К содержанию
РецензированоUZ2026

MASHRAB IJODIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR TANQIDI VA TALQINI

Nabijonova Madinabonu Ulug‘bek qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Boborahim Mashrab yashagan davr hamda uning shoir ijodiga ko‘rsatgan ta’siri to‘g‘risida, shaxs va jamiyat muammolariga oid shoir asarlari, umuman, Mashrabning o‘sha davr va ijtimoiy holatga munosabati haqida so‘z boradi. Hozirgacha Mashrab shaxsiyati va uning ijodiy faoliyati tadqiqotchilar tomonidan atroflicha o‘rganilgan va qator natijalarga ham erishilgan, biroq shoirning turli sarguzashtlarga boy hayoti va xalqchil, sof, samimiy she’riyati zamiridagi mohiyat, ijtimoiy ohanglar aks etgan asarlari to‘laqonli o‘rganilishi kerak. Mazkur maqola bu xususdagi izlanishlar, tahlillar va metodlar asosida olingan natijalarga asoslangan. Kalit so‘zlar: Mashrab ijodi, tasavvuf, xalq, ijtimoiy masalalar, xalqchillik, mumtoz janrlar, badiiy tasvir, ma’naviy kamolot. Annotation. This article talks about the period in which Boborahim Mashrab lived and his influence on the poet's work, works on personal and social problems, and Mashrab's attitude to that period and social situation in general. Until now, Mashrab's personality and his creative activity have been thoroughly studied by researchers and a number of results have been achieved, but the poet's life full of various adventures and the essence and social tones of the folk, pure, sincere poetry should be fully studied. This article is based on the results obtained on the basis of research, analysis and methods. Key words: Mashrab’s works, sufism, people, social issues, folkism, classical genres, artistic image, spiritual maturity. Namanganlik tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Mashrab ijodini o‘rganish mobaynida nafaqat ilohiy ishq, romantik ko‘tarinkilik ruhi, inson qadri, sharafi, ma’naviy kamoloti, ezgulik va go‘zallik madh etilgan she’rlarni, balki chuqur ijtimoiy yo‘nalishga ega, jamiyatdagi voqea-hodisalarning, xalq dardi va muammolarining talqini o‘laroq yaratilgan yuksak asarlarni ham o‘qish mumkin. Shoir faqat otashzabon ijodkor bo‘lib tanilibgina qolmay, ayni zamonda adolatsizlik va zo‘ravonlik, qabohat va razolat bilan aslo kelisha olmaydigan dovyurak shaxs sifatida ham dong taratgan. Xalq tasavvurida u johil amaldorlar ustidan kuluvchi, axloqan, tuban kishilarni, munofiq din arboblarini ayovsiz fosh etuvchi botir so‘z, tadbirkor kurashchi tarzida shakllangan: oddiy xalq Mashrab timsolida o‘zining yorqin yulduzini, xalq dardini baralla ayta oladigan otashin siymoni ko‘rgan.[1:7] Boborahim Mashrab ijodini o‘rganish vositasida Mashrab yashagan XVIII-XIX asr hayoti, xalqning ijtimoiy holatini baholay olish mumkin. 78 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Adabiyotlar tahlili va metodologiya Boborahim Mulla Vali o‘g‘li Mashrabning hayoti va ijodiy faoliyati haqida axborot beruvchi tarixiy manbalar nihoyatda kamligi bois shoirning adabiy merosi xususida ham aniq ma’lumotlar yo‘q. Uning nomi XVIII-XIX asrlarda tuzilgan ayrim tazkiralarda (Muhammad Bade’ Malehoning “Muzakkir ul-ashob”, “Tazkirayi Fahmiy”, “Musavvayi Abdushshukur Ziyo”, “Tazkirayi avliyoyi Majzub Namangoniy” zikr etiladi.[2:35] U o‘z asarlarini to‘plab, biror majmua tuzganligi ayon emas. Faqat “Devoni Mashrab”, “Devonayi Mashrab”, “Eshoni Mashrab”, “Hazrati shoh Mashrab” nomlari ostida xalq orasida qo‘lyozma va toshbosma shaklida tarqalgan qissalardangina shoirning umri va ijodi haqida o‘rganish mumkin. Ammo ular ham yillar davomida o‘zgartirish va tuzatishlarga uchragan, turli to‘qimalar, yangi-yangi rivoyat va latifanamo lavhalar bilan to‘ldirib borilgan. Shunday bo‘lsa-da, Mashrab haqidagi qissalar shoir hayot yo‘lini nisbatan to‘la va bosqichma-bosqich o‘zida jamlovchi adabiy-tarixiy manba sifatida ilmiy ahmiyat kasb etadi. Biz maqolada tavsifiy, qiyosiy, badiiy-g‘oyaviy tahlil metodlaridan foydalandik. Tahlillar Mashrab qisqa hayoti davomida har xil ko‘rgiliklarni boshidan o‘tkazib, jiddiy g‘oyaviy ziddiyatlar orasida qoladi, qo‘nimsizlikda kun kechiradi. Piri dargohidan quvilgach, 40 yillik umrini doimiy safarda, turli o‘lkalarda darbadarlikda o‘tkazadi. Olomonning soddaligi va qashshoq hayoti,ba’zi ruhoniylarning kirdikorlari va hiylagarliklari, tekinxo‘r mulkdorlar, johil amaldorlarning zo‘ravonliklari Mashrabning bir-qancha she’rlari vujudga kelishiga sabab bo‘ladi: Dilini tig‘i sitamdin pora bo‘lgan xalqni ko‘rdim, Tanu dardu alamdin yora bo‘lgan xalqni ko‘rdim, Ko‘zi vaqti sahar sayyora bo‘lgan xalqni ko‘rdim… Shoirning bu tur asarlari qo‘ldan qo‘lga, og‘izdan og‘izga o‘tib, tez tarqalgan. Xuddi shuning uchun ham Mashrabning biror shaharga kelishi izsiz qolmagan, odil, kambag‘al xalq uni quvonch-xursandchilik bilan kutib olgan. Mashrab yashagan so‘nggi shahar Balxda ham shunday vaziyat bo‘ladi, biroq hokim tabaqa va mutaassib shayx-mullalar Mashrabni jisman yo‘qotishga harakat qiladilar va Mashrab Mahmudbiy Qatag‘onning hukmi bilan dorga osiladi.[3:10] Mashrabning hajm va janrlar jihatidan aniqlashtirilmagan badiiy merosi she’riyatning yana-da kengroq ijtimoiy mazmun va jangovar ruh kasb etishida, 79

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Boborahim Mashrab yashagan davr hamda uning shoir ijodiga ko‘rsatgan ta’siri to‘g‘risida, shaxs va jamiyat muammolariga oid shoir asarlari, umuman, Mashrabning o‘sha davr va ijtimoiy holatga munosabati…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Boborahim Mashrab yashagan davr hamda uning shoir ijodiga ko‘rsatgan ta’siri to‘g‘risida, shaxs va jamiyat muammolariga oid shoir asarlari, umuman, Mashrabning o‘sha davr va ijtimoiy holatga munosabati… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mashrab’s works, sufism, people, social issues, folkism, ma’naviy kamolot., xalqchillik, tasavvuf, Mashrab ijodi, xalq, ijtimoiy masalalar, mumtoz janrlar, badiiy tasvir
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники