К содержанию
РецензированоUZ2026

QURILISH MAHSULOTLARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

EDUCATION SYSTEM

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish masalalari yoritilgan. Mahsulot raqobatbardoshligining asosiy omillari sifat, narx, innovatsionlik, ekologik xavfsizlik va logistika tizimi kabi jihatlar orqali tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston qurilish sanoatining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganilgan. Muallif tomonidan qurilish mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: raqobatbardoshlik, qurilish mahsulotlari, mahsulot sifati, innovatsiya, eksport, mahalliylashtirish, ekologik xavfsizlik Annotation. This article discusses the issues of enhancing the competitiveness of construction products. Key factors such as product quality, price, innovation, environmental safety, and logistics are analyzed in relation to competitiveness. The current state of Uzbekistan's construction industry, existing problems, and possible solutions are also explored. The author presents several proposals and recommendations aimed at improving the competitiveness of locally produced construction materials. Key words: competitiveness, construction products, product quality, innovation, export, localization, environmental safety Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshlik har qanday mahsulot yoki xizmatning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Xususan, qurilish sanoatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifat, narx, xizmat ko‘rsatish tezligi, innovatsion yechimlarga asoslanganligi va ekologik talablarga muvofiqligi bilan ajralib turishi lozim. Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishida qurilish sohasi muhim rol o‘ynab, uning mahsulotlari mamlakat infratuzilmasining zamonaviylashuvi va fuqarolar turmush darajasining oshishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli, qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillar 14 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini belgilovchi omillar quyidagilardan iborat: 1. Mahsulot sifati – Qurilish materiallari mustahkamligi, chidamliligi, texnikaviy-me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi bilan aniqlanadi. 2. Narx va tannarx – Mahsulotning bozorga chiqish narxi raqobatchilar narxiga nisbatan mos yoki past bo‘lsa, bu uni afzal qiladi. 3. Innovatsionlik – Yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bozor ehtiyojlariga tez javob beradi. 4. Ekologik xavfsizlik – Ekologik toza va energiyani tejovchi mahsulotlar bugungi kun talabi hisoblanadi. 5. Logistika va yetkazib berish tizimi – Mahsulotlarning o‘z vaqtida, sifatli yetkazilishi mijozlar ishonchini oshiradi. O‘zbekistonda qurilish mahsulotlari raqobatbardoshligining hozirgi holati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid farmon va qarorlari asosida qurilish sanoatida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq, ayrim muammolar mavjud: Ichki bozorda import materiallarga qaramlik; Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning texnologik jihatdan eskirgan liniyalarda ishlashi; Sertifikatlash va standartlashtirish tizimining ba’zi hollarda yetarlicha samarasizligi; Mahsulotlar sifati va assortimentining cheklanganligi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish materiallari sanoatining yalpi sanoatdagi ulushi yildan-yilga oshmoqda, biroq eksport hajmi nisbatan sust. Bu esa raqobatbardoshlikning past darajasini ko‘rsatadi. Qurilish mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari Mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish uchun quyidagi strategik yo‘nalishlar muhim ahamiyatga ega: 1. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish. Mahalliy korxonalarda energiya tejamkor, ekologik toza texnologiyalar asosida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish zarur. 2. Mahsulot sifati ustidan nazoratni kuchaytirish. Sertifikatlash va texnik nazorat tizimlarini xalqaro standartlarga moslashtirish raqobatbardoshlikni oshiradi. 15 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference 3. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish. Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash orqali mahalliylashtirish darajasini oshirish mumkin. 4. Eksport salohiyatini oshirish. Tashqi bozorlar talabini o‘rganish, mahsulotlarni xalqaro talablarga moslashtirish orqali eksport geografiyasini kengaytirish muhim. 5. Ilmiy-tadqiqot ishlariga e’tiborni kuchaytirish. Ilmiy muassasalar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik orqali innovatsion mahsulotlarni yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi. 6. Bozor tahlili va marketing strategiyalarini takomillashtirish. Mijozlar ehtiyojlarini chuqur o‘rganish, reklama va brend siyosatini kuchaytirish orqali raqobat ustunligini qo‘lga kiritish mumkin. Xulosa qilib aytganda, qurilish mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish iqtisodiy barqarorlik va eksport sal

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish masalalari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada qurilish mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
competitiveness, construction products, product quality, qurilish mahsulotlari, innovatsiya, eksport, mahsulot sifati, raqobatbardoshlik, mahalliylashtirish, ekologik xavfsizlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники