К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI SAMARALI TASHKIL ETISH YO‘LLARI

EDUCATION SYSTEM · ETISH YO‘LLARI · Abdunazarov Saidaxmat Abdumalikovich · Alixonov Shohsaid Tolmasjon o‘g‘li

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

oliy ta’lim muassasalarida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish va uni nazorat qilish, ushbu jarayonning mazmuni, tamoyillari va shakllari, ayniqsa sirtqi bo‘lim talabasi misolida mustaqil ish topshiriqlarining ahamiyati va metodik asoslari yoritilgan. Kalit so‘zlar: mustaqil ta’lim, mustaqil ish, ijodiy yondashuv, nazorat, loyiha ishi, kompetensiya, malaka. Annotation: the organization and control of Independent Education of students in higher educational institutions, the content, principles and forms of this process, especially the importance and methodological foundations of independent work assignments on the example of a student of the correspondence Department, are covered. Keywords: Independent Education, independent work, creative approach, control, project work, competence, competence. Dunyo miqyosida rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta’limni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki hozirgi globallashgan dunyoda keng qamrovli tafakkuri rivojlangan, mustaqil fikrlay oladigan mutaxassislar zarur. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rganish asosiy o‘ringa ko‘tarilishi zamon talabidir. Yoshlarni ta’lim olishga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni kasbiy faoliyatga tayyorgarligini oshirish uchun o‘quv amaliyoti fanlarni o‘qitish, mustaqil va ijodiy ishlashlarini samarali tashkil qilish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Professional ta’limning barcha bosqichlarida bo‘lajak mutaxassis uchun mustaqil fikr yuritish asosiy talab bo‘lib qolishi kerak. Fikrlash yoki fikr yuritish o‘quvchi aqliy faoliyatining, aql zakovatining, muomala maromining, ongli xulq-atvorining yuksak shakli bo‘lib hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim jarayonini modellashtirishda kasbiy mobillik (academic mobility) va vaqt taqsimoti (time management) va o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot- 50 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llash va amaliyotga joriy etish dolzarbligicha qolmoqda. Xalqaro pedagogik tajribalarga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislarning mustaqil ta’lim olish va o‘z ustida ishlash egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda mustqil qo‘llay olish, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha malakasini muntazam oshirib borish, o‘z sohasi bo‘yicha dunyo miqyosidagi yangiliklardan doimo xabardor bo‘lish va ulardan o‘z faoliyati davomida foydalana olish, innovatsion faoliyat olib borish ko‘nikmalari o‘quv amaliyotlarida shakllanadi. Shu bois, o‘quv amaliyotlarida mustaqil ta’lim soatlari hajmini oshirish, o‘quvchilarda tizimli tahlil qilish, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, kasbiy kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan yangi metodika va texnologiyalarni ishlab chiqish va keng joriy etish, o‘quv jarayonining asosiy qismini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan muntazam boyitib borish orqali kasbiy va shaxsiy kompetentlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60- sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 466-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Respublikamiz va xorijiy mamlakatlar olimlari tomonidan mustaqil ta’limni rivojlantirish va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rishni takomillashtirish borasida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Mustaqil ta’lim - olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, qo‘shimcha ma’lumot yoki materialni mustaqil o‘rganish maqsadidagi o‘quv shakli. O‘quvchilarning mustaqil ishi (keyingi o‘rinlarda O‘MI) – bu o‘quvchining o‘ziga xos o‘quv faoliyati bo‘lib, u didaktik topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarishga, o‘qishga qiziqtirishga va muayyan fan sohasida bilimlarni oshirishga 51 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference yo‘naltirilgan. O‘MI mazmuni mantiqiy fikrlashni, ijodiy faollikni, o‘quv materialini o‘zlashtirishda tadqiqotchilik yondashuvini shakllantirishga imkon beruvchi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Mustaqil ta’limning rivojlanishi, o‘quv adabiyotlariga bo‘lgan ehtiyojning oshishi, Intern

Доказательный фрагмент

«oliy ta’lim muassasalarida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish va uni nazorat qilish, ushbu jarayonning mazmuni, tamoyillari va shakllari, ayniqsa sirtqi bo‘lim talabasi misolida mustaqil ish topshiriqlarining…»

Образец извлечения

Демо-превью

oliy ta’lim muassasalarida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish va uni nazorat qilish, ushbu jarayonning mazmuni, tamoyillari va shakllari, ayniqsa sirtqi bo‘lim talabasi misolida mustaqil ish topshiriqlarining… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Independent Education, independent work, creative approach, mustaqil ish, nazorat, ijodiy yondashuv, mustaqil ta’lim, kompetensiya, loyiha ishi, malaka.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники