Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INSONLARGA XOS TOVUSH FE’LLARINING SEMANTIK TASNIFI
Alijonova Durdona Farxodjon qizi
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
O‘zbek tilshunosligida tovush fe’llari semantik maydonida insonlarga xos tovush fe’llari mikromaydoni dastlabki o‘rinda turadi. Bunday birliklar o‘zining semantik qiymati hamda nutqda muntazam ishlatilishi bilan farqlanadi. Insonlarga xos tovush fe’llari nutqning ovoz tomonini, tovush talaffuzi tomonini ifodalaydigan fe’llardir. Aynan tovush chiqarish xususiyati tovush fe’llarining yetakchi elementi hisoblanadi. Kalit so‘zlar: tovush fe’llari, semantik tasnif, insonlarga xos tovush fe’llari: fiziologik, psixik hamda nutqiy tovush fe’llari, uslubiy xususiyatlar, emotsional- ekspressivlik. Tovush fe’llari – jonli va jonsiz narsalarning mexanik tebranma harakati natijasida: insonlarning gapirish, kuylash, qichqirish, yig‘lash jarayonida; hayvonlarga hamda parrandalarga xos tovushlarni ifodalashda; shuningdek, tabiat hodisalari natijasida vujudga keladigan har qanday quloq eshitadigan ovozni bildiruvchi, “ovoz chiqarish” xususiyatiga ega fe’llardir. Tovush fe’llari tovushning o‘zini emas, tovush chiqaruvchining faol harakati hamda tovush hosil qilish qobiliyatini ham ifodalaydi. Shuning uchun ham, ular harakat fe’llari, nutq va tafakkur fe’llaridan ajralib turadi1. Tovush fe’llarida shakl va mazmun muvofiqligi mavjud: arrillamoq – ar- ar tovush chiqarmoq: yig‘lash-baqirish holatini, ya’ni insonlarga xos, shuningdek, hayvonlarga xos ovoz chiqarish jarayonini ham ifodalashi mumkin. Tovush fe’llari o‘z semantikasida xilma-xildir. Jumladan, aksirmoq, aksa urmoq, chuchkurmoq insonning dimog‘i qichishi sababli istalmagan tarzda burun bo‘shlig‘idan havoning zarb bilan chiqarilish harakatidan vujudga keladi. Odatda, og‘zaki nutqda chuchkurmoq leksemasi qo‘llaniladi2. O‘zbek tilshunosligida dastlab I.Qo‘chqortoyev nutq fe’llari semantik maydonini ishlab chiqdi. Hozirgi o‘zbek tilida nutq fe’llarining sakkizta semantik guruhlarini ajratadi: demoq fe’li, gapiruv fe’llari, ifodalov fe’llari, talaffuz fe’llari, subyektiv hukm fe’llari, nutqiy da’vat fe’llari, simmetrik nutq fe’llari, sukut fe’llari3. Ushbu tadqiqotda talaffuz fe’llarining talqini tovush fe’llariga o‘xshash, gapiruv fe’llari guruhi ichida ham ayrim tovush fe’llarei izohlangan. Tovush fe’llari nutq fe’llari semantik maydonida o‘rganilgan. 1 Юлдашев А.А. Лексикографирование звукоподражательных и образных слов. – М.: Наука. 1972 стр. 163. 2Hojiyev A. O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati 1-jild. – Toshkent. “G‘afur G‘ulom”, 2022. 3 Қўчқортоев И. Сўз маъноси ва унинг валентлиги. – Тошкент: Фан, 1977. Б. – 89. 33 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference O‘zbek tilidagi tovush fe’llari umumturkiy til qatlamiga kiradi. Ular qadimgi tabiiy va insonga xos tovushga taqlid so‘zlardan kelib chiqqan bo‘lib, ko‘pincha o‘zining morfologik tarkibi va semantik xususiyatlariga ko‘ra oraliq shaklli so‘zlar qatoriga kiradi. Bu so‘zlarning tuzilishi turkiy tillardagi tovushdan yasalgan so‘zlarning til imkoniyatlaridan dalolat beradi. Tovush fe’llarining boshqa tillardan kirib kelishi kamdan kam holda uchraydi4, kabi fikrlar X.Muhitdinovaning ishida bayon etilgan hamda tovush fe’llarini etimologik jihatdan izohlangan bo‘lsa-da, bu tadqiqot ishi keying fe’l semantikasiga oid ishlarda deyarli o‘z aksini topmagan. Darsliklarda tovush fe’llari fe’lning semantik guruhlariga kiritilmagan. Semantik xususiyatiga binoan insonlarga xos tovush fe’llarini bir necha guruhlarga ajratgan holda tahlil qilinadi: 1. Insonning fiziologik harakat-holatiga xos tabiiy tovush fe’llari. 2. Insonning psixik holatini ifodalovchi tovush fe’llari. 3. Nutqiy tovush fe’llari. 1. Insonning fiziologik harakat-holatiga xos tovush fe’llari – inson fiziologiyasida, ya’ni organizmida ixtiyoriy bo‘lmagan tovush chiqarilishini bildiradigan fe’llar. Aksirmoq, aksa urmoq, chuchkurmoq, chushkurmoq – nafas yo‘llaridan chang yoki g‘uborni tozalash uchun kuchli havo chiqishi bilan kechadigan fiziologik harakatni hamda ovozni ifodalaydi. Inqillamoq kasallik va zaiflikdan qiynalib ovoz chiqarmoq. Toshpo‘latning dadasi yotgan joyida inqillab belini changalladi (O‘.Hoshimov “Sirli yulduz” 189- bet). Ingramoq: Oyim do‘ppidagi suvdan ozgina ichib tag‘in ingradi. – Jon bolam, yolg‘izim… (Ikki eshik orasi, 98-bet) Hansiramoq yugurish, og‘ir yuk ko‘tarish, havo yetishmasligi, hayajonlanish, kasallik natijasida tez-tez, og‘ir nafas olish hamda ovoz chiqarishni bildiradi; halloslamoq, harsillamoq fe’llari bilan sinonimik qatorga ega. Halloslamoq: Bir mahal Kimsan akam halloslab kelib qoldi. Xuddi shu payt “Po-vago-nam” degan asabiy qichqiriq yangradi. (Ikki eshik orasi, 95-bet) Harsillamoq: Toshpo‘lat hamon to‘xtamas, harsillab yugurib borar, sirg‘anib- sirg‘anib ketardi (O‘.Hoshimov “Sirli yulduz” 205-bet). Kekirmoq oshqozonda ortiqcha ovqat to‘lishi natijasida tasodifan chiqariladigan qisqa, keskin tovush chiqarmoq. Yong‘oqning yana bitta fazilati bor: qorinni to‘q tutadi. To‘rttasini yeb olsangiz, yarim kun kekirib yurasiz. (Dunyoning ishlari, 21-bet) 4 Мухитд
Доказательный фрагмент
«O‘zbek tilshunosligida tovush fe’llari semantik maydonida insonlarga xos tovush fe’llari mikromaydoni dastlabki o‘rinda turadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbek tilshunosligida tovush fe’llari semantik maydonida insonlarga xos tovush fe’llari mikromaydoni dastlabki o‘rinda turadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixik hamda nutqiy tovush fe’llari, tovush fe’llari, uslubiy xususiyatlar, insonlarga xos tovush fe’llari: fiziologik, semantik tasnif, emotsional-ekspressivlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025