К содержанию
РецензированоUZ2026

O’SMIRLARDA SALBIY XULQ-ATVOR NAMOYON BO’LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · Toirova Shaxzoda

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada o‘smirlik davriga xos bo‘lgan salbiy xulq- atvor ko‘rinishlari, ularning kelib chiqishi sabablari, rivojlanish shart-sharoitlari, namoyon bo‘lishinig psixologik xususiyatlari keltirilgan. O‘smir, uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari, o‘smirlardagi inqirozlar, ularning atrofga nisbatan munosabatlari, pedagogik muloqot va undagi to‘siqlar, ichki nizolar va ichki nizoning sodir bo‘lishiga, kechishiga, zo‘rayishida o‘smirning xarakter xususiyatlarida bo‘ladigan o‘zgarishlar yuzasidan tushunchalar berilgan. Kalit so‘zlar: o‘smirlik , ontogeniz , deviant , xulq-atvor , xarakter , bolalar va o‘smirlar suitsidi , o‘z-o‘ziga baho berish , mardlik , jasurlik . Zamonaviy jamiyatda o’smirlik davri inson hayotining eng murakkab va muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu davrda shaxsning psixologik, ijtimoiy va emotsional jihatdan shakllanishi sodir bo’ladi. O’smirlar o’z “men”ini anglashga, mustaqil fikrlashga va jamoada o’z o’rnini topishga harakat qiladilar. Biroq aynan shu o’tish davrida turli salbiy xulq-atvor — buzg’unchilik, tajovuzkorlik, yolg’on gapirish, ijtimoiy qoidalarga qarshi chiqish kabi holatlar tez-tez uchraydi. Salbiy xulq-atvorning namoyon bo’lishi o’smir shaxsiyati rivojidagi muayyan psixologik omillar, oilaviy muhit, maktab muammolari, do’stlar guruhi ta’siri va zamonaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri bilan chambarchas bog’liqdir. Bu holat nafaqat o’smirning o’ziga, balki uning yaqin atrof-muhitiga, ijtimoiy munosabatlariga va kelajakdagi shaxsiy hayotiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, o’smirlikda yuzaga keladigan salbiy xulq-atvor holatlarini chuqur o’rganish, ularning psixologik ildizlarini tahlil qilish va barvaqt profilaktik choralar ishlab chiqish jamiyat barqarorligi va sog’lom avlod tarbiyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, tadqiqotimizda o’smirlarning salbiy xulq-atvori shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillarni aniqlash, ularning xatti-harakatlariga turtki bo’luvchi asosiy sabablarni o’rganish va bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish maqsad qilib olinadi. O‘smirlarda salbiy xulq-atvorning paydo bo‘lishi murakkab jarayon bo‘lib, u o‘smirlarning ehtiyojlari, qadriyatlari, hissiyotlari va shakllanayotgan ijtimoiy muhitida shakllanib boradi. Yoshlar tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan ota-onalar, 36 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference o‘qituvchi- tarbiyachilar va jamoatchilik oldida barkamol yoshlarni tarbiyalashdek ustuvor vazifalar turgan bir paytda ba’zi yoshlar tarbiyasida yuzaga kelayotgan muammolar, kamchiliklar, xususan xulq-atvorida namoyon bo‘layotgan jinoyat motivlari va unga mos xatti- harakatlarning uchrab qolayotganligi tarbiya uchun mas’ullarni tashvishga solmoqda. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan choralar tarkibida, xususan o'smirlarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish, shaxslararo munosabatlarga kirishishda empatiya hissini rivojlantirish, shaxs sifatida o'zini to‘g‘ri baholash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida yordam berish hamda axloqiy ko‘nikmalar shakllantirilishining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb masalalar hisoblanadi. O‘zbekistonlik psixologlardan E.G‘. G‘oziyev, N.G‘. Kamilova, G.Q. To‘laganova, B.M. Umarov kabi olimlarning izlanishlarida bolalik va o‘smirlik davridagi psixik xususiyatlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib, ularda asosiy e’tibor deviant xulq-atvor, xarakter aksentuatsiyasi, bolalar va o‘smirlar suitsidi, o ‘z-o‘ziga baho berish va nazorat qilish muammolariga qaratiladi. Insonlar ontogenizida o‘smirlik balog atga yetish davri bo‘lib, yangi xislar, sezgilar va jinsiy xayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo'lishi bilan ham xarakterlanadi. O‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni psixik rivojlanishdagi krizis deb nomlagan. O‘smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni asosan jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish yo‘li bilan o‘smirlarning xulq- atvoriga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish mumkin. Ular tashqi ta’sirlarga va xissiyotlarga juda beriluvchan bo'ladilar. Shuningdek ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik kabi psixologik sifatlar ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik o‘smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham ular ota- onalarning, atrofdagi kattalarning shuningdek, ustozlarning to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishlariga qaramay o‘z fikrlarini o‘tkazishga harakat qiladilar. Juda ko‘p o‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qoladilar. O‘smirlik yoshida ko‘zga tashlanadigan eng muhim xususiyatlardan biri, bu ularning o‘zini-o‘zi anglashga bo‘lgan e’tiborlarining kuchayishidir. Bu o‘rinda o‘smir o‘zida mavjud bo‘lgan, endi yuzaga kelayotgan va yuzaga kelishi kutilayotgan (orzu qilgan) xususiyatlar,

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘smirlik davriga xos bo‘lgan salbiy xulq- atvor ko‘rinishlari, ularning kelib chiqishi sabablari, rivojlanish shart-sharoitlari, namoyon bo‘lishinig psixologik xususiyatlari keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘smirlik davriga xos bo‘lgan salbiy xulq- atvor ko‘rinishlari, ularning kelib chiqishi sabablari, rivojlanish shart-sharoitlari, namoyon bo‘lishinig psixologik xususiyatlari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ontogeniz, xarakter, xulq-atvor, o‘smirlik, deviant, mardlik, jasurlik ., bolalar va o‘smirlar suitsidi, o‘z-o‘ziga baho berish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники