К содержанию
РецензированоUZ2026

GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLAR MAFKURAVIY IMMUNITETINI YUKSALTIRISH JAMIYAT TARAQQIYOTINING GAROVI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Muxitdinova Iroda Maxmudxanovna (in-academy.uz/index.php/si)

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida yoshlar ongiga ko‘rsatilayotgan mafkuraviy ta’sirlar, ularning ijtimoiy hayotdagi tutgan o‘rni hamda bu jarayonda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi tahlil qilinadi. Globallashuv bilan birga kirib kelayotgan yot g‘oyalar, ommaviy madaniyat va axborot xurujlari yosh avlodning dunyoqarashi, qadriyatlari va milliy o‘zligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, ularni mustahkam g‘oyaviy asosda tarbiyalash, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali mafkuraviy immunitetini yuksaltirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri sifatida qaraladi. Maqolada bu borada ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari, oilaning o‘rni va davlat siyosatining ahamiyati yoritiladi. Mafkuraviy immunitetining yuksalishi – jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining asosiy garovi ekani asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: globallashuv, tahdid, ma’naviy tahdid, mafkuraviy immunitet, g‘oya, innovatsiya, barqarorlik. Avvalo yurtimizda innovasion ta’lim tizimiga Mamlakatimizda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, har bir sohada kuzatilayotgan yuksalishlar millatlar o‘rtasidagi o‘zaro totuvlik diniy bag‘rikenglikni ta’minlanishi eng avvalo tinchlikni ta’minlash tufaylidir. Yoshlarda ona Vatanga daxldorlik hissini singdirish, sadoqat, milliy g‘urur va iftihorni shakllantirish, yoshlarni fidoiy va xalqchil, ijtimoiy faol insonlar qilib tarbiyalash, o‘z Vataniga sodiq bo‘lib uning rivoji yo‘lida befarq bo‘lmasdan yashaydigan insonlar etib tarbiyalash zamon talabidir. Zero, ona Vatanga muhabbat, avvalo, milliy o‘zlikni anglash, uni tub mohiyatini anglab yetishdan boshlanadi. Bu borada ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Milliy istiqlol g‘oyasi” fani fan sifatida kiritildi. Hozirgi globallashuv davrida yoshlar tarbiyasida ona Vatanga muhabbat va milliy o‘zlikni saqlab qolish dolzarb muammo hisoblanadi. Bu tuyg‘ularni shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni benihoya kattadir. Ayniqsa, mamlakatimizda istiqlol yillarida milliy g‘oya faniga juda katta e’tibor qaratilib kelinmoqda1. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida quyidagi fikrlarni aytib o‘tdilar: “...oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. Milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim”2. Milliy g‘oya fani eng asosiysi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Milliy o‘zlikni anglash avvalo, har bir insonni kim ekanligi, qaynday millat vakili ekanligi, tarixini bilishi, ajdodlari merosini o‘rganishdan boshlanib, bu jarayonda milliy g‘oya fanining 1 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Биринчи Президенти И.А.Каримовнинг 2001 йил 18 январдаги “Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар” фани 2 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига мурожаатномаси. 2019. –Т.: Ўзбекистон, 40-бет. 45 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si o‘rni kattadir. Mamlakatimizda yoshlarga, ularni ta’lim va tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratiladi. Yoshlarni har tamonlama yotuk va zamon talablari darajasida zamonaviy xorijiy tajribalar, jahon fanining zamonaviy yutuq innovatsion g‘oyalari asosida bilim berish va tarbiyalash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 29-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-son Farmoni2 asosida O’zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Ijtimoiy rivojlanishga innovasiyalarni joriy etish sohasida: ta’lim tizimida innovasiyalarni, shu jumladan o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etish orqali targ‘ib qilishga ko‘maklashish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovasion o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni ta’minlash asosiy vazifalardan qilib belgilangan. Innovosion texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash barcha fanlarni jumladan, Milliy g‘oya fanini o‘qitishda innovasion texnologiyalardan foydalanib dars tashkil qilish o‘quvchi yoshlarga zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya berish zarur. Chunki, yoshlar davlat kelajagidir. Har bir yosh avlodni ma’suliyatli, qat’iyatli qilib tarbiyalash, mustaqillikni qadrlaydigan ozodlikni qadriga yetadigan o‘zining yaxshi insoniy fazilatlarini shakllantirish, millat fidoyisi qilib tarbiyalash davr talabidir. Mamlakatimizning barqaror taraqqiyotida - jamiyatimiz kishilarining yuksak ma’naviyatini, mafkuraviy immunitetini o‘rni muhim ahamiyatga molikdir. Chunki, ma’naviyat, milliy g‘oya jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti hamda shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada globallashuv sharoitida yoshlar ongiga ko‘rsatilayotgan mafkuraviy ta’sirlar, ularning ijtimoiy hayotdagi tutgan o‘rni hamda bu jarayonda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi tahlil qil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida yoshlar ongiga ko‘rsatilayotgan mafkuraviy ta’sirlar, ularning ijtimoiy hayotdagi tutgan o‘rni hamda bu jarayonda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi tahlil qil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globallashuv, innovatsiya, tahdid, ma’naviy tahdid, mafkuraviy immunitet, g‘oya, barqarorlik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники