Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VELOSIPEDNING – SALOMATLIK UCHUN FOYDALI JIHATLARI VA EKOLOGIK OMILLARI.
EKOLOGIK OMILLARI. · Soliyeva Gulchexra Shokirovna · Xolmuratov Obidjon Yoʻldoshivich
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada velosiped haydashning inson salomatligiga ijobiy ta’siri hamda atrof-muhitga foydali ekologik omillari tahlil qilinadi. Shuningdek, velosiped sporti va kundalik transport vositasi sifatida qo‘llanilishi orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Kalit soʻzlar: velosport, transport, salomatlik, ekologik ,yurak-qon sogʻlom turmush tarzi, velosiped, atrof-muhit , jismoniy faollik, sogʻlom avlod. So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ekologik muammolarni kamaytirish yo‘lida velosipedga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Velosiped nafaqat sport va dam olish vositasi, balki ekologik toza transport vositasi sifatida ham ahamiyatga ega. Ushbu maqolada velosipedning salomatlik va ekologiyaga ta'siri ilmiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqiladi.Tarixdan bizga ma’lumki, 1817 yilda nemis professori Karl fon Drez ikki g‘ildirakli o‘zi harakatlanadigan uskunani yaratgan va 1818 yilda “yugurish uchun mashina” deb nomlangan bu uskunaga patent olgan. Ushbu o‘zi harakatlanadigan uskuna ikki g‘ildirakli bo‘lib, boshqaruv ruli va yog‘ochdan yasalgan ramasi borligiga qaramasdan, oyoq bilan harakatlantirish imkonini beruvchi pedallarga ega emas edi. Drezning ushbu ixtirosi dastlabki velosiped deya nomlangan.Velosiped ramalari, shuningdek boshqa qismlarini tayyorlash uchun ishlab chiqilgan metallga ishlov berishning aksariyat texnologiyalari keyinchalik avtomobillar va samolyotlar yaratilishida qo‘llanilgan. XIX asrning oxirlarida ko‘plab davlatlarning pochta xizmatlari velosipeddan foydalanishni boshlaganlar. Xususan, Britaniya pochtasi 1880 yillardan velosipedlarni ishga solgan. Buyuk Britaniyada velosiped haydaydigan pochtachilarning umumiy soni 37 000 kishi, Germaniyada – 27 500, Vengriyada – 10 500 kishini tashkil qilgan.Bugungi kunga kelib esa, velosipedlar ommalashib, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida aholining 34 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference sevimli transport vositasiga aylanib ulgurdi. Ular avtomobillar va jamoat transportlariga qaraganda ko‘plab afzalliklarga ega. Faoliyatini AQShda yurituvchi polshalik sotsiolog, professor Leshek Sibilskiy Jahon velosiped kunini belgilash bo‘yicha BMT rezolyusiyasini ilgari surish uchun o‘zining sotsiologiya sinfi faollari bilan hamorlikda ommaviy kampaniyalar o‘tkazib kelgan. Sa’y-harakatlar ijobiy natijalar berib, 2018 yilning aprel oyida Turkmaniston tashabbusi va 56 ta boshqa davlatlarning xayrihoxligida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 3 iyunni Jahon velosiped kuni sifatida belgilash haqidagi rezolyusiya qabul qilindi. Rezolyusiyada Bosh Assambleya barcha davlatlarni velosipedni ommalashtirishga chaqirib, boshqaruvga oson, arzon, ishonchli va ekologik toza mazkur harakat vositasi insonning ruhiy-jismoniy salomatligini mustahkamlashini ta’kidlagan.3 iyun – Jahon velosiped kunining original logotipi Isaak Feld tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda dunyo bo‘ylab velosiped haydayotgan turli insonlar tasvirlangan. Uning pastki qismida #June3WorldBicycleDay xeshtegi bor. Logotipning asosiy mazmuni velosiped butun insoniyatga tegishli ekani va unga xizmat qilishini ko‘rsatishdan iborat. Albatta, Jahon velosiped kunida dunyodagi barcha insonlar zavq olishi kerak. Velosiped taraqqiyot ramzidir va unda insoniyat chidamliligi, hurmati va hamjihatligi, ijtimoiy integratsiya va dunyo madaniyatining taraqqiyoti namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari velosiped insonga xush kayfiyat ulashuvchi barqaror transport vositasi bo‘lib, ishlab chiqarish va foydalanish uchun qulay, kamxarj transport vositasidir. Eng muhimi, ekologik toza va atrof-muhitga salbiy ta’siri yo‘q. Bugungi kunda Jahon velosiped kuni I va II guruh qandli diabet kasali bilan og‘rigan insonlar uchun sog‘lom tushmush tarzi sifatida qoʻllanilib kelmoqda .Velosipedning salomatlik uchun foydalari.Velosiped haydash jismoniy faollikning eng oddiy va samarali ko‘rinishlaridan biridir. Quyidagi jihatlarda foyda keltiradi:Yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash: Doimiy ravishda velosiped haydash yurak urishini barqarorlashtirib, qon aylanishini yaxshilaydi.Mushaklar va suyaklarni mustahkamlash: Ayniqsa oyoq mushaklari, bel va orqa qismlar faol ishlaydi.Og‘irlikni nazorat qilish: 30 daqiqalik velosiped haydash 200-400 kkal energiya sarflanishini ta'minlaydi.Stressni kamaytirish: Tabiatda velosiped haydash psixologik jihatdan dam olish vositasi sifatida xizmat qiladi.Organizmda kislorod almashinuvi yaxshilanadi.Tadqiqotlarga ko‘ra, haftasiga 150 daqiqa velosiped haydagan odamlar yurak xastaligi, diabet, semizlik va ayrim saraton turlariga 35 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference chalinish xavfini kamaytiradi.Velosipedning ekologik foydalari:Velosiped haydash atrof-muhitga quyidagi jihatlarda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:Zararli gazlar chiqarmaydi: Avtomobillarga nisbatan, velosiped atmosferaga CO₂ va boshqa zararli gazlarni chiqari
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada velosiped haydashning inson salomatligiga ijobiy ta’siri hamda atrof-muhitga foydali ekologik omillari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada velosiped haydashning inson salomatligiga ijobiy ta’siri hamda atrof-muhitga foydali ekologik omillari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- transport, sogʻlom avlod., jismoniy faollik, salomatlik, atrof-muhit, velosport, ekologik, velosiped, yurak-qon sogʻlom turmush tarzi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024