Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FILOLOGIYA: ARAB TILINI O’RGANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUV
EDUCATION SYSTEM · Fahrutdinova Nodirabegim Jasur qizi · Soliyev Elyorbek Muxammadmo‘sa ug‘li
Наука и инновации в системе образования · 2 · 2026
Аннотация
This article highlights the place and importance of the Arabic language among the world's languages. It discusses the relevance of using modern technologies not only in learning Arabic, but also in learning foreign languages. Examples of advanced technologies and innovative approaches currently being used are given. Their advantages and the results that can be achieved through them are discussed. Keywords: arabic literature, factor, Arab countries, visual education, applications, platform, project Mumtoz arab tilida nihoyatda boy ilmiy va badiiy adabiyot mavjud. Uni yaratishda nafaqat arablar, balki fath qilingan mamlakatlarning aholisi ham ishtrok etgan. Hozirgi vaqtda arab tili – somiy guruhiga kiruvchi eng ko‘p tarqalgan tildir. Arab mumtoz adabiyotini o‘rganish arab mamlakatlarining o‘zlarida ham, sobiq Ittifoq davri va G‘arb mamlakatlarida ham katta an’anaga ega. O‘rta asr arab olimlari (antologiyalar tuzuvchilari, sharhlovchilar va adabiyot nazariyachilari) hamda hozirgi zamon arab adabiyotshunoslari– Jo’rji Zaydon, Muhammad Kurd Ali, Anis al-Maqdisiy, Taxa Husayn, Shavqi Dayf, Fuad al-Bo‘stoniy, Marun Abbud va boshqalar arab adabiyoti tarixining ayrim masalalarini tadqiq etish uchun ham, butun adabiy jarayonning manzarasini tiklash uchun ham ko‘p ishlar qildilar. Bundan tashqari, sharq olim va mutafakkirlaridan, Abdurahmon 44 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Jomiyning “Favoidu az-ziyoiyya” nomli asari, Zamaxshariyning “Al-Mufassol fi son’atil-e’rob” asari, Ali Mutarriziyning “Al-Misbah fi I’lmin-nahv” asari ham arab tili grammatikasiga bag‘ishlangan muhtasham asarlar hisoblanadi. Birgina Zamaxshariyning misolini keltirsak, uni chuqur hurmat va alohida mehr bilan «Ustoz ad-dunya» («Butun dunyoning ustozi»), «Ustoz al-arab val-ajam» («Arablar va g'ayri arablarning ustozi»), «Jorulloh» («Allohning qo'shnisi»), «Faxru Xvarazm» («Xorazm faxri») kabi birorta ham allomaga nasib etmagan o'ta sharafli laqablar bilan atalganlar.1 Arab tilining dunyo tillari orasidagi ahamiyati Buni quyidagi omillarga bog‘lab o‘rganish mumkin.: 1.Diniy omil. Bilamizki muqaddas islom dinining asosiy manbalari hisoblangan Qur’oni Karim, hadislar va boshqa adabiyotlar arab tilida bitilgan. Musulmonlar o‘z dinlarini asl manbalar orqali arab tilida o‘rganadilar. Bugungi kunda dunyo aholisining 25 foizi musulmonlar ekanligi va bu ko‘rsatkich kundan kunga oshib borayotgani arab tilining ahamiyatini yanada oshishiga sabab bo‘lyapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 2.Ilmiy, madaniy va tarixiy omil. Islom dinining rivojlanishi va ta’sir doirasining kengayishi sababli arab tili arab bo‘lmagan xalqar hayotiga ham kirib bordi. VIII-XIII asrlar islom dinining gullab yashnagan oltin davri bo‘ldi. Bu davr oralig‘ida arab tili nafaqat diniy balki ilmiy tilga ham aylanib ulgirdi. Bu davrda musulmonlar tomonidan yaratilgan asarlar Yevropa uyg‘onish davriga katta ta’sir o‘tkazdi va ko‘plab ilmiy kashfiyotlarga asos bo‘ldi va hozirgi kunga qadar ahamiyatini yo‘qotmadi. Inson hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan matematika, kimyo, astronomiya, tibbiyot, falsafa kabi fan sohalarining asosi ham arab tilida yozilgan manbalarga borib taqaladi. Kimyo, algoritm so‘zlarining ildizi arab kalimalari ekanligi ham fikrimizning yorqin dalilidir. 3.Geografik omil. Har qanday til bir yoki ikki davlatning rasmiy davlat tili hisoblansa, arab tili 22 arab davlatining rasmiy tili hisoblanadi. Bu davlatlar dunyoning turli mintaqalarida joylashgani ham geografik jihatdan arab tilining mavqeyiga bevosita ta’sir o‘tkazadi. 4.Iqtisodiy omil. Arab davlatlari hududi, ayniqsa Yaqin Sharq mintaqasi tabiiy yer osti boyliklari xususan neft va gazga boy hududlar sifatida dunyo jahon bozorida o‘zining alohida o‘rniga ega. Shu jihatdan arab tili biznes va iqtisod tili ham sanaladi. 5.Til sifatida betakrorligi.2 Arab tili murakkab grammatik tuzilishga egaligi, leksik zahirasining o‘ta boyligi, o‘ziga xos yozuv turlari bilan ham boshqa tillardan ajralib turadi. Xususan, arab harflarining o‘ziga xos talaffuzga ega 1 “Sharq allomalarining ilmiy merosi”; Jumayeva N.; Buxoro. 2022-yil; 156-bet; 2 Xadicha.uz 45 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference ekanligi ham tilning ahamiyat kasb etishida muhim rol o‘ynaydi. So‘zlarining tuzilishi o‘zak tizimiga asoslangan bo‘lib, bu so‘z yasalishini soddalashtiradi va boy lug‘at xazinasiga ega bo‘lish imkonini beradi. Boshqa tillardan farqli o‘laroq arab tili nihoyatda sinonimlarga boy. Ayrim so‘zlarning 100 dan ortiq ma’nodoshlari mavjud. Islom dinining yoyilishi bilan birga arab tili ham keng miqyosda yoyildi. Buning natijasini arab bo‘lmagan xalqlar tillarida ham hozirga qadar arab leksikoni hissasining kattaligida ko‘rishimiz mumkin. Umuman olganda, arab tilini o'qitish va o'rganish nafaqat til o'rgatish jarayoni, balki arab madaniyati, iqtisodiyoti, siyosati hamda islom dini bilan uzviy bog'liq kengqamrovli bilimlar to'plamidir. Talaba ara
Доказательный фрагмент
«This article highlights the place and importance of the Arabic language among the world's languages.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the place and importance of the Arabic language among the world's languages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- arabic literature, factor, Arab countries, visual education, arab davlatlari, ilovalar, arab adabiyoti, omil, visual ta’lim, loyiha, platforma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025