К содержанию
РецензированоUZ2026

IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH IQTISODIY TARAQQIYOT ASOSIDIR

M. Obilov (Jizzax politexnika instituti dotsenti) · B. Qayumov (Kibersport fakulteti 532-21 guruh talabasi)

Развитие и инновации в науке · 2026

Аннотация

So‘nggi yillarda mamlakatimizning barcha sohalarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida esa iqtisodiyotda elektron tijoratning ulushi ortib bormoqda. Shu sababli, iqtisodiyotimiz iqtisodiyotning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun’iy intellektning joriy etilishi bilan bog‘liq muhim davrni boshdan kechirmoqda. Kalit so‘zlar: raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, raqamli texnologiya. Annotation: In recent years, great attention has been paid to the development of the digital economy in all areas of our country. As a result of this, the share of e-commerce in the economy is increasing. Therefore, our economy is going through an important period associated with the digitalization, mobilization of the economy, the introduction of artificial intelligence into the industry. Key words: digitization, digital economy, e-commerce, digital technology. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib bo‘lmaydi. Bugun jadallik bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni “yangi iqtisodiyot”ni vujudga keltirmoqda. Kam o‘rganilgan va kun sayin chuqur tomir otib borayotgan bu bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga biznesda samarali marketing kompaniyalari uyushtirish, minimal xarajat qilib, maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal usullarini taqdim etadi. Iste’molchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik yaratiladi. Bu vaqtingiz tig’iz paytida internet orqali tushlikka buyurtma berish, mobil ilova orqali taksi chaqirish, uzoqdagi yaqiningizga pul jo’natishdan ko’ra kengroq imkoniyatlar bo’lib, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon, masofaviy ofis kabilarni ham qamrab oladi. Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes, elektron tijorat bilan bog’langan, raqamli Tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir. 13 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obyektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda o’sish, faoliyat shaffofligini ta’minlash, mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga ko’ra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi, shuning barobarida, xufyona iqtisodiyotga barham beradi. Aql-zakovat va ilm – taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning cho’qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olmda ko’zga tashlanadi. To’rtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi ko’rinishi – “raqamli iqtisodiyot” boshlanganini anglatadi. Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20 mamlakatda 2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan. Mamlakatimizda 2020-yildan boshlab transport, geologiya, ta’lim, arxiv kabi sohalarni to’liq raqamlashtirish belgilangan va bu boradagi ishlar jadal olib borilmoqda. Zamonaviy infratuzilmaga ega bo’lgan “IT-park”lar ham fikrimiz dalilidir. Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi versiyasi, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish virtual qabulxonasi “business.gov.uz” portali ishga tushirilgani raqamli iqtisodiyot rivoji yo’lidagi muhim qadamlardir. Mamlakatimizda zamonaviy dasturlash texnologiyalarini o’zlashtirgan kadrlarni tayyorlash maqsadida “Bir million dasturchi” loyihasi ishlab chiqilib, loyiha doirasidagi mashg’ulotlarni tashkil etish uchun uzbekcoders.uz o’quv portali ishga tushirildi. 2020-yil mamlakatimizda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi va bu boradagi ishlar endilikda yangi bosqichga ko’tarilib, Prezident Farmoni bilan mamlakatning “Raqamli O’zbekiston - 2030” strategiyasi va uni amalga oshirish bo’yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda avvalo telekommunikatsiya va elektron infratuzilmani takomillashtirish alohida ahamiyatga ega. Albatta, aholini internet tarmog’idan foydalanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa raqamli iqtisodiyot, shu jumladan elektron hukumat tizimi ham shuncha samarali faoliyat yuritadi. Yurtimiz bo’yicha internet foydalanuvchilari soni jami aholiga nisbatan 2018-yilda 46 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2023-yilda bu ko’rsatkich 60 foizdan yuqorini tashkil etmoqda. Reallik bilan bog’laganda raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YAIM hajmi ham, YAIMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoriligini ko’rishimiz mumkin. Shu jihatdan olib qaraganda, mamlakatimizda mazkur masalaga e’tibor 14 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference qaratish yagona maqsadni ko’zlaydi, u ham bo’lsa, aholining yashash sharoitini yaxshilash, aholini real daromadini oshirish, qolaversa tadbir

Доказательный фрагмент

«So‘nggi yillarda mamlakatimizning barcha sohalarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

So‘nggi yillarda mamlakatimizning barcha sohalarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
digitization, digital economy, e-commerce, digital technology, elektron tijorat, raqamli texnologiya., raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники