Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MOLIYAVIY NAZORATNING MOHIYATI VA TURLARI
M. Sultanov (Jizzax politexnika instituti o‘qituvchisi) · Sh. Shuxratov (Kibersport fakulteti talabasi)
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada moliyaviy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlash, byudjet intizomi va moliyaviy shaffoflikni oshirishda moliyaviy nazoratning tutgan o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, firibgarlik va korrupsiya holatlarining oldini olishda moliyaviy nazoratning asosiy vosita sifatida xizmat qilishi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Moliyaviy nazorat, iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiy nazorat, davlat moliyasi. Annotation. This article highlights the role of financial control in ensuring rational and targeted use of financial resources, increasing budgetary discipline and financial transparency. It is also based on the fact that it serves as the main tool of financial control in ensuring economic security, preventing cases of fraud and corruption. Key words: Financial control, economic security, economic control, public finance. Moliyaviy nazorat – bu moliyaviy tekshirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar harakatini va muomalasini majmui bo‘lib, xo‘jalik subyektlari faoliyatini boshqarishni o‘ziga xos usullari, shakllar yordamida tashkil etish. Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’ektiv xos bo‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda (aspektda) qaraladi: barcha iqtisodiy subyektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq reglamentatsiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati; moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro - va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elenmenti. Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va subyektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi. 43 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Barcha iqtisodiy subyektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik yo‘nalishiga (aspektiga) egadir. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo‘lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Shuning uchun ham moliyaviy nazoratning ob’ekti pul munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat: turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari; soliq to‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, o‘lchamlari); xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromadlari; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning muomala xarajatlari; tannarx va foyda; uy xo‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari; va boshqalar. Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi ko‘satkichlarning ko‘plari hisobli ko‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, o‘z navbatida, ularning amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining to‘g‘riligi va ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni) taqoza etadi. Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo‘lib xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy subyektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan, o‘zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bo‘lgan) ikki sohaga bo‘linadi: davlat moliyaviy nazorati; nodavlat moliyaviy nazorati. 44 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv konkret organlari iqtisodiyhuquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo‘naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo‘naltirilganligiga, iqtisodiy tarqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog‘liq. Davlat moliyaviy nazorati YIM taqsimlanis
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada moliyaviy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlash, byudjet intizomi va moliyaviy shaffoflikni oshirishda moliyaviy nazoratning tutgan o‘rni yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada moliyaviy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlash, byudjet intizomi va moliyaviy shaffoflikni oshirishda moliyaviy nazoratning tutgan o‘rni yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Financial control, economic security, economic control, public, iqtisodiy nazorat, Moliyaviy nazorat, davlat moliyasi., iqtisodiy xavfsizlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014