К содержанию
РецензированоRU2026

“MAYIZ YEMAGAN XOTIN” HIKOYASIDA KINOYANING BADIIY VA IJTIMOIY IFODASI (ABDULLA QAHHOR)

Zayniddinov Ma’rufjon Farxodjon o‘g‘li

Развитие и инновации в науке · 2026

Аннотация

В данной статье анализируется роль иронии как художественного и социального выразительного средства на примере рассказа «Жена, которая не ела изюма» Абдуллы Каххара. Несмотря на то, что сюжет построен вокруг женщины, стремящейся показать свою честность, в произведении иронически раскрываются такие социальные проблемы, как двуличие, показная порядочность и жизнь напоказ. Автор с помощью народного языка и комических ситуаций осуществляет серьёзную социальную критику. Через иронию демонстрируется искусственность нравственных ценностей в обществе и разрыв между словами и делами. Простой, но содержательный стиль Каххара усиливает выразительность иронии, побуждая читателя к самостоятельным выводам. Ключевые слова: Абдулла Каххар, Жена, которая не ела изюма, ирония, сатира, сарказм, женский образ, народный язык, социальная критика, моральная проблема, художественное выражение. Annotation: This article analyzes the role of irony as an artistic and social means of expression in Abdulla Qahhor’s short story "The Woman Who Didn’t Eat Raisins." Although the story revolves around a woman trying to present herself as honest, it ironically exposes issues such as hypocrisy, false morality, 19 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference and living for appearances. The author employs colloquial language and humorous situations to deliver serious social criticism. Through irony, the artificiality of moral values in society and the gap between words and actions are revealed. Qahhor’s simple yet meaningful style enhances the impact of irony, encouraging the reader to draw independent conclusions. Key words: Abdulla Qahhor, The Woman Who Didn’t Eat Raisins, irony, satire, sarcasm, female character, folk language, social criticism, moral issue, literary expression. O‘zbek adabiyotining zabardast vakili Abdulla Qahhor o‘zining o‘tkir kuzatuvchanligi, ijtimoiy muammolarni badiiy vositalar orqali ta’sirli yoritishi bilan adabiy tanqid maktabining asoschilaridan biri hisoblanadi. Yozuvchining hikoyalarida kinoya, istehzo va xalqona obrazlar vositasida inson xarakteri, jamiyatdagi muammolar va axloqiy buzilishlar mahorat bilan aks ettirilgan. Shunday asarlardan biri — “Mayiz yemagan xotin” hikoyasidir. Mazkur maqolada hikoyadagi kinoyaviy uslub, badiiy tasvir, ayol obrazi va muallifning ijtimoiy-tanqidiy pozitsiyasi tahlil qilinadi. Hikoya bir qarashda oddiy — mayiz yemaganini ta’kidlab yuradigan ayol haqida. Biroq bu syujet orqali yozuvchi chuqur ijtimoiy qatlamlarni ochib beradi. “Mayiz yemagan xotin” hikoyasi ayol obrazining tilidan berilgan bo‘lib, voqealar uning o‘zini halol, pok, e’tiqodli inson sifatida ko‘rsatishga urinishlari orqali yoritiladi. Ayol doimiy ravishda “Men mayiz yemaganman” deya o‘zini boshqa ayollardan ustun qo‘yishga harakat qiladi. Aslida esa bu da’volarning ortida ikkiyuzlamachilik, riyokorlik va soxta or-nomus yashiringan. Muallif hikoyada bu holatlarni bevosita tanqid qilmaydi. Aksincha, xalqona til, yumor va badiiy kinoya orqali o‘quvchini o‘ylantiradi. Bu esa Qahhorning yozuvchilik mahoratini va kinoyadan foydalana olish uslubini ko‘rsatadi. Ayol obrazi bu yerda shunchaki bir xotinning emas, balki jamiyatdagi o‘zini “halol” ko‘rsatishga intilayotgan, ammo botini boshqa bo‘lgan kishilarning umumiy timsoli sifatida talqin etiladi. Uning “mayiz yemaganlik” da’vosi, aslida, o‘zini oqlash va yashirish vositasiga aylangan. Muallif bu ayolni yomonlamaydi, unga achinmaydi ham — uni ochiqcha tanqid qilmaydi, balki o‘quvchini bu xotinning gaplari va harakatlari orqali o‘zi xulosa chiqarishga undaydi. Bu — Qahhor uslubining o‘ziga xos kinoyaviy kuchidir. Нozuvchi kinoyani insoniy fe’l- atvorni ochish, jamiyatdagi riyokorlikni tanqid qilish vositasi sifatida qo‘llagan. Ayol obrazi bu yerda jamiyatdagi ma’lum bir ijtimoiy qatlamning timsoli sifatida berilgan. U o‘zini "halol", "pok"1 deb taqdim etadi, ammo amalda bu sifatlarni o‘zida namoyon qilmaydi. Bu orqali muallif gap va amal orasidagi tafovutni 1 Abdulla Qahhor “Anor” Qissa va Hikoyalar Toshkent –2012 89-b 20 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference tanqid qiladi. Shu bilan birga, bunday obraz orqali u axloqiy qadriyatlarning jamiyatda sun’iylashib borayotganiga e’tibor qaratadi. Yozuvchining bu yerda ishlatgan tili — sodda, xalqona, ammo mazmunan juda chuqur. Oddiy so‘zlar, takroriy iboralar va obrazli ifodalar orqali muallif kinoyaning ta’sirchanligini nafaqat oshiribgina balki nafaqat ijtimoiy tanqid, balki o‘quvchiga estetik zavq beruvchi asar sifatida ham baholanadi. Yozuvchi kinoyani nafrat yoki qahr bilan emas, balki muloyim istehzo bilan, ma’naviy saboq tarzida ishlatgan. Natijada, asar o‘quvchida achchiq kulgi uyg‘otadi, ammo bu kulgi orqasida chuqur o‘y, mulohaza yotadi. Qahhorning tili — oddiy, xalqona, ammo semantik jihatdan chuqur. U “Mayiz yemagan xotin”2da ham oddiy so‘z va iboralar orqali achchiq haqiqatlarni ochib beradi. Xususan: takroriy gaplar, soxta halollikni os

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируется роль иронии как художественного и социального выразительного средства на примере рассказа «Жена, которая не ела изюма» Абдуллы Каххара.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируется роль иронии как художественного и социального выразительного средства на примере рассказа «Жена, которая не ела изюма» Абдуллы Каххара. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abdulla Qahhor, The Woman Who Didn’t Eat Raisins, irony, Mayiz yemagan xotin, istehzo, ayol obrazi, satira, axloqiy muammo, kinoya, badiiy ifoda., xalqona til, ijtimoiy tanqid
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники