chatishtirilib, Koral final krossi olinmoqda. Ushbu tadqiqotlar Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan “Zarafshon” parrandachilik korxonasida olib borildi. Tadqiqotning maqsadi. Parrandachilik korxonasi sharoitida dunyoga mashhur k
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Zarafshon” parrandachilik korxonasida olib borilgan tajriba natijalari asosida “Koral” va “Lohmann-Sandy” krossi tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarining mahsuldorlik ko…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Zarafshon” parrandachilik korxonasida olib borilgan tajriba natijalari asosida “Koral” va “Lohmann-Sandy” krossi tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarining mahsuldorlik ko… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kross, Koral, Lohmann Tierzucht, Lohmann Sandi., tuxum, Lohmann LSL
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияШарипов Миржалол2025