Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QURILISH MENEJMENTINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
M. Siddiqov (Jizzax politexnika instituti dotsenti) · D. Abdurasulov (Jizzax politexnika instituti talabasi)
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Maqolada qurilish sohasining iqtisodiyotdagi o‘rni va uning makroiqtisodiy o‘sishga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, yalpi ichki mahsulot (YaIM), investitsiyalar, bandlik va infratuzilma rivoji kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq aspektlar ko‘rib chiqiladi. Qurilish sektorining multiplikativ ta’siri, strukturaviy o‘zgarishlardagi roli va barqaror iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shishi muhim yo‘nalish sifatida tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: qurilish sohasi, YaIM, iqtisodiy o‘sish, investitsiya, bandlik, infratuzilma, makroiqtisodiy barqarorlik. Annotation. The article analyzes the role of the construction sector in the economy and its impact on macroeconomic growth. In particular, it examines aspects related to key macroeconomic indicators such as gross domestic product (GDP), investments, employment, and infrastructure development. The study highlights the construction sector’s multiplier effect, its role in structural transformation, and its contribution to sustainable economic growth. Keywords: construction sector, GDP, economic growth, investment, employment, infrastructure, macroeconomic stability Bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotini jadallik bilan rivojlantirishda qurilish sohasining tutgan o‘rni beqiyosdir. Bu soha nafaqat infratuzilmani takomillashtirish va urbanizatsiyani rivojlantirishda, balki iqtisodiy o‘sishning turg‘un sur’atlarini ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasida oxirgi yillarda qurilish sohasiga katta e’tibor qaratilib, davlat investitsiyalari hajmi, qurilish kompaniyalari soni va ularga berilayotgan imtiyozlar ortmoqda. Shu bois, mazkur maqolada qurilish sohasining makroiqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilinadi. Qurilish sohasi ko‘plab sohalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning rivojlanishi: sanoat ishlab chiqarishi (sement, metall, yog‘och, plastmassa mahsulotlari), xizmat ko‘rsatish tarmoqlari (transport, loyiha ishlab chiqish, arxitektura), mehnat bozori (ko‘plab ishchi kuchini jalb etish) kabi ko‘rsatkichlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 74 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Qurilish sohasi YaIM tarkibida sezilarli ulushga ega bo‘lib, mamlakatda yirik infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi orqali iqtisodiy faoliyatni jonlantiradi. Misol uchun, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida minglab obyektlar barpo etildi. Qurilish va yalpi ichki mahsulot (YaIM) Qurilish sohasi ko‘plab boshqa tarmoqlarning rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Bu uning multiplikativ ta’siri deb yuritiladi. Qurilish faolligi oshganda, quyidagi natijalarga olib keladi: sement, temir-beton, qurilish texnikasi va boshqa vositalarga talab oshadi; transport va logistika tarmog‘i faollashadi; moliya va sug‘urta xizmatlariga ehtiyoj ortadi. O‘zbekistonda 2024-yilda YaIMning 6,0% dan ortiq qismi qurilish sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich yil sayin o‘sib bormoqda. Qurilish sohasi investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirishda eng faol tarmoqlardan biridir: Davlat investitsiyalari orqali ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilma loyihalari (yo‘llar, maktablar, kasalxonalar) amalga oshirilmoqda; Xususiy sektor investitsiyalari asosan turar-joy va tijorat ko‘chmas mulkini barpo etishga yo‘naltirilmoqda; Tashqi investorlar uchun yirik sanoat zonalari va texnoparklarda infratuzilma barpo etish muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 2024-yilda O‘zbekistonning qurilish sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 100 trln so‘mdan oshgan bo‘lib, bu tarmoqning jadal rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Qurilish sohasining bandlikka ta’siri Qurilish mehnat resurslarini keng jalb etadigan tarmoqdir. U: vaqtinchalik va doimiy ish o‘rinlari yaratadi; kam malakali ishchi kuchi bilan bir qatorda, muhandislik, loyiha menejmenti kabi yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj yaratadi; kambag‘allikni qisqartirishda ijtimoiy omil sifatida xizmat qiladi. O‘zbekistonda 2024 yilda qurilish sohasida band bo‘lganlar soni 1,5 million kishidan oshdi. Bu bandlikni oshirish va aholining daromadlarini ko‘paytirishda sohaning muhim o‘rnini tasdiqlaydi. Qurilish va infratuzilma rivoji Qurilish – infratuzilmani rivojlantirishning asosiy vositasidir. Transport tarmoqlari, elektr, gaz, suv tarmoqlari, sanoat zonalari, uy-joy fondi — bularning barchasi bevosita qurilish sohasi orqali amalga oshiriladi. 75 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Infratuzilmaning rivojlanishi esa iqtisodiy muhitni yaxshilab,: hududlar o‘rtasidagi tengsizlikni kamaytiradi; investitsiyaviy jozibadorlikni oshiradi; logistika tizimining samaradorligini oshiradi. Qurilish sohasining barqaror iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasi Barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda qurilish tarmog‘i quyidagi jihatlar bilan muhim o‘rin tutadi: To‘g‘ridan-to‘g‘ri hissa – YaIM va sanoat ishlab chiqarishiga qo‘shgan hissasi; Bilvosita ta’sir – bog‘liq tarm
Доказательный фрагмент
«Maqolada qurilish sohasining iqtisodiyotdagi o‘rni va uning makroiqtisodiy o‘sishga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada qurilish sohasining iqtisodiyotdagi o‘rni va uning makroiqtisodiy o‘sishga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- construction sector, GDP, economic growth, investment, monitoring, loyiha boshqaruvi, risk, muhandislik boshqaruvi., samaradorlik, resurslar, Qurilish menejmenti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024