К содержанию
РецензированоUZ2026

PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL METODLAR VA VOSITALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Ibotova Dildora Shomirovna

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2 · 15-18 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada pedagogik ta’lim jarayonida interfaol metodlar va vositalardan foydalanish masalasi pedagogik muammo sifatida o‘rganiladi. Ta’lim samaradorligini oshirishda zamonaviy, interfaol yondashuvlarning o‘rni, ularning o‘quvchilarning bilim faolligini shakllantirishdagi ta’siri tahlil qilinadi. Muallif interfaol metodlardan foydalanish jarayonida uchraydigan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari va bu metodlarning o‘qituvchi hamda o‘quvchi faoliyatiga ta’sirini yoritadi. Shuningdek, maqolada interfaol vositalarning amaliyotga joriy etilishi, ularning afzalliklari va qo‘llash mexanizmlari haqida tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omillarni ochib beradi. Kalit so‘zlar: interfaol metodlar, pedagogik jarayon, ta’lim vositalari, innovatsion yondashuv, ta’lim sifati, o‘quvchi faolligi, pedagogik muammo, didaktik vositalar, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, o‘qitish uslublari, elektron platformalar, multimedia vositalari, smart doskalar, fanlararo yondashuv Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri — o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Buning uchun esa an’anaviy o‘qitish usullaridan zamonaviy, interfaol yondashuvlarga o‘tish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Interfaol metodlar o‘quvchilarning bilim olish jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlab, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim jarayonida interfaol metod va vositalardan samarali foydalanish, nafaqat bilim berish, balki shaxsiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarning kommunikativ hamda ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Shu bilan birga, ushbu metodlardan foydalanish jarayonida qator muammolar — o‘qituvchilarning yetarli tayyorgarlikka ega emasligi, texnik vositalarning cheklanganligi yoki metodik tavsiyalarning kamligi kabi holatlar yuzaga keladi. Mazkur maqolada pedagogik ta’lim jarayonida interfaol metod va vositalardan foydalanishning ahamiyati, ularning amaliy qo‘llanilishi va bu boradagi mavjud muammolar tahlil qilinadi hamda samarali yechimlar bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. 73 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Asosiy qism. XXI asrda ta’lim tizimi globallashuv, raqamli transformatsiya va innovatsion yondashuvlar bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda o‘qitishning interfaol shakllaridan foydalanishni kengaytirish borasida muhim islohotlar olib borilmoqda. So‘nggi yillarda dunyo bo‘yicha ta’lim paradigmasi an’anaviy yondashuvlardan interfaol, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish tizimlariga keskin o‘zgarib bormoqda. Bu o‘zgarishlar O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun ham dolzarb bo‘lib, pedagogik jarayonni modernizatsiya qilishda interfaol metod va vositalarning o‘rni ortib bormoqda. Shu sababli, bugungi kunda interfaol o‘qitish usullaridan foydalanish — ta’lim sifatini oshirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun bajarish lozim bo‘lgan vazifalarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan turli-tuman ish usullari va shakllarini o‘z ichiga oladi. Bu ishlarni amalga oshirishning shakllangan va amaliyotda qo‘llanilayotgan har turli usullari va shakllari asosida ko‘plab ta’lim metodlari hosil bo‘lgan va bu jarayon davom etmoqda. Muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga oshirish yo‘li, usuli yoki ko‘rinishidan iborat bo‘lib shakllangan faoliyat shu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi o‘ziga xos ta’lim metodini hosil qiladi. Interfaol metod va axborot texnologiyalaridan foydalanish ta'lim- tarbiyajarayonida yangi istiqbollarni ochadi va ta'lim sohasini modernizatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Interfaol metodlar — bu o‘quvchilarning dars jarayonidagi passiv tinglovchilik roli o‘rniga, faol ishtirokchi sifatidagi mavqeyini mustahkamlovchi o‘qitish texnologiyalaridir. Ular orqali bilimlar biryoqlama berilmaydi, balki o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida teng huquqli hamkorlik muhitida shakllanadi. Interfaol metod - ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, sog‘lom muloqot, o‘z fikrini bayon qilish va uni asoslagan holda himoya qila bilish, diqqatlarini dars mavzusining asosiy masalalariga jalb qilish, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib borishi hamda o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart- sharoitlarni yaratish kuzatiladi. Interfaol metod turlari ko‘p b

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada pedagogik ta’lim jarayonida interfaol metodlar va vositalardan foydalanish masalasi pedagogik muammo sifatida o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada pedagogik ta’lim jarayonida interfaol metodlar va vositalardan foydalanish masalasi pedagogik muammo sifatida o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion yondashuv, pedagogik muammo, ta’lim vositalari, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, o‘qitish uslublari, fanlararo yondashuv, didaktik vositalar, multimedia vositalari, ta’lim sifati, elektron platformalar, interfaol metodlar, pedagogik jarayon, o‘quvchi faolligi, smart doskalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники